So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  5 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  56 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

APL. Kechagi kun qahramonlari FOTO Yangiliklar

APL. Kechagi kun qahramonlari FOTO

Teglar :  qahramonAPL
Kecha Angliya premer-ligasida 30-turning dastlabki 6ta uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Biz kechagi o'yinlarda o'zini ko'rsatgan futbolchilarni sizlarga tanishtiramiz.

"Everton" - "Arsenal" 0:2
Qahramon: Aleks Ivobi

"Gudison Park"da kechgan bahsda ko'pchilik "Everton"dan yaxshiroq o'yin kutgandi. Biroq Arsen Venger shogirdlari safarda bo'lishiga qaramay ishonchli g'alabani tantana qilishdi. London klubi safida boshlang'ich tarkibda Aleks Ivobi maydonga tushdi. Hali 20 yoshga ham to'lmagan futbolchi APLda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va debyut golini urishga erishdi. Uning goli "Everton"ning mag'lub etilishida katta xissa qo'shdi. 



"CHelsi" - "Vest Xem" 2:2
Qahramon: Sesk Fabregas

Ispaniyalik Jahon va Evropa chempioni bo'lgan Fabregas bu mavsum oldingilaridek sermahsul emas. Juda kam gol urmoqda va golli paslarni ham onda sonda amalga oshirmoqda. Biroq kecha "Vest Xem" bilan bahsda yarim himoyachi raqib darvozasiga ikkita gol urishga erishdi. Bu gollar "CHelsi"ga 1 ochko keltirdi. Etiborlisi Gus Xiddink APLda mag'lubiyatsiz seriyasini yana uzaytirdi. 



"Kristal Pelas" - "Lester" 0:1
Qahramon: Riyad Maxrez 

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga davogar Riyad Maxrez kecha navbatdagi golini urdi. Jazoirlik futbolchi o'zining 16-goli bilan "Lester"ga 3 ochko keltirdi. Klaudio Raneri boshchiligidagi "tulkilar" chempionlik sari dadil qadam tashlashda davom etishmoqda.



"Uotford" - "Stok Siti" 1:2
Qahramon: Jonatan Uolters

Kecha "Stok Siti" safarda "Uotford"ni taslim qildi. Mehmonlar hujumchisi Jonatan Uolters 18-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida aynan uning to'p uzatishidan keyin Xoselu gol urdi. SHu tariqa "Stok Siti" o'z ochkolarini 46taga etkazib oldi va Evropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. 



"Vest Bromvich" - "Norvich" 0:1
Qahramon: Robert Bredi

24 yoshli irlandiyalik yarim himoyachi Robert Bredi mavsumdagi o'zining uchinchi golini "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda urdi va jamoasiga g'alaba keltirdi. "Norvich" ushbu g'alabadan so'ng xavfli zonadan biroz uzoqlashdi. 



"Suonsi" - "Aston Villa" 1:0
Qahramon: Federiko Fernandes 

Premer-ligasi autsayderi "Aston Villa" klubi kecha Uelsda "Suonsi" mehmoni bo'ldi. CHempionatda so'nggi pog'onada borayotgan "Villa" raqibga etarli qarshilik ko'rsatdi, biroq 53-daqiqada Sigurdssonning pasidan so'ng argentinalik himoyachi Federiko Fernandes gol urib "oqqushlar"ga g'alaba keltirdi. 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика