APL "Everton" - "Byornli" uchrashuvini qoldirishni istamadi. Benitesning jamoasida 9 nafar maydon o'yinchisi va 3 nafar darvozabon qolgan
23 dek 2021 23:25
Yangiliklar
APL "Everton" - "Byornli" uchrashuvini qoldirishni istamadi. Benitesning jamoasida 9 nafar maydon o'yinchisi va 3 nafar darvozabon qolgan
APL "Everton" va "Byornli" o'rtasidagi uchrashuvni qoldirish taklifini rad etdi. O'yin 26 dekabr kuniga belgilangan. Bu qarorga jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites o'z fikrlarini bildirdi.
Ajablanarlisi shundaki, "Everton" klubida jarohatlanganlar va koronavirusga chalinganlarni ayirib tashlasa, bor-yo'g'i 12 nafar sog'lom o'yinchi mavjud.
"Men hozir o'ylanib qoldim, menda 11 nafar sog' o'yinchi bormi yoki yo'q? Biz ushub o'yinni o'tkazishimiz kerak ekan. Reallik shundan iboratki, men erta va indin kunlari kim o'ynay olishi mumkinligini bilish uchun kutib turishim kerak.
Bizning vazifa maydonda o'ynay oladigan 11 o'yinchini topa olish. Bu oson ish emas. Sababi, bizda to'qqizta maydon o'yinchisi va uchta darvozabon bor", -deydi Rafael Benites.
Fikrlar