So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  5 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

APL. "Manchester Siti" mehmonda "Everton"ni minimal hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" mehmonda "Everton"ni minimal hisobda mag'lub etdi

Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi uchrashuvida mehmonlar g'alaba qozonishdi.

"Everton" – "Manchester Siti" 0:1

Gollar: Fil Foden 82'

"Everton": 1. Djordan Pikford, 23. SHeymus Koulmen, 4. Meyson Xolgeyt, 5. Maykl Kin, 2. Djondjo Kenni, 16. Abdulay Dukure, 6. Allan Markes Loureyro, 30. Donni van de Bek (36. Dele Alli 71'), 17. Aleks Ivobi (34. Anvar El-Gazi 88'), 7. Risharlison, 24. Entoni Gordon (11. Demaray Grey 77').

Zaxira: 15  Asmir Begovich, 3. Natan Patterson, 19. Vitaliy Mikolenko, 32. Djarred Brantueyt, 14. Andros Taunsend, 33. Salomon Rondon.

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 5. Djon Stounz, 3. Ruben Diash, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 17. Kevin De Bryuyne, 16. Rodrigo Ernandes, 8. Ilkay Gyundogan (26. Riyad Marez 77'), 47. Fil Foden, 20. Bernardu Silva, 7. Raxim Sterling (9. Gabriel Jezus 77')

Zaxira: 84  Cieran Slicker, 2. Kayl Uoker, 6. Natan Ake, 11. Aleksandr Zinchenko, 10. Djek Grilish, 25. Fernandino, 33. Skott Karson.

Ogohlantirishlar: Donni van de Bek 27', Allan Markes Loureyro 57', Ederson Moraes 87', Fil Foden 89', Dele Alli 90+6'

Everton

Premier League . 27-tur

26/02/2022, 22:30

1
:
0
Tugadi

Manchester City

Phil Foden - 82'

Stadion: Goodison Park, 39032 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
27'  Donny van de Beek
57'  Allan
71'  Donny van de Beek (Dele Alli)
77'  Anthony Gordon (Demarai Gray)
88'  Alex Iwobi (Anwar El-Ghazi)
90'  Dele Alli
77'  Ilkay Gundogan (Riyad Mahrez)
77'  Raheem Sterling (Gabriel Jesus)
82'  Phil Foden
87'  Ederson Moraes
89'  Phil Foden


90+8. Uchrashuv yakunlandi!

90+6. Braziliyalik darvozabon Edersonga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

90+6. Dele Alli Edersonga nisbatan qo'pol o'ynadi.

90+3. O'yinning so'nggi daqiqalari asabiy kechmoqda. "Everton" hujumlar uyushtirib, darvozaga to'p kiritish yo'llarini izlamoqda.

90. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

86. VARning qaroriga ko'ra, ushbu vaziyatda penalti yo'q.

85. "Man Siti" jarima maydonchasi ichida Rodrigo Ernandesga to'p tegdi. VAR orqali bu holat ehtimoliy penalti sifatida ko'rib chiqilmoqda. 

Bernardu to'ng chap qanotdan uzatdi, Kin uni qaytaraman deb xatoga yo'l qo'ydi, Foden esa o'ziga kelib tushgan to'pni darvozaga yo'lladi va gol urdi!

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Fil Foden hisobni ochdi!

77. Jamoalar zaxirada o'tirgan futbolchilariga murojaat qilishmoqda. Maydonga yangi kuchlar tushirildi.

70. De Bryuyne o'ng qanotdan to'pni uzatdi, biroq Foden darvozaga to'pni aniq yo'llay olmadi.

68. ZARBA! De Bryuyne o'zi uchun zarba berish uchun to'pni to'g'rilab darvozani nishonga oldi, Pikford qaytardi. Qaytgan to'pga esa Bernardu Silva zarba berdi, uning zarbasini ham Pikford qaytardi! Dahshat!

65. Stounz darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, Pikford esa ajoyib seyv ko'rsatib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

56. Foden jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon zarba berdi, Pikford qaytardi. Hujum ikkinchi tempda yana davom etdi, Kanselu ham jarima maydonchasi ichiga kirib zarba berdi, bu safar ham Jordan jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

52. Ikkinchi bo'lim anchagina faol boshlandi.

49. Risharlison darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum qilindi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Entoni Gordon jarima zarbasidan darvoza tomon kuchli zarba berdi, ammo  to'p birozgina noaniq ketdi.

38. "Man Siti" bir necha marta hujum qilishga urunmoqda, ammo van de Bek hujumlarni qaytarmoqda.  

34. Risharlison darvoza tomon ajoyib zarba berdi, Ederson to'pni ushlab oldi.

31. Kenni jarima maydonchasi ichiga kirib kelib darvozaga zarba berdi, to'p esa biroz noaniq ketdi.

27. Allan "Manchester Siti" jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishiga ijozat berdi, Allanning sheriklari esa hakamdan penalti so'rab etiroz bildirishdi. Natijada van de Bekka sariq kartochka ko'rsatildi.

25. Birinchi bo'limning yarmidan ko'prog'i o'tib bo'ldi. O'yin tempi yuqori emas.

19. Foden jarima zarbasidan to'pni raqib jarima maydonchasi tomon uzatdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

11. Gyundogan chapdan jarima maydonchasi tomon to'pni uzatdi, "Everton" himoyachilari vaziyatni bartaraf etishdi.

7. "Everton" pressing qo'llab to'pni olib qo'ydi va tezda hujumga o'tdi. Jamoaning bugungi taktikasi asosan qarshi hujumlar bilan bog'liqqa o'xshayapti.

4. O'yinning ilk daqiqalari mehmonlar bosimi ostida kechmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика