APL. Jarohatlar girdobidagi MYU safarda uchta gol urib g'alaba qozondi
28 fev 2019 02:57
Yangiliklar


APL. Jarohatlar girdobidagi MYU safarda uchta gol urib g'alaba qozondi
Turning markaziy bahsi London derbisi doirasida "CHelsi" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasida o'tkazilmoqda. Mazkur to'qnashuvdan onlayn translyaciyani boshqa sahifada kuzatib borayapsiz.
LIVE APL. Derbi. "CHelsi" - "Tottenxem" 0:0 MATNLI TRANSLYACIYA
Ushbu sahifada esa Londonning yana bir klubi "Kristal Pelas" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi bahsdan xavfli vaziyatlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Crystal Palace Joel Ward - 66' Premier League . 28-tur 28/02/2019, 01:00
Manchester United Romelu Lukaku - 33', Romelu Lukaku - 52', Ashley Young - 83' Stadion: Selhurst Park, 25754 tomoshabin Bosh hakam: Martin Atkinson
APL
28-tur, 28.02.2019
"Selxerst Park"
"Kristal Pelas" – "Manchester Yunayted" 1:3
Gollar: J.Uord 66 - R.Lukaku 33, 52, E.Yang 84
"Kristal Pelas": Guaita, Kelli, Tomkins, van Anxolt (SHeyxu Kuyate, 83), Uord, Makartur (Maks Mayer, 61), SHlupp, Taunsend, Milivoevich, Zaa, Batshuayi (Kristian Benteke, 79).
"Manchester Yunayted": De Xea, Lindelef, SHou, Yang, Diogu Dalot (Erik Bayi, 76), Maktomini, Fred (Jeyms Garner, 90), Sanches (Markus Reshford, 76), Pogba, Smolling, Lukaku.
Ogohlantirishlar: M.Kelli 41, U.Zaa 90 - A.Sanches 69, L.SHou 81, R.Lukaku 90+5
Uchrashuv yakunlandi. Jarohatlar girdobida qolib ketgan "Manchester Yunayted" safarda 3ta gol urdi va 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
90 - MYU tarkibi Fred o'rniga 37-raqamda 2001 yilda tug'ilgan Jeyms Garner maydonga tushdi.
89 - Taunsendning zarbasi noaniq ketdi.
84 - Gooooolll, Eshli Yanggg, Pogbaning pasidan so'ng Yang o'ng qanot o'tkir burchakdan to'pni kuchli zarb bilan darvozaga joylab qo'ydi. MYU sardori o'tkazib yuborilgan goldagi xatosini yuvdi.
MYU tarkibida Sanches o'rniga Reshford, Dalot o'rniga Erik Bayi maydonga tushdi. Endi mehmonlar 3ta markaziy himoyachi sxemasiga o'tishadi.
77 - Zarbaaa, Pogbaning jarimadan tepgan aniq zarbasini Guaita qaytardi.
75 - Bugun Aleksisni juda ko'p yiqitishmoqda.
74 - Milivoevichning jarimadan tepgan to'pi biroz noaniq ketdi.
66 - Gooooolll, Uord hisobni qisqartirdi. Hammasi Eshli Yang to'pni Zaaga oldirib qo'yganidan boshlandi va yakunda SHluppning pasidan keyin Uord gol urdi.
De Xeada hammasi joyida, u o'yinni davom ettiradi.
61 - SHunisi etmay turgandi MYUga, De Xea kutilmaganda yo'q joydan jarohat olib maydonda yotibdi.
57 - Taunsendning havodan uzatgan to'piga Zaa bosh bilan zarba berdi, noaniq.
52 - Gooooolll, Lukakuuu. Yang to'pni burchakdan uzatganidan so'ng to'p avval Smolling, keyin Lindelyofning boshidan oxiri Romeluning oyog'iga borib tushdi. Lalaku esa murakkab vaziyatda to'pni kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi. Lukaku bugun yayrayapti!
49 - De Xeadan xavfli qaror, yaxshi ham to'pni mezbonlar olib qo'yishmadi.
47 - Zarbaa, Dalotning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Pogba bosh bilan zarba berdi, noaniq.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Birinchi bo'lim mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Pogba va Maktominey to'pni Jeffri SHluppdan olib qo'yayotgan vaziyat.
42 - Eshli Yangning jarimadan tepgan to'pini mezbonlar sardori Luka Milivoevich qaytardi.
41 - Sanchesni yiqitgani uchun Martin Kelli ogohlantirildi, MYU jarima zarbasi tepadi.
35 - Zarbaa, Jeffri SHlupning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq.
33 - Gooooolll, Romelu Lukakuuuu. Joriy mavsum "Yunayted"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lib kelayotgan Lyuk SHou chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to'pni Romeluga oshirdi. Belgiyalik forvard esa o'zi uchun noqulay o'ng oyog'ida to'pni darvozaning uzoq pastki burchagiga aniq yo'lladi. Bu uning APLdagi 10chi goli.
Sulsher va Kerrik "Selxerts Park"da hozircha xotirjam.
27 - Zarbaaa, Taunsendning jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda tepgan to'pi salgina noaniq ketdi.
"Manchester Yunayted" chempionat doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi oxirgi 21ta o'yinda yutqazmagan (17 g'alaba, 4 durang). Oxirgi marta 1991 yilning may oyida "Pelas" MYUni ichki chempionat doirasida 3:0 hisobida taslim qilgan. O'shandan beri shimoliy londonliklarga "Qizil iblislar"ni engish orzu bo'lib kelmoqda.
18 - "Kristal Pelas"dan xavfli qarshi hujum bo'lishi mumkin edi, ammo Batshuayining bosh bilan bergan zarbasi juda noaniq chiqdi.
11 - Zarbaaa, Andres Taunsendning yaqin masofadan bergan zarbasi biroz yuqoridan ketdi.
Pol Pogba Sulsher kelganidan buyon birinchi marta soch turmagini o'zgartirdi.
8 - Zarbaaa, Lyuk SHouning chap burchakdan uzatib bergan to'pini Lukaku to'xtatmasdan kuchli zarba berdi, to'p darvoza to'sinidan biroz yuqoriga ketdi.
- Hozircha MYU tarbiyalanuvchisi Uilfrid Zaa va Mishi Batshuayilar faol o'yin ko'rsatishmoqda.
- Uchrashuvga start berildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar