APL. "Lester" hujumchisi musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi
26 iyu 2020 22:40
Yangiliklar
APL. "Lester" hujumchisi musobaqaning eng yaxshi to'purariga aylandi
Angliya chempionati 2019/20 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purari aniqlandi.
"Lester" forvardi Jeymi Vardi barchadan ko'p gol urgan. Uning hisobida 23 ta gol bor (35 uchrashuv).
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerika Obameyang 36 o'yinda, "Sautgempton" vakili Denni Ingz esa 38 uchrashuvda 22 tadan to'p kiritgani holda bombardirlar poygasida keyingi o'rinlarni egallashdi.
Kuchili beshlikka "Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling (33 o'yinda 20 gol) va "Liverpul" forvardi Muhammad Saloh (34 uchrashuv, 19 gol) yakun yasab berdi.
Malumot uchun, 33 yoshli Vardi faoliyati davomida birinchi bor APLning eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Fikrlar