So’nggi yangiliklar

17:07ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 0:0  9 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Австралия 0:0  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  16 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  2 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  11 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  2 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  18

APL. "CHelsi" "Enfild"da "Liverpul"ni tiz cho'ktirdi Yangiliklar

APL. "CHelsi" "Enfild"da "Liverpul"ni tiz cho'ktirdi

APLning 29-turi doirasidagi markaziy bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Liverpul – CHelsi 0:1

"Enfild"

Gol: Maunt (42, 0:1).

Liverpul – Alisson, Robertson, Kabak, Aleksander-Arnold, Fabino, Jons, Veynaldum, Mane, Tiago Alkantara, Salax, Firmino.

CHelsi – Mendi, Jeyms, Kristensen, Aspilikueta, CHiluell, Maunt, Kante, Ziesh, Jorjino, Ryudiger, Verner.

Liverpool

Premier League . 29-tur

05/03/2021, 00:15

1
:
0
Tugadi

Chelsea

Mason Mount - 42'

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
62'  Mohamed Salah (Alex Oxlade-Chamberlain)
62'  Curtis Jones (Diogo Jota)
80'  Thiago Alcantara (James Milner)
24'  Timo Werner
42'  Mason Mount
42'  N'Golo Kante
66'  Hakim Ziyech (Christian Pulisic)
81'  Mason Mount (Mateo Kovacic)
90'  Timo Werner (Kai Havertz)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!!! "CHelsi" ushbu g'alabasi orqali 4-o'ringa ko'tarilib oldi!

Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Kema cho'kib bormoqda, umidlar so'nmoqda... "Liverpul"ning o'yinida gol uchun intilish ko'rinmayapti...

85. Nihoyat!! "Liverpul"dan ilk aniq zarba. Firminoning boshi bilan yo'llagan zarbasini Mendi ushlab oldi.

80. Ikki jamoa tarkibida ketma-ket o'zgarishlar bo'ldi.

77. XAVFLI VAZIYATTTT!! Mauntning pasidan keyin Verner Alisson bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Bekkerdan seyv!

75. "CHelsi" o'yinni nazorat qilmoqda. "Liverpul" esa hali birorta aniq zarba yo'llay olmagan ekanligi buning isboti)

68. "Liverpul"da vaziyatlar yuzaga keldi. Avvaliga jarima, keyinchalik, burchak zarbasidan naf chiqmadi.

65. "CHelsi"da jarima zarbasi yuzaga kelgandi. Biroq londonliklar vaziyatdan foydalana olmadi.

63. UXXXX!! Hozirgina maydonga tushgan Jota boshi bilan raqib posti tomon zarba berdi. Zarba o'xshamadi.

62. Verner yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba yo'llashi kerak edi. Ammo zarba tribuna tomon uchib ketdi.

58. "Liverpul"da yana bir vaziyat bo'lishi mumkin edi. Trentning burchakdan erlatib oshirgan to'pini Ryudiger qaytardi. "Barselona"ga qarshi o'yin yodga tushib ketdi.

54. ZARBAAAAAA!!! ZARBAAAAAAAA!!! CHiluellning zarbasini Alisson qiyinchilik bilan qaytardi!!! Ikkinchi zarba esa Ziesh tomonidan yo'llandi. Bu erda Kabak jamoasini goldan qutqardi.

50. Fabino burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq.

49. VAR ishga tushdi. To'p Kantening qo'liga tekkandek va penalti bordek ko'ringandi. Ammo rostdan ham to'p qo'lni topgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. Verner hujumda. Yaxshi vaziyat bo'lishi mumkin edi. Ammo u Kabakni yiqitdi.

42. GOOOOOOOOOOLLLL!!! MAUUUNTTTTTT!!! AJOYIBB GOLLL!! Bunisini hech qanaqasiga "otmen" qila olishmaydi!!!

39. Robertson hujumda turgan Mane tomon havolatib uzatdi. Aspilikueta to'pga boshi bilan tegib, darvozabonga o'tkazib yubordi.

37. "CHelsi"da vaziyat. Mauntning zarbasi noaniq ketdi.

31. "Liverpul" ustunlikni asta-sekinlik bilan qo'liga olishga intilmoqda.

28. MANEEEEEEEE!!! Rostdan ham gol deb o'ylagandim.... Salohning super pasidan keyin Mane darvoza tomon zarba berishi mumkin edi... G'alati holat.

25. IYEEEE!!! VAR ishga tushdi va gol inobatga olinmadi.... Vernerning qo'li biroz oldinga chiqib ketibdi shekilli...

24. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Himoyachi va darvozabonning qo'pol xatosidan keyin Verner hisobni ochdi!!!17. ZARBAAAAAA!! Aspilikuetaning kuchli zarbasi biroz tepadan o'tib ketdi.

16. XAVFLI VAZIYATTTTT!! Verner boshi bilan aniq zarba yo'llasa bo'ldi edi. Biroq u buni uddalay olmadi.

15. "CHelsi" hujumga o'tdi. Jeymsning qanotdan markazga Maunt tomon oshirgan to'pini Kabak to'xtatdi.

11. ZARBAAAAA!!! Vernerdan ajoyib harakatlar. U to'pni bir harakat bilan to'xtatib, ikkinchi teginishda kuchli zarba berdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

7. Robertsonning zarbasi noaniq ketdi.

6. Fabino hujumdagi Saloh tomon to'pni uzatgandi. Mendi joyini tashlab chiqib, to'pni autga tepib yubordi.

5. Bahs past temp bilan boshlandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar allaqachon maydonga chiqib kelishgan.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Enfild"da markaziy bahs. "Liverpul" "CHelsi"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика