APL grandlari “Benfika”ning yosh futbolchisiga qiziqmoqda
17 mar 2019 21:42
Yangiliklar


APL grandlari “Benfika”ning yosh futbolchisiga qiziqmoqda
“Benfika”ning 19 yoshli futbolchisi Joau Filipe (Jota) APL grandlari nigohiga tushgan.
Qayd etilishicha, hujumchiga “Liverpul”, “Tottenxem” hamda “Arsenal” jamoalari qiziqmoqda.
Lissabon jamoasi Jotaning narxini 30 mln. evro atrofida baholamoqda. Portugaliya yoshlar terma jamoasi azosi bo'lgan hujumchi ikkala qanotda ham yaxshi o'ynay olishi grand etiborini tortgan. SHuningdek, u markaziy hujumchi sifatida ham harakat qiladi.
Joau Filipe o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Portugaliya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deya etirof etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar