So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  1 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  3 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  25 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

APL. "Arsenal"ni tor-mor etgan "Liverpul" 2-o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

APL. "Arsenal"ni tor-mor etgan "Liverpul" 2-o'ringa ko'tarilib oldi

Angliya chempionati 12-turining markaziy uchrashuvida "Liverpul" - "Arsenal" bahsi o'tdi.

"Liverpul" – "Arsenal" 2:0"Enfild" o'yingohi
Gollar
: 1:0 – 39 Mane, 2:0 – 52 Diogu Jota.

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, Tiago Alkantara (Morton, 84), Oksleyd-CHemberlen (Xenderson, 76), Fabino, Salax, Mane, Diogu Jota (Minamino, 76).

"Arsenal" – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Saka, Smit-Rou, Parti (El-Nenni, 84), Lokonga (Meytlend-Naylz, 53), Lyakazett (Edegor, 67), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Mane (44), Fabino (70).


Liverpool

Sadio Mane - 39', Diogo Jota - 52', Mohamed Salah - 73', Takumi Minamino - 77'

Premier League . 12-tur

20/11/2021, 21:30

0
:
4
Tugadi

Arsenal

Stadion: Anfield, 53092 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
33'  Juergen Klopp
39'  Sadio Mane
39'  Trent Alexander-Arnold
44'  Sadio Mane
52'  Diogo Jota
70'  Fabinho
73'  Mohamed Salah
73'  Sadio Mane
76'  Diogo Jota (Takumi Minamino)
76'  Alex Oxlade-Chamberlain (Jordan Henderson)
77'  Takumi Minamino
77'  Trent Alexander-Arnold
84'  Thiago Alcantara (Tyler Morton)
53'  Albert Sambi Lokonga (Ainsley Maitland-Niles)
67'  Alexandre Lacazette (Martin Oedegaard)
84'  Thomas Partey (Mohamed Elneny)



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+3-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Liverpul" ishonchli g'alabani rasmiylashtirdi. "Arsenal" esa bir nechta omadli, g'alabali o'yinlardan keyin kuchli raqibga imkoniyatni boy bermoqda, ammo Arteta va uning shogirdlari hali bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsata oladigandek tasavvur uyg'otdi.    

90+2-daqiqa. "Liverpul" esa natijaga rozi va vaqt tugashini kutmoqda.   

Qizig'i, qo'shib berilgan daqiqalarda ham "Arsenal" to'pni raqibdan olib qo'yishni uddalashi qiyin bo'lmoqda.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. "Liverpul" to'pni raqibga bermay, o'z nazoratida ushlab turibdi. 

87-daqiqa. Martin Edegor uzatgan to'pga qanchalik urinmasin, Smit-Rou eta olmadi.   

Ushbu yigitcha yaqinda 19 yoshni qarshilagan va bugun unga bir necha daqiqa taqdim etildi.  

84-daqiqa. O'zgarish! Tyago o'rnini ancha yosh bo'lgan Tayler Mortonga bo'shatib bermoqda. 

84-daqiqa. O'zgarish! Tomas Parti o'rniga Muhammad El-Neni tushirildi.  

81-daqiqa. Salax to'p raqib oyog'iga tegib maydonni tark etyapti deb, bemalol harakat qildi va burchak zarbasini amalga oshirmoqchi edi, biroq yon hakamning fikri boshqacharoq bo'ldi. Misrlik futbolchi taybiiyki xayron. 

79-daqiqa. "Arsenal" ikkinchi bo'limdagi kam sonli hujumlaridan birini amalga oshirdi, biroq Tomiyasuning uzatmasi ko'ngildagidek chiqmadi.  

77-daqiqa. GOOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Takumi ajoyib hujumni aniq zarba bilan yakunlab, hisobiga gol yozdirib qo'ymoqda.  

76-daqiqa. O'zgarish! Jota va CHemberleyn o'rniga Takumi Minamino hamda Xenderson tushirildi. 

Burchak zarbasidan mehmonlar samara chiqara olishmadi. 

75-daqiqa. Kutilmaganda tayanch yarim himoyachi Tomas Parti texnikasini ishsa soldi va xavfli zarba yo'lladi, Alisson o'z o'rnida.   

73-daqiqa. GOOOOOOOL! Salax bugun ham maydonni golsiz tark etmaydigan bo'ldi. Bu vaziyatda Sadio Manening tezligi va to'pni qizg'onmaganini takidlash lozim. Misrlik futbolchi esa bu vaziyatda gol ura olmasligi juda qiyin edi.  

70-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu qo'pollik uchun Fabinoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

70-daqiqa. Hakam avvaliga jarima maydonchasi ichida Salaxga nisbatan qo'pollik ishlatmadi dedi, keyin soniyalar o'tib, Smit-Rouga nisbatan Fabino qo'pol o'ynaganini takidladi. Tabiiyki, bu tribunalardagi muxlislarga yoqmadi.

68-daqiqa. Xavfli vaziyat! Salax qanotidan qochib ketdi va hech kim kutmaganda to'pni Diogo Jotaga aniq etkazdi, biroq portugaliyalikning bu galgi zarbasini darvozabon qaytarishni uddaladi. 

Tavareshdan navbatdagi xato, lekin bu safar Sadio Mane oldida himoyachilar etarli edi va ular senegallikni oldinga o'tkazishmadi. 

67-daqiqa. O'zgarish! Aleksandr Lyakazett o'rniga Martin Edegor o'yinga qo'shildi. 

64-daqiqa. O'ng qanotdan uyushtirilgan uzatmadan keyin Obameyang darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, Alisson oyoqlari bilan to'pni qaytardi. 

62-daqiqa. "Liverpul" futbolchilari markazga yaqin hududdayoq raqibdan to'pni olib qo'yib, tezkor qarshi hujumga qochib ketmoqda. O'yin shu yo'sinda davom etsa, hali yana gollar ko'ramiz.

60-daqiqa. Futbolchilar maydondan turishdi va hozircha o'yinni davom ettira olishadi. 

58-daqiqa. Navbatdagi xavfli hujumni qaytarish chog'ida Diogo Jota bilan to'qnashib ketgan Remsdeyl jarohat oldi chog'i. Har ikki futbolchi maydonda yotibdi va shifokorlar yordami talab etiladi. 

57-daqiqa. Oxirgi daqiqalarda mezbonlar raqibni jarima maydonchasiga deyarli "qamab qo'ymoqda".

56-daqiqa. Keyingi hujumda "Arsenal" oradagi farqni qisqartirishi mumkin edi, lekin Arteta shogirdlari bir-biriga halaqit qilib qoldi. 

55-daqiqa. Tomiyasudan to'pni olib qo'ygan Tyago o'zi zarba berishga qaror qildi, lekin to'p yo'liga boshqa bir himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

"Kanonirlar" hmioyachisi negadir to'pni markazroqda turgan portugaliyalikka yo'lladi va imkoniyatidan unumli foydalandi. 

52-daqiqa. GOOOOOOOL! Tavareshdan "sovg'a" qabul qilib olgan Jota hammani aldab, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.  

49-daqiqa. "Liverpul" ikkinchi golni urib, o'yin masalasini amalda hal qilishga urinmoqda. Ketma-ket hujumlar va to'pga egalik qilish borasida kattagina ustunlikka ega bo'lishmoqda. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1-daqiqa. Mehmonlar kiperi erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritib berdi va shu pallada hakam hushtak chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

45-daqiqa. Emil Smit-Rou bir lahzaga Obameyangning niyatini tushunmay qoldi va oqibatda "Arsenal"ning hujumi uzilib qoldi. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Ben Uaytga nisbatan keskin harakati uchun gol muallifi ogohlantirildi. 

39-daqiqa. GOOOOOOOL! Mana Maneee va bu safar uning bosh bilan yo'llagan to'pini darvozabon ham qaytarib qololmadi. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pga Sadio Mane hammadan avval etib bordi va hisobni ochdi.

37-daqiqa. Xavfli vaziyat! Aleksander-Arnold o'ta qulay nuqtadan zarba berdi va yana "to'pchilar" posboni sho' o'z o'rnida. Mana nega Arteta uni sotib olishni so'ragan.  

35-daqiqa. Xavfli vaziyat! Salax tepgan to'p darvozaga kirib ketayotgandek bo'ldi, ammo yana Remsdeyl londonliklarni qutqarib qoldi.  

Uchrashuv rejisserining fikriga ko'ra, murabbiylarning janjaliga Mane va Tomiyasu o'rtasidagi to'qnashuv sabab bo'lgan.

32-daqiqa. Ana bo'lmasam! Maydondagilar qolib, murabbiylar murosasiz kurashga kirishib ketishdi. Maykl Oliver har ikki qaxramonga sariq kartochka ko'rsatdi. 

31-daqiqa. GOOOOOL! Lekin Smit-Rou to'pni oshirayotgan pallada Obameyang o'yindan tashqari holatda edi.  

29-daqiqa. Xavfli vaziyat! Ketma-ket zarbalardan keyin Remsdeyl jamoasini qutqarib qoldi.  

27-daqiqa. Aleks Oksleydning zarbasidan keyin to'p Tavareshga tegib maydonni tark etdi. Yana burchak zarbasi. 

26-daqiqa. Van Deyk markazga yaqin hududda Sakaga nisbatan qoidani buzdi.   

25-daqiqa. "Liverpul" o'ng qanotidan raqib jarima maydoniga kirib bordi va Saka xavfni bartaraf etish maqsadida to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin esa himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.     

22-daqiqa. "Enfild" o'z sevimlilarini oldinga undamoqda.  

20-daqiqa. Emil Smit-Rou to'pni yo'qotdi va "Liverpul" qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. O'z navbatida yon hakam Salaxda o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

19-daqiqa. "Arsenal" pressing yordamida to'pni olib qo'ydi va o'z hujumi uchun imkon izlamoqda.  

17-daqiqa. Mehmonlarning hujumi xavfli ko'rinish oldi va Tomiyasuning uzatmasidan keyin Saka erkin zarba berishiga Oksleyd yo'l qo'ymadi. Aks holda Alisson jamoasiga yordam bera olarmidi yoki yo'q, aniq emas.   

15-daqiqa. Himoyachilarga yordamga qaytgan Lyakazett Manega nisbatan qoidani buzdi deb topildi. Franciyalik futbolchi bu qarordan norozi. Standart vaziyatdan Klopp shogirdlari naf chiqara olishmadi.    

13-daqiqa. Mane odatdagidek faol va bu safar Tomiyasu qoida buzishga majbur bo'ldi.

12-daqiqa. "Liverpul"ning navbatdagi urinishi omadsiz chiqdi.  

10-daqiqa. Tomiyasu qanotida Manega o'zini aldashga imkon qoldirmadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.   

7-daqiqa. Bukayo Sakaning faolligi natijasida "Arsenal" raqib jarima maydoniga yorib kirdi, lekin Lyakazettning oxirgi uzatmasiga aniqlik etishmadi.  

5-daqiqa. Sadio Mane to'pni oldirgach, raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

4-daqiqa. O'yindagi birinchi zarbani Salax amalga oshirdi, lekin uning urinishi biroz noaniq chiqdi. 

3-daqiqa. "Liverpul" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

Markazda to'pni olib qo'ygan "to'pchilar" hujumga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo Obameyangning uzatmasini Matip ilib ketdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Oksleyd-CHemberleyn boshlab berdi. 

Stadion uzra muxlislar ijrosidagi ajib bir qo'shiq kuylanmoqda.  

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Liverpul – Arsenal
22.30, «Enfild»

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, CHemberlen, Fabino, Alkantara, Saloh, Mane, Jota

Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Uayt, Gabriel, Tavaresh, Saka, Parti, Lokonga, Smit-Rou, Lyakazett, Obameyang

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика