APL. "Liverpul" "Kristal Pelas" darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi, Firmino va Salohdan dubl
19 dek 2020 19:18
Yangiliklar


APL. "Liverpul" "Kristal Pelas" darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritdi, Firmino va Salohdan dubl
"Kristal Pelas" – "Liverpul" 0:7
«Selxerst Park»
Gollar: Minamino 3', Mane 36', Firmino 44', 68', Xenderson 52', Saloh 81', 84'
Kristal Pelas – Guaita, van Anxolt, Klayn, Kexill, SHlupp, Milivoevich, Kuyate (Tomkins, 63), Makartur (Ridevald, 74), Eze (Batshuayi, 70), Zaa, Ayyu.
Liverpul – Alisson, Robertson, Matip, Aleksander-Arnold, Fabino, Xenderson, Keyta, Minamino, Veynaldum (Jons, 70), Mane (Saloh, 57), Firmino (CHemberlen, 75).
Ogohlantirish: Klayn (45).
Bahs yakunlandi. "Liverpul" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan tabriklaymiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!
Ikkinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
89. O'yin buyog'iga juda xotirjam davom etmoqda. Menimcha, hamma o'yin hoziroq tugatilishiga rozi.
88. Kexillda hammasi joyida, u maydonga qaytdi.
87. Gari Kexill jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dahshat! Saloh "Liverpul"ning 7-golini urdi! Qoyilmaqom aylantirma zarba!
81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Saloh bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi – 0:6!
80. Uuuxx! Arnold yiqilgan holda bo'lsa-da, ajoyib pas uzatdi, himoyachilar qaytarishdi.
78. Zaa chapdan oldinga borib, ichkariga pas uzatmoqchi bo'ldi, ammo noaniq.
76. Jons Ayyudan o'ch oldi va unga nisbatan qoidani buzdi.
75. "Liverpul"da almashtirish: Firmino o'rniga CHemberlen o'yinga qo'shildi.
74. "Kristal Pelas"da o'zgarish: Makartur o'rniga Ridevald o'yinni davom ettiradi.
71. Ayyu hozirgina maydonga tushgan Kyortis Jonsni yiqitdi, jarima.
70. "Kristal Pelas"da o'zgarish: Eze o'rniga Batshuayi tushirildi.
70. "Liverpul"da almashtirish: Jons Veynaldumni almashtirdi.
68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Firmino darvozabonning ustidan to'pni oishirib qo'yib, hisobni yiriklashtirdi – 0:5!
68. Zaaning chalg'ituvchi harakati jamoaga burchak to'pi keltirdi.
65. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 42% - 58%
63. Zarba! van Anxoltning yaqin masofadan chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.
63. "Kristal Pelas"da o'zgarish: Kuyate o'rniga Tomkins maydonga tushdi.
61. Saloh o'ng qanotdan oldinga intilgan Arnoldni qulay pas bilan taminladi, Arnoldning markaz tomon uzatmasi esa raqib himoyachilariga xadya etildi.
59. Zarba! Minamino yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. Qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.
57. "Liverpul"da o'zgarish: Mane o'rniga Saloh tushdi. Mane bundan juda norozi bo'lib, maydonni tark etdi.
56. Zarba! Manening zarbasi sal qolsa darvozaga kirib ketardi.
53. Guaita Manening to'p oshirishini darvozadan chiqib kelib, egallab oldi.
52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ux! Xendersonning aylantirma zarbasi golga aylandi, uni Trent qulay pas bilan taminlagandi. Hiosb yiriklashdi – 0:4!
50. Minamino qoidani buzib, Makarturni maydonga qulatdi.
48. Zaa "Liverpul" jarima maydoni ichigacha kirib bordi, ammo juda tushunarsiz va kuchsiz pas berdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:3. Tanaffus!
45+2. Trentning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
45+1. Minaminoni qo'pollik evaziga to'xtatgan Klaynga chariq kartochka ko'rsatildi.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL! Dahshat! "Liverpul" chap qanot vakili Robertsonning qulay uzatmasini o'ziga osonlikcha va qulay qilib to'g'rilab olgan Firmino hech qanday qiyinchiliksiz gol urdi – 0:3!
41. Xenderson faol pressing namoyish etdi va qoidani buzishga ham ulgurdi, mezbonlar standart ishlashdi.
40. Tasanno! Robertson qoyilmaqom "podkat" orqali SHluppni to'xtatib qoldi, mezbonlar burchak to'piga ega bo'lishdi.
39. Klayn "Liverpul" uyushtirgan hujumga o'z vaqtida qarshi chiqdi.
36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Firminoning pasidan keyin Mane o'ng oyoqdagi ajoyib zarbasi orqali hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi!
34. Ezening havodan oshirgan pasidan keyin Ayyu qulay vaziyatga chiqib broishi mumkin edi, ammo o'yindan tashqari holat kuzatildi.
32. Zarba! Ezening uzatmasidan so'ng SHlupp bosh bilan zarba berdi, Alisson qaytardi.
31. Van Anxolt chap qanotdan ichkariga kirib bordi, ammo g'alati pas ijro etdi, Fabino to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
29. Himoyachining noaniq va qaltis uzatmasidan keyin Minamino o'z faolligi evaziga burchak zarbasi ishladi.
28. Zarba! Milivoevichning jarimadan oshirib bergan pasidan so'ng Ayyu bosh bilan zarba yo'lladi, Alisson o'z o'rnida!
25. Nihoyat, "qizillar" hujum boshlashdi. Tinib-tinchimas Robertsonning uzatmasidan keyin burchak to'pi ishlandi.
23. Uuuuxx! Qanday dahshat! Ayyu! U Matipni aldab o'tdi va Zaani pas bilan taminlashda adashdi, bu holatda to'p Zaaga yaxshi etib kelganida bo'sh darvozani ishg'ol etish qolardi, xolos.
22. Eze juda faol o'yin namoyish etmoqda, u ikki daqiqada ikki marta asosiy rolda paydo bo'ldi.
20. SHluppning ajoyib uzatmasi Xenderson tomonidan tepib yuborildi.
18. Maydon egalaridan navbatdagi hujum, Zaa ofsaydda qolib ketdi.
17. Ooox, qanday vaziyat! Milivoevich o'z darvozasidan ancha oldinga chiqib ketgan Alisson darvozasini nishonga oldi, darvozabon ulgurib, to'pni ilib oldi.
14. Firminodan yaxshi o'ylangan pas, biroq Mane bu to'pga ulgurmadi, van Anxolt uni quvib o'tdi.
13. Eze o'ng qanotdan havolatib pas uzatdi, havodagi kurashda Manega nisbatan qo'pollik ishlatdi.
12. Uuuxx! Klaynning ichkariga oshirib bergan to'piga Ayyu ulgurmay qoldi, aks holda bu vaziyatda gol bo'lmasligini o'zi qiyin edi.
11. Matip Zaani qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi.
9. Milivoevich mezbonlarning birinchi burchak to'pini amalga oshirdi, mehmonlar havodagi kurashda g'olib chiqishdi.
8. Yana Robertsondan uzatma, bu gal Firmino tomon yo'naltirilgan to'p himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.
6. Robertson Mane tomon pas uzatdi, senegallik bu holatda qiyinchilikka duch keldi.
5. "Liverpul" hujum qilishda davom etyapti. Qiqa paslar orqali oldinga iloji boricha tezkorlik bilan o'tilmoqda.
3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Manedan pas qabul qilib olgan Minamino ishonch bilan o'ynab, Klaynni chalg'itdi va to'pni darvozaga kiritdi – 0:1!
2. O'yin shiddat bilan boshlandi. "Kristal Pelas" bosim qila boshladi. "Liverpul" dastlabki hujumni boshlab berdi, Firminoning pasini himoyachilar qaytarishdi.
1. O'yinga start berildi!
- Diqqat qilamiz! Futbolchilar maydonga tushib kelishdi.
CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar
Bilasizmi? "Liverpul" roppa-rosa 1 yil oldin Takumi Minamino transferini elon qilgandi. Bugun u asosiy tarkibga kiritilgan.
Trent "qizillar" uchun 150-o'yinida maydonga tushadi
Bugun Nabi Keyta "Liverpul" uchun Premer-ligadagi 50-o'yinini o'tkazadi
Tarkiblar bilan tanishing
- Bahs Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi.
- Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari! Bugun APL 14-turida "Liverpul" "Selxerst Park"da "Kristal Pelas" mehmoni bo'ladi. Ushbu bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar