APL. "Liverpul" 15 ta o'yindan beri o'z maydonida yutqazmayapti
11 fev 2022 07:50
Yangiliklar


APL. "Liverpul" 15 ta o'yindan beri o'z maydonida yutqazmayapti
"Liverpul" APLning 24-turida "Lester"ni mag'lub etdi (2:0).
Mersisaydliklar kechagi natija orqali o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyani 15 ta o'yinga etkazib olishdi (11 ta g'alaba, 4 ta durang).
SHuningdek, jamoa so'nggi 6 ta o'yinda ketma-ket g'alaba qozonib kelmoqda. "Qizillar" 2020 yilning iyul-dekabr oylarida o'z maydonida 8 ta g'alabali seriya qayd etgandi.
"Liverpul" so'nggi marotaba o'z maydonida 2021 yilning mart oyida "Fulxem"ga yutqazgan ekan (0:1).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar