So’nggi yangiliklar

15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  7 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  5 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  3 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  4 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  2 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  9 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23

APL. Trossardning yagona goli "Arsenal"ga "Everton" ustidan g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

APL. Trossardning yagona goli "Arsenal"ga "Everton" ustidan g'alabani taqdim etdi

Angliya premer ligasi 5-turidan o'rin olgan "Everton" – "Arsenal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Everton" – "Arsenal" 0:1
17 sentyabr, "Gudison Park" o'yingohi
Gol
: 0:1 – 69 Trossard.

"Everton" – Pikford, Yang (Patterson, 87), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Guye, Dukure (Garner, 80), Onana, Dandjuma, Betu (Kelvert-Lyuin, 66), Maknil (SHermiti, 88).

"Arsenal" – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tomiyasu, 80), Edegor, Rays, Fabiu Vieyra (Xavertc, 80), Martinelli (Trossard, 24), Saka, Nketia (Gabriel Jezus, 66).

Ogohlantirishlar: Yang (45), Gabriel (48).


Everton

Premier League . 5-tur

17/09/2023, 20:30

1
:
0
Tugadi

Arsenal

Leandro Trossard - 69'

Stadion: Goodison Park, 39247 tomoshabin

Bosh hakam: Simon Hooper

45'
90'
45'  Ashley Young
66'  Beto (Dominic Calvert-Lewin)
80'  Abdoulaye Doucoure (James Garner)
87'  Ashley Young (Nathan Patterson)
88'  Dwight McNeil (Youssef Chermiti)
19'  Gabriel Martinelli
24'  Gabriel Martinelli (Leandro Trossard)
48'  Gabriel
66'  Edward Nketiah (Gabriel Jesus)
69'  Leandro Trossard
69'  Bukayo Saka
80'  Oleksandr Zinchenko (Takehiro Tomiyasu)
80'  Fabio Vieira (Kai Havertz)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Arsenal" og'ir o'yinda g'alabani qo'lga kiritdi. 

SHon Daych chamasi zaxira hakamiga ikkinchi bo'limga juda kam vaqt qo'shib berilganini aytib, norozi bo'lmoqda. To'g'rida, bo'limning ancha qismida mezbonlar o'yin vaqtini cho'zib, shoshilmay harakat qilishgandi. 

90+2-daqiqa. "Arsenal" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi va hech qaerga shoshilmayapti. Buyog'iga "Everton" futbolchilarining asablari dosh bermayapti.  

O'yinning asosiy vaqtiga hakam 4 daqiqa qo'shib berdi. 

90-daqiqa. Raysning uzatmadagi xatosidan keyin Kalvert-Lyuin to'p bilan jarima maydonchasiga yorib kirdi, lekin keyingi harakati qovushmadi.  

88-daqiqa. O'zgarish! Eshli Yang va Patterson o'rniga Duayt Maknil hamda Yussef SHermeti maydonga tushirildi. 

87-daqiqa. Deklan Rays ortiqcha o'ylab o'tirmay to'pni uzoqroqqa tepib yubordi. "Arsenal" uchun hisob emas, uch ochko muhim. 

84-daqiqa. "Everton" raqib darvozasiga yo'l topishga urinmoqda. Mehmonlar to'pni qaytarish bilan band.

80-daqiqa. O'zgarish! Abdullae Dukure o'rniga esa Jeyms Garner jangga tashlandi.  

80-daqiqa. O'zgarishlar! Zinchenko va Fabiu Vieyra o'rniga Takexiro Tomiyasu o'yinga qo'shildi. 

Londonliklar safida Xaverc va Tomiyasu maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

77-daqiqa. "Arsenal"ning bir nechta futbolchisi zarba berishga tayyor edi, ulardan ikkitasi zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldi, lekin har safar to'p yo'liga raqib vakillari to'g'anoq bo'laverishdi.  

76-daqiqa. Idrissa Geyening zarbasi noaniq bo'ldi. 

74-daqiqa. Fabiu Vieyrada imkoniyat yuzaga keldi, lekin yarim himoyachi darvozabonni dog'da qoldira olmadi. 

72-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Everton" hujumga tashlandi. Biroq SHon Daych shogirdlari burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi.   

69-daqiqa. GOOOOOOL! Leandro Trossard zo'r zarba bilan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

68-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin himoyaga yordamga qaytgan Dominik Kalvert-Lyuin to'pni jamoasiga qaytarib berdi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Beto o'rnini Kalvert-Lyuinga bo'shatib berdi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Eduard Nketia o'rniga Gabriel Jesus tushirildi. 

65-daqiqa. Gabriel Tarkovskiydan "kaltak edi". Bugun "Everton" futbolchilari yakka kurashlarda qo'l kafti, tirsaklarini hech tortinmay ishlatishmoqda.  

64-daqiqa. "Everton" kam sonli hujumlaridan biriga o'tayotganida Guyega nisbatan fol ishlatildi. 

Zinchenko kinoyali kulishdan boshqa chora topa olmayapti. 

59-daqiqa. Zinchenkoning kuchli zarbasidan keyin to'p Tarkovskiyning qo'liga tegdi, biroq u jarima maydonchasi tashqarisida edi, bosh hakam unga reakciya qilmadi. "VAR" esa bunday holatda vaziyatga aralashmaydi. 

58-daqiqa. Nketiada qulay vaziyat bo'ldi, biroq u zarbani cho'zib yuborgani sababli Tarkovskiy to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

56-daqiqa. Zinchenkoning ajoyib uzatmasi va Trossardning faolligi natijasida xavfli vaziyat yuzaga keldi, biroq yakuniy zarba ko'ngildagidek chiqmadi. 

54-daqiqa. "Arsenal" bu safar chapdan oldinga o'tdi, lekin mezbonlar osonlik bilan to'pni maydondan chiqarib yuborishmoqda.  

50-daqiqa. Xuddiki birinchi bo'lim yakunlanmagan va hamon davom etayotgandek... O'yin kartinasi umuman o'zgarmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4-daqiqa. Hakam uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!

45+3-daqiqa. Maydon markazida Beto bu safar Salibaning yuziga zarba berdi. Hakam bu safar ham fol yo'q, o'yinni davom ettirish mumkin deb topdi.  

45+2-daqiqa. Ogohlantirish! Trossardga nisbatan fol ishlatgani uchun Eshli Yangga sariq kartochka ko'rsatildi.

Bosh hakam bellashuvning birinchi bo'limiga 4 daqiqa qo'shib berdi!

45-daqiqa. "Everton" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi. 

43-daqiqa. "Arsenal" to'pga ko'proq egalik qilib, ko'proq hujum uyushtirmoqda, ammo raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti.  

40-daqiqa. Ben Uayt jarima maydoniga kiraverishda Edegor bilan "devor" uslubida o'ynab, darvozaga zarba yo'lladi, Jordan Pikford osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

37-daqiqa. Mikolenko to'p o'rniga Sakaga yaxshigina zarba berdi, lekin hakam bu vaziyatni etibordan chetda qoldirdi. "Kanonirlar" norozi, biroq befoyda.  

35-daqiqa. To'p uchun kurashda Beto tirsagi bilan Fabiu Vieyraning yuziga urib yubordi... 

32-daqiqa. Sakaga nisbatan qanotda fol, jarima zarbasi, to'p oldida Martin Edegor... Uning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 

31-daqiqa. Dukure katta tezlikda oldinga o'tdi va jarima maydonchasiga kirib, Salibaga yaqinlashgach, maydonga quladi, lekin hakam hech nima bo'lmaganini malum qildi. 

29-daqiqa. "Everton"ning ketma-ket ikkinchi hujumida o'ngdan uzatilgan to'pni David Rayya egallab oldi.  

28-daqiqa. Beto tezligiga keragidan ko'proq ishonib yubordi va Saliba shunchaki uning yo'lini yopib qo'ydi. 

26-daqiqa. "Arsenal"ning yana bir hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

24-daqiqa. O'zgarish! Martinelli goli bekor qilinganini ko'tara olmadi... Maydonni erta tark etishga majbur bo'lgan Gabriel o'rniga Trossard tushirildi.

Ammo, lekin, biroq... "VAR"dagilar avvalroq "Arsenal" azosi o'yindan tashqari holatda bo'lganligini qayd etishdi. To'g'risi, tushunarsiz holat. CHunki Nketia himoyachidan darvozaga yaqinroq bo'lsada, to'p unga "Everton" futbolchisi oyog'idan kelgandi... 

Kutilmagan vaziyatda to'p "Everton" futbolchisidan Nketiaga borib tushdi, undan to'pni qabul qilgan Fabiu Vieyra chapdan jarima maydoniga yorib kirayotgan Martinellini ko'rdi va yosh vinger adashmadi.  

19-daqiqa. GOOOOOOOL! Gabriel Martinelli hisobni ochdi! 

18-daqiqa. O'ng qanotdan hujumga qo'shilgan Ben Uaytning uzatmasidan keyin jarima maydonida "Arsenal"ning ikki futbolchisi yakuniy zarbani bera olishmadi. Aks holda juda xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. 

15-daqiqa. Markazda to'p uchun keskin kurash kechmoqda. Goh u jamoa, goh bu jamoa azosi pressing oqibatida xatoga yo'l qo'ymoqda.    

12-daqiqa. Himoyachi to'pni orqaga uzatganidan keyin Nketia katta tezlikda Pikfordga borib urildi. Fol, ammo sariq emas.   

Fabiu Silva raqibini biroz chalg'itib, o'ng oyoqda kuchli, ammo noaniq zarba berdi.  

9-daqiqa. Eshli Yangning "faolligi" sababli darhol ikkinchi "korner".

8-daqiqa. Edegorning Sakaga yo'llagan to'pini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va birinchi burchak to'pi. 

6-daqiqa. Martinelli to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi va "Everton" futbolchilari to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritadi.  

4-daqiqa. "Arsenal" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.  

2-daqiqa. Deklan Rays podkatda to'pni o'z jamoasiga olib berdi.  

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi!

O'yin 1 daqiqalik sukut bilan boshlanmoqda. 

Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. 

Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkiblarni elon qilib ulgurgan.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика