APL. "Liverpul" 4 oylik tanaffusdan so'ng o'z maydonida g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2021, 21:30
Angliya chempionati 31-turidan o'rin olgan "Liverpul" – "Aston Villa" bahsida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

“Qizillar” 2020 yil 16 dekabrdan beri ilk bor chempionat doirasida o'z maydoni “Enfild Roud”da o'tgan uchrashuvda g'alabaga erishdi. O'shanda Yurgen Klopp shogirdlari “Tottenxem”dan ustun kelgan – 2:1. Keyin esa "Liverpul" uydagi 8 uchrashuvning 6 tasida (barchasi ketma-ket) mag'lub bo'lib, 2 tasida raqiblar bilan durang o'ynagandi.

Ma'lumot o'rnida, amaldagi Angliya chempioni 2017 yil dekabridan beri “Enfild”da mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgandi. Biroq, 21 yanvar kuni “Byornli” Klopp shogirdlarini to'xtatishga muvaffaq bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com