So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. Liverpul navbatdagi uch ochkosini qo'lga kiritdi Yangiliklar

APL. Liverpul navbatdagi uch ochkosini qo'lga kiritdi

Angliya chempionati 33-turi doirasida Liverpul Aston Villani qabul qildi.

YANGILASH

«Liverpul» – «Aston Villa» 2:0

20.30, «Enfild»

Gollar: 1:0 – 71 Mane, 2:0 - 89 Jons

«Liverpul» – Alisson, van Deyk, Robertson (Uilyams 90+3), Aleksander-Arnold, Gomes, Fabino (Xenderson, 61), Keyta (Jons, 85), Oksleyd-CHemberlen (Veynaldum, 61), Mane, Salax, Origi (Firmino, 60).

«Aston Villa» – Reyna, Mingz, Teylor, Konsa, Xoz, Duglas Luis, Grilish, El-Gazi (Xota, 74), Makginn, Trezege (Vasilev, 85), Devis (Samatta, 74).

Ogohlantirishlar: Robertson (21), Makginn (36).


Bo'ldi, shu pallada o'yin yakunlandi. "Liverpul" qiyin g'alabani qo'lga kiritdi va navbatdagi muhim uch ochkoga ega bo'ldi. 

90+3. Navbatdagi o'zgarish. Uilyams Robertsonning o'rniga maydonga tushdi. 

Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi 

89. GOOOOOOOL. Kertis Jons uchrashuvda harakat qilayotganiga kop vaqt bo'lganiga qaramasdan, raqib darvozasini ishg'ol etmoqda. Hisob 2- 0 

86. Hozirgina maydonga tushgan Jons uchrashuvdagi ilk zarbasini yo'lladi, biroz noaniq. 

84. Mezbonlar safida navbatdagi o'zgarish: Keyta o'z o'rinini Jonsga bo'shatib berdi. 

83. Mehmonlar yana bitta xavfli hujum tashkil etishdi, biroq «Liverpul» himoyachilari to'pni maydon chetiga chiqarib yuborishdi, yana bitta burchak zarbasi. 

81. Mehmonlar jarima zarbasi ishlab olishdi. Grilish tomonidan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib mezbonlar himoyachisi Van Deyk etib keldi va xavfni bartaraf etdi. 

76. Firmino. Jarima maydonchaning yonidan aniq va kuchli zarba yo'lladi, Reyna o'z o'rnida. 

74. Din Smit uchrashuvdagi holatni o'zgartirish maqsadida maydonga yangi kuchlarni tashlamoqda. Devis va El-Gazi maydondan olindi va ularning o'rnilariga Samatta va Yota maydonga tashlandi. 

Keyta qanotdan uzatma amalga oshirdi va Mane bitta harakat bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Mane hisobni ochmoqda. 

68. Uchrashuv hakami jamoalarga suv ichib olishlariga imkon bermoqda. 

61.  Kloppga uchrashuv yoqmagan ko'rinadi. «Liverpul» bosh murabbiyi bir yo'lla uchta o'zgarish amalga oshirdi. Maydonni Fabino, Origi va Oksleyd-CHemberlen tark etishdi, ularning o'rnilariga Xenderson, Firmino va Viynaldum maydonga tushishdi.

59.  Mezbonlar navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirishmoqda, hozircha barchasi omadsiz kechmoqda. 

56. «Liverpul» jamoasi ikkinchi bo'limdagi ilk hujumini amalga oshirdi. Qanotdan Oksleyd-CHemberlen tomonidan uzatilgan to'pni mehmonlar darvozaboni Reyna ushlab olishga erishdi. 

53. Ikkinchi bo'limda «Aston Villa» jamoasi juda yaxshi harakat qilishmoqda. Bu safar burchakdan uzatilgan zarbani «Liverpul» himoyachilari qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. 

52. El-Gazi. «Aston Villa» qarshi hujumda raqibni jazolashi mumkin edi, lekin hozircha mezbonlar darvozaboni ishonchi harakat qilmoqda. 

51. ZAAAARBAAAAA. Mehmonlar sardori Grilish kuchli zarba yo'lladi, Alisondan super seyf. Biroq hakam ofsayd qayd etmoqda. 

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi 

Jamoalar tanaffusga chiqib ketishmoqda. Hozircha hisob 0 - 0 

Hakam uchrashuvning birinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berdi. 

45. Yana bir juda ham noaniq zarba. Bu safar mehmonlar yarim himoyachisi MakGinn omadini sinab ko'rdi. 

43. Navbatdagi burchak zarbasi. «Liverpul» taym yakunida ancha faollashdi, ammo hozircha barcha urinishlar omadsiz kechmoqda. 

40. Mehmonlar hujumchisi El-Gazi tomonidan yo'llangan zarbani «Liverpul» darvozaboni ushlab oldi. 

38.  Mezbonlarning darvozaga yo'llagan ilk zarbasiga 38 daqiqa kerak bo'ldi. Salah jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda.

36. Sariq kartocha. MakGinn Oksleyd-CHemberlenga ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi. Ogohlantirishlar bo'yicha hisob 1 -1. 

35. Uchrashuvning 35 daqiqasi yakuniga etdi, hozircha mezbonlar bir marta ham Reyna darvozasiga zarba yo'llashmadi. Bunday holat Klopp jamoasida anchadan beri kuzatilmagan bo'lsa kerak.

32. ZAAAARBAAAA. Mehmonlar ilk aniq zarbani yo'llashga muvaffaqt bo'lishdi, hozircha Alison o'z o'rnida. 

28. «Liverpul» ikkinchi marta burchak zarbasi tepishga ega bo'ldi, lekin yana zarba YO'Q! 

23. Hakam jamoalarga biroz tomoq ho'llab olishga imkon bermoqda. 

21. Nihoyat. Uchrashuvda ilk zarba amalga oshirildi. Jarimadan uzatilgan zarbani mehmonlar hujumchisi boshi bilan noaniq yo'lladi. 

20. Ilk ogohlantirish. Mezbonlarning qanot himoyachisi Robertson raqibiga qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi. 

19. Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib mezbonlar ilk burchak zarbasiga ega bo'lishdi. Lekin imkoniyatdan «Liverpul» foydalana olmadi 

13. Yo'q! Hozircha barchasi joyida Grilish maydonga qaytmoqda. 

12. Ana xolos. Mehmonlar sardori Grilish jarohat olganga o'xshaydi. Agar u zaxiraga olinsa, «Aston Villa»ning imkoniyatlari yanada kamayib ketadi. 

10. Jamoalar juda ham passiv harakat qilishmoqda 

4. SALAAAAAAAX. Misrlik futbolchi raqib jarima maydonchasida bir necha futbolchisini aldashga harakat qildi, ammo hozircha mehmonlar himoyasi o'z o'rnida. 

2. Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasini mehmonlar amalga oshirishdi, «Liverpul» himoyachilari qiyinchiliksiz hujumni bartaraf etishdi 

Uchrashuv boshlandi 

Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda 

Saytimizda uchrashuvni matnli translyaciya orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Har ikki jamoa uchrashuvdan avval chigal yozdi mashg'ulotlarini olib borishmoqda.

«Enfild» ucharshuvda tayyor!

Liverpool

Sadio Mane - 71', Curtis Jones - 89'

Premier League . 33-tur

05/07/2020, 20:30

0
:
2
Tugadi

Aston Villa

Stadion: Anfield, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
21'  Andrew Robertson
60'  Divock Origi (Roberto Firmino)
61'  Fabinho (Jordan Henderson)
61'  Alex Oxlade-Chamberlain (Georginio Wijnaldum)
71'  Sadio Mane
71'  Naby Keita
85'  Naby Keita (Curtis Jones)
89'  Curtis Jones
89'  Mohamed Salah
90'  Andrew Robertson (Neco Williams)
36'  John McGinn
74'  Keinan Davis (Mbwana Samatta)
74'  Anwar El-Ghazi (Jota)
85'  Trezeguet (Indiana Vassilev)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика