APL klubi o'zi uchun rekord mablag'ga transfer amalga oshirdi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018, 11:39
PSV hujumchisi Yurgen Lokadiya faoliyatini Angliya Premer-ligasi klubi "Brayton"da davom ettiradi.

Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti e'lon qildi.

Ingliz klubi transfer narxini oshkor qilmadi, biroq xarid klub tarixidagi rekord mablag'ga amalga oshirilgani aytildi. Ingliz OAVning ma'lumotlariga ko'ra, gap 16 mln. evro haqida ketmoqda. "Chayka"larning avvalgi rekord transferi 15 mln. evro evaziga amalga oshgan. O'tgan yilning avgust oyida ular bu mablag'ga kolumbiyalik forvard Xose Iskerdoni sotib olishgan edi.

PSV tarbiyalanuvchisi bo'lgan Lokadiya joriy mavsum Gollandiya chempionatining 15ta uchrashuvida 9ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia