So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  3 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

APL. De Bryuynening super goli "Siti"ga 3 ochko taqdim etdi Yangiliklar

APL. De Bryuynening super goli "Siti"ga 3 ochko taqdim etdi

Angliya chempionati 14-turi doirasidagi "Lester" – "Manchester Siti" uchrashuvi yakuniga etdi.

Leicester City

Premier League . 14-tur

29/10/2022, 16:30

1
:
0
Tugadi

Manchester City

Kevin De Bruyne - 49'

Stadion: King Power Stadium, 32223 tomoshabin

Bosh hakam: Robert Jones

45'
90'
46'  Kiernan Dewsbury-Hall (Nampalys Mendy)
71'  Jamie Vardy (Kelechi Iheanacho)
72'  Caglar Soyuncu (Patson Daka)
49'  Kevin De Bruyne
72'  Manuel Akanji (Ruben Dias)
77'  Julian Alvarez (Phil Foden)

"Lester Siti" – "Manchester Siti" 0:1

"King Pauer"

Gol: 0:1 – 49 de Bryuyne.

Lester – Uord, Kastan, Amarti, Fas, Seyundjyu (Daka, 72), Djastin, Tilemans, Dyuzberi-Xoll (Mendi, 46), Meddison, Barns, Vardi (Ixeanacho, 71).

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Laport, Akandji (Ruben Diash, 72), Joau Kanselu, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri, Grilish, Bernardu Silva, Alvares (Foden, 77).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Ixeanacho raqib jarima maydonchasi ichida pas berishni xohlamadi va zarba berdi. To'p Edersonga borib tushdi.

86. ZARBAAAA... Dakaaaa... "Lester" futbolchisi to'pni darvozaga boshi bilan burdi, ammo zarba kuchsiligi tufayli Ederson uni osonlik bilan egallab oldi.

83. Jarima zarbasi: To'p markazga uzatib berildi, Kastanning zarbasidan so'ng to'p havoga ko'tarilib ketdi va maydonni tark etdi.

82. Qoida buzildi. Gyundogan to'pni tanasi bilan to'sib, raqibni yiqitdi. Hakam esa xushtak chalib, fol borligini qayd etdi.

81. Zarba... Jastinning zarbasi juda va juda noaniq bo'ldi.

80. "Lester" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalangan Gvardiola va De Bryuyne "Siti" vakillariga kerkakli ko'rsatmalarni berishdi

77. O'zgarish: Alvares o'rniga Foden o'yinga qo'shildi.

77. Ixeanachoooo... Kelechining kuchsiz zarbasidan so'ng Ederson to'pni qaytarib qoldi.

74. Diash aut oldida Bansga nisbatan xavfli o'ynadi. Hakam xushtak chalib, jarima zarbasi belgiladi.

71. O'zgarish: Vardi o'rniga Ixeanacho, Suyunju o'rniga Daka, Akanji o'rniga Diashlar maydonga tushishdi.

68. So'nggi 5 daqiqada to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Siti" tomonda: 4%-96%

67. Kanselu o'z qanoti orqali raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo to'pni jamoadoshiga uzatishga ulgurmadi.

66. Qoida buzildi, De Bryuyne qarshi hujumga o'tishga harakat qilgan Tilemansni to'xtatib qoldi. Hakam negadir uni kechirdi.

62. Xarvi Barns yana individual mahoratini ko'z-ko'z qilishga urindi, ammo avvalgi safarlardek bu ishni eplay olmadi.

61. Bernardu Silva to'pga zarba bera olmadi, to'p raqibdan o'tib, ungacha kelishini kutmagan edi.

58. Akanji yiqildi. Vardi esa hakamga etiroz bildirib, "men qo'pollik ishlatgnim yo'q" demoqda.

Taniydiganlar bormi? Britaniyalik mashhur reper Stormzy o'ynni stadiondan kuzatmoqda.

53. ZARBAAAAA... Tilemaaaaansss... Yurining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan super zarbasidan so'ng Ederson to'pni qo'li bilan urib yubordi va to'p to'singa tegdi.

52. Mehmonlarning golidan so'ng "Lester Siti" hujumga o'tishga harakatlarni boshlab yubordi, ammo "shaharliklar" ularni o'z yarim maydonida kutib olishmoqda.

49. "Siti" jarima zarbasi ishlab oldi. Darvozagacha masofa 25 metr atrofida. To'p qarshisida Kevin De Bryuyne. GOOOOOOOLLLLL! KEVIIIIN! Belgiyalik yarim himoyachi ideal zarbasi orqali to'pni darvozaga joylab qo'ydi. To'p ustunning eng yuqori qismiga tegib, darvozaga burilib ketdi.

46. ZARBAAA... Bernardu Silvaning o'ng qanotdan uzatgan pasidan so'ng Rodri o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan to'pga zarba berdi. To'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+1. "Siti"da birinchi bo'limda gol urish uchun so'nggi imkoniyat, burchak to'pi. Standart muvaffaqiyatsiz chiqdi.

45. Birinchi bo'limga daqiqa qo'shib berildi.

43. Grilish hakamdan burchak to'pi so'rayapti, ammo hakam bunday fikrda emas.

41. Lyaport to'pni chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borayotgan Kanseluga uzatdi, portugaliyalik futbolchi to'pni to'xtatishda muammoga duch keldi va hujum yo'qqa chiqdi.

39. To'pga egalik qilish, vaziyatlar, zarbalar bo'yicha ustunlik "Siti"da, ammo bu hisobda aks etgani yo'q.

34. Grilish "Lester" jarima maydonchasi ichida yiqiildi, hakam burchakni ko'rsatdi. VARdagilar vaziyatni ko'rib chiqishmoqda. YO'Q, penalti yo'q.

33. "Siti" raqib jarima maydonchasi atrofida qamal amalga oshirmoqda, biroq hozircha himoyani yorib o'tishning imkoni bo'lgani yo'q.

30. BARNSSS... Xarvi raqib jarima maydonchasining chap qismida raqiblarni aldashga kirishib ketdi va to'psiz qoldi.

27. DE BRYUYNEEE... "Siti" to'ni raqib yarim maydonidayoq olib qo'ydi va Kevin to'pni chap oyog'iga to'g'irlab, zarba berdi. Uord zarbani xavfsizlantirib, to'pni egallab oldi.

24. ZARBAAA... Barnsning zarbasini Ederson qaytarishga muvaffaq bo'ldi, burchak to'pi.

21. "Siti"ning navbatdagi hujumini Suyunju to'tatib qoldi, u tanasi bilan to'pni yopdi va De Bryuyne to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

18. Yana bir uzatma, bu safar ham Rodri bosh bilan to'pga zarba berdi, ammo noaniq.

15. ZARBAAA... Alvaresning zarbasini posbon qaytardi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tarib turgan ekan.

12. Uzatmaaa... Kevinning chap qanotdan amalga oshirgan uzatmasini Rodrigo darvozaga burdi, ammo "Lester Siti" posboni Uord to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

11. Dastlabki 10 daqiqa ichida to'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik kutilganidek "Siti" tomonda. 12%-88%.

10. De Bryuyne himoyani "kesuvchi" uzatmasi bilan jamoadoshini raqib darvozaboni qarshisiga chiqarishga urindi, ammo mezbonlar to'pni ilib ketishdi.

5. "Manchester Siti" o'z uslubida o'ynamoqda. "Lester Siti" esa bunday raqiblarga qarshi o'yinlarda qarshi hujumlarni qanday tashkil etish kerakligini biladi. "Tulkilar" "shaharliklar"ga qarshi so'nggi 5ta bahsda 9ta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.

2. Bugun "Lester" to'q ko'k, "Manchester Siti" esa och yashil rangdagi formalarda harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Lester – Manchester Siti

16.30, «King Pauer»

Lester – Uord, Kastan, Amarti, Fas, Soyunju, Jastin, Tilemans, Dyuzberi-Xoll, Meddison, Barns, Vardi.

Manchester Siti – Ederson, Akanji, Stounz, Laport, Joau Kanselu, Gyundogan, de Bryuyne, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Alvares.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика