APL klublari liga direktoriga 5 mln funt to'lab berishadi
19 noy 2018 14:10
Yangiliklar


APL klublari liga direktoriga 5 mln funt to'lab berishadi
Angliya Premer-ligasi klublari chempionat direktori Richard Skademorga nega 5 mln funt to'lab berishi malum bo'ldi.
APL va klublar Skademor boshqa ligaga, masalan Ispaniya chempionatiga o'tishidan havotir olishdi. APL bosh direktori TV shartnomalar bo'yicha ancha tajribali mutaxassis hisoblanadi.
APLdagilar uni maslahatchi sifatida saqlab qolib, Richardni raqobatchi ligaga berib yubormoqchi emas.
Skademor 1999 yildan beri APL direktori sifatida ishlaydi. Tez orada uning o'rnini Animal Planet prezidenti Syuzanna Dinneyj egallaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar