So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   9 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  4 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

APL. 82-daqiqada hisobni tenglashtirgan MYU 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi Yangiliklar

APL. 82-daqiqada hisobni tenglashtirgan MYU 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi

Angliya chempionati 8-turidan o'rin olgan "Lester" – "Manchester Yunayted" bahsi bo'lib o'tdi.

Lester – Manchester Yunayted 4:2
"King Pauer" stadioni
Gollar
: 0:1 – 19 Grinvud, 1:1 – 31 Tilemans, 2:1 – 78 Seyundjyu, 2:2 – 82 Reshford, 3:2 – 83 Vardi, 4:2 – 90 Daka.

"Lester" – SHmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans (Vestergor, 88), Amarti, Seyundjyu, Kastan, Tilemans, Meddison (Peres, 73), Sumare, Vardi, Ixeanacho (Daka, 77).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Matich (Maktomini, 80), Pogba, Brunu Fernandesh, Sancho (Reshford, 65), Ronaldu, Grinvud (Lingard, 80).

Ogohlantirishlar: Lindelef (52), Uan-Bissaka (85), Pogba (86).


Leicester City

Youri Tielemans - 31', Caglar Soyuncu - 78', Jamie Vardy - 83', Patson Daka - 90'

Premier League . 8-tur

16/10/2021, 19:00

2
:
4
Tugadi

Manchester United

Mason Greenwood - 19', Marcus Rashford - 82'

Stadion: King Power Stadium, 32219 tomoshabin

Bosh hakam: Craig Pawson

45'
90'
31'  Youri Tielemans
31'  Kelechi Iheanacho
73'  James Maddison (Ayoze Perez)
77'  Kelechi Iheanacho (Patson Daka)
78'  Caglar Soyuncu
78'  Ayoze Perez
83'  Jamie Vardy
83'  Ayoze Perez
88'  Jonny Evans (Jannik Vestergaard)
90'  Patson Daka
19'  Mason Greenwood
19'  Bruno Fernandes
52'  Victor Nilsson Lindeloef
65'  Jadon Sancho (Marcus Rashford)
80'  Nemanja Matic (Scott McTominay)
80'  Mason Greenwood (Jesse Lingard)
82'  Marcus Rashford
82'  Victor Nilsson Lindeloef
85'  Aaron Wan-Bissaka
86'  Paul Pogba


APL musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing



Ushbu sahifada uchrashuvning matnlitranslyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi hamda 6 ta gol urilgan bahsda "Lester" 3 ochkoni qo'lga kiritdi. 

90+5-daqiqa. Lingard zarba berish imkoniyatini Maktominayga qoldirgandi, lekin Skottning zarbasi kuchsiz chiqdi va darvozabon osonlik bilan to'pni egallab oldi.   

90+3-daqiqa. Brunudan yana bir uzatma, bu safar Ronaldu ancha qulay holatda to'p bilan uchrashishi mumkin edi, lekin qanchalik urinmasin Krishtianu to'pga eta olmadi. Raqibning hurmatini yaqqol namoyish qilib bergan Kasper SHmeyxel, qo'lda to'p bilan, oldida o'tirib qolgan Ronalduni o'rnidan turishiga yordam berdi va keyingina o'yinni davom ettirdi.

90+1-daqiqa. GOOOOOOL! Patson Daka kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi va amalda o'yin taqdirini hal qildi. 

90-daqiqa. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi! 

90-daqiqa. Aaron Van-Bissaka umuman keraksiz joyda Jeymi Vardini aldashni istab qoldi va qoidani buzishga majbur bo'ldi.    

89-daqiqa. Brunu Fernandeshning qanotdan uzatgan to'pini Ronaldu darvozaga yo'llashi mumkin edi, ammo himoyachi bilan kurashda KriRo mo'ljalda adashdi.  

87-daqiqa. O'zgarishJonni Evans o'rniga Yannik Vestergor o'yinga qo'shildi. 

86-daqiqa. Ogohlantirish! Pol Pogbaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

83-daqiqa. GOOOOOOOOL! Mehmonlar xursandchiligi tarqalib ulgurmay, Vardi yana "Lester"ni oldinga olib chiqdi. 

82-daqiqa. GOOOOOOOOL! Markus Reshford himoyachilardan qochib ketib, kuchli zarba bilan gol urdi. 

81-daqiqa. Vardi to'pni markazroqdagi Tilemansga uzatdi, Yuri uni o'ngroqdagi Pereyraga yo'lladi, ammo himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

79-daqiqa. GOOOOOOOOL! "Lester" hisobda oldinga chiqib oldi! Burchak zarbasidan keyin to'p jarima maydonchasida turkiyalik himoyachi CHaglar Suyunjuga kelib tushdi va u chap oyoqda aniq zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi.  

78-daqiqa. Yana xavfli vaziyat! Vardining uzatmasidan keyin hozirgina maydonga tushgan Patson Daka hisobni o'zgartirishiga sal qoldi. Burchak zarbasi.  

77-daqiqa. O'zgarish! Ixeanacho o'rniga Patson Daka maydonga tushdi. 

77-daqiqa. Tezkor qarshi hujumni Ronaldu yakunlab berdi, lekin Kasper o'z o'rnida. Qo'shimchasiga o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

76-daqiqa. Tilemansning zarbasidan keyin David De Xea jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolmoqda. Burchak zarbasi.  

75-daqiqa. Jeymi Vardining uzatmasidan keyin Ixeanacho to'pni egallab olgandi, ammo yordamchi hakam hujumchi o'yindan tashqari holatdaligini malum qildi.  

73-daqiqa. O'zgarish! Jeyms Meddison o'rnini Ayoze Peresga bo'shatib berdi.  

73-daqiqa. Ixeanacho to'p uchun kurashda qoidani buzdi. Hujumchi hakamning bu fikriga qo'shilmayapti.    

70-daqiqa. "Manchester Yunayted"ning o'ng qanotdan uyushtirilgan hujumini yakunlaydigan futbolchi topilmadi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

69-daqiqa. Brunu Fernandesh jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qila olmadi.  

66-daqiqa. Yuri Tilemansdan yana bir zarba, noaniq.

65-daqiqa. O'zgarish! Jeydon Sancho o'rniga Markus Reshford. 

65-daqiqa. Xavfli vaziyat! Hozirgi vaziyatda Meyson Grinvud qanday qilib gol ura olmaganini o'zi ham tushuntirib berolmasa kerak. Kasper SHmeyxel oyoqlari bilan to'pni qaytarishga erishdi. 

63-daqiqa. Bosim ostida qolgan Tilemansdan tushunarsiz uzatma va to'p De Xeaga borib tushdi. 

61-daqiqa. MYUning qarshi hujumi, Aaron Van-Bissakaning havodan uzatgan to'pini Kasper SHmeyxel egallab oldi.  

60-daqiqa. Lindelyof to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi, burchak zarbasi. Mezbonlar standartdan samara chiqara olishmadi. 

59-daqiqa. Birinchi bo'limning ikkinchi qismida bo'lgani kabi, "Lester" to'pga ko'proq egalik qilmoqda.  

57-daqiqa. Yuri Tilemans jarima maydonchasiga yaqin nuqtadan zarba berishga qaror qildi, ammo uning urinishi omadsiz chiqdi.  

56-daqiqa. Bir daqiqa ichida avval Pogba, keyin Matich to'p uchun kurashda Meddisonga nisbatan qo'pol o'ynashdi.

55-daqiqa. Nemanya Matichdan o'ta kuchli zarba va to'p darvoza to'sinini "silab" o'tib ketdi.  

54-daqiqa. Jeyms Meddisonning birinchi zarbasidan keyin to'p "jonli devorga" tegib qaytgan bo'lsa, ikkinchisidan keyin darvozadan ancha yuqoridan o'tib, maydonni tark etdi.   

52-daqiqa. Ogohlantirish! Viktor Lindelyof o'yindagi birinchi sariq kartochka sohibiga aylandi. U Vardiga nisbatan qoidani buzgandi.  

52-daqiqa. Takidlash lozim, "Manchester Yunayted" ikkinchi bo'limni ancha faol boshladi va raqibni deyarli to'psiz harakat qilishga majbur qilmoqda.  

50-daqiqa. Ronaldudan to'pni qabul qilib olgan Meyson Grinvud yana markazga yurib, zarba berdi... Bu safar ham noaniq.  

48-daqiqa. Grinvud zarba berib ko'rdi, ammo uning urinishi qanchalik kuchli chiqqan bo'lsa, shu qadar noaniq bo'ldi. 

47-daqiqa. Krishtianu Ronaldu o'yindan tashqari holatda qolib ketganligi qayd etildi. Portugaliyalik bunday qarordan norozi. 

Kelechi Ixeanacho zarba uchun qulay nuqtaga chiqib bordi, lekin to'p to'g'ri De Xeaning qo'liga borib tushd. Bunda darvozabonning ham joy tanlay bilgani muhim rol o'ynaganini aytish mumkin. 

46-daqiqa. Jeymi Vardi ikkinchi bo'limni boshlab berdi. 

Bo'ldi, hakamning birinchi bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi chalindi. Tanaffus, hozircha hisob teng 1:1.

45+4-daqiqa. Jabrlanuvchining o'zi to'pni o'yinga kiritdi. Raqib uchun kutilmagan kombinaciyani Jeymi Vardi gol bilan yakunlashi mumkin edi, biroq angliyalik futbolchi to'pga eta olmay qoldi.

45+3-daqiqa. Brunu raqibini oldinga o'tkazib yubormaslik uchun Meddisonga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

45+1-daqiqa. Pogba tezkor hujumni boshlab berdi. CHap qanotdan rivojlangan hujum SHouning uzatmasi va undan keyin Ronalduning zarbasi bilan yakunlanishi kerak edi. Biroq Ronaldu to'pga eta olmay qoldi. Ikkinchi tempda etib kelgan "iblislar" to'pni egallab olishdi va Brunu yana hamyurtini to'p bilan taminlashga urindi. Jarima maydonchasidagi Krishtianu chalqancha uslubda gol urishiga faqatgina Rikardu Pereyra to'sqinlikqilib qoldi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Urilgan goldan eeyin mehmonlar tashabbusni butkul raqibga berib qo'ygandek.

41-daqiqa. Markazda Matich yana to'p o'rniga Meddisonning oyog'iga zarba berdi.    

40-daqiqa. Meddison-Tilemans-Ixeanacho kombinaciyasini hujumchi zarba bilan yakunladi, De Xea to'p yo'nalishini faqat kuzatib qolgandi, lekin u darvoza to'riga borib tushmadi. Bu safar "Manchester"ning omadi keldi.   

37-daqiqa. Jarima zarbasi tezda amalga oshirildi. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga yo'llangan to'pni Pol Pogba qaytarib yubordi.   

35-daqiqa. Matich to'p uchun kurashda Meddisonga nisbatan qo'pol harakat qildi. Ammo bu holat bosh hakamning etiboridan chetda qoldi. Mezbonlar yarim himoyachisi yordamga muxtoj bo'lib yotibdi.  

31-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Ajoyib gol. CHiroy borasida Grinvudning zarbasidan qolishmaydigan urinish. Xarri Maguayr va De Xeaga alangali salom! Yuri Tilemans gol muallifi. Bu vaziyatda to'p uchun Maguayr bilan faol kurashgan va uni olib qo'ygan Kelechi Ixeanachoning xizmatlarini ham alohida takidlash zarur. 

29-daqiqa. "Manchester Yunayted" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Brununing uzatmasidan keyin Xarri Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.   

27-daqiqa. Xavfli vaziyat! Uzoq davom etgan hujum, Meddisondan ajoyib uzatma va hujumga qo'shilgan Pereyraning uzatmasi golli zarbaga aylanib ketishiga santimetrlar etmadi.  

25-daqiqa. Kelechi Ixeanachoga nisbatan markazga yaqin hududda qo'pollik ishlatilgani sabab hakamning hushtagi chalindi.  

24-daqiqa. Mezbonlar to'p bilan muomalada, lekin raqib darvozasiga yaqinlashishning imkoni topilmayapti. 

21-daqiqa. "Lester" hisobni tenglashtirishi mumkin edi, lekin yakuniy zarba qovushmadi. Jeymi Vardining urinishidan so'ng De Xea to'pni osonlik bilan qo'lga kiritdi.  

20-daqiqa. Raqib o'ziga kelib ulgurmasidan yana gol urishni niyat qilgan Sulsher shogirdlari hujumga otlanishdi. Biroq SHouning uzatmasi manzilga etib bormadi. 

19-daqiqa. GOOOOOOL! Meyson Grinvuddan ajoyib zarba va juda chiroyli gol! Brunu Fernandeshdan golli uzatma.

17-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi burchak to'pini mehmonlar amalga oshirishdi. Ammo Pogbaning urinishiga aniqlik etishmadi.   

14-daqiqa. SHou va Maguayr jarima maydonchasi ichida Ixeanachaoga qarshi kurashda bir-birlarini tushunishmadi hamda to'pni raqibga sovg'a qilishdi.   

13-daqiqa. "Lester" futbolchilari himoyadan chiqishda to'pni yo'qotishdi.  

Javob hujumiga qochib ketayotgan Jeymi Vardini esa markazdan uncha uzoq bo'lmagan hududda qoidani buzish evaziga to'xtatishdi. 

11-daqiqa. Lyuk SHouning uzatmasidan keyin sheriklari to'pga eta olmadi.  

9-daqiqa. "Lester" bosim uyushtirib, raqib darvozasiga yaqin hududda to'p bilan muomalada bo'lmoqda. 

7-daqiqa. Mehmonlarning hujumi uzatmadagi xato sabab uzilib qoldi.  

6-daqiqa. "Lester" xavfli hujum uyushtirdi, lekin so'nggi uzatmaga aniqlik etishmadi.  

5-daqiqa. Xarri Maguayrga nisbatan Amarti qoidani buzdi. Hakam ham buni qayd etdi. 

3-daqiqa. Jeydon Sanchoning kutilmaganda amalga oshirgan keskinlashtiruvchi uzatmasidan keyin to'pga SHmeyxel Ronaldudan avvalroq etib kelib ulgurdi. 

"Lester"ning birinchi hujumi omadsiz yakunlandi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!



Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика