So’nggi yangiliklar

22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  0 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  7 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   25 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  8 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  4 19:30Де Брюйне ФИФА ва УEФАни танқид қилди  4 18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  2 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  1 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  25 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  6 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  3

APL. ECHL yo'llanmalari uchun kurash avjida. 37-tur prevyusi Yangiliklar

APL. ECHL yo'llanmalari uchun kurash avjida. 37-tur prevyusi

Teglar :  prevyuAPL
Bugun Angliya Premer-ligasida 37-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Quyida bugungi o'yinlar prevyusini etiboringizga havola etamiz.

APL, 37-tur
"Manchester Siti" – "Lester"

13.05.2017, 16:30
"Etixad stedium"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)


"Bornmut" – "Bernli"
13.05.2017, 19:00
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Li Probert (Uiltshir)

Har ikki jamoa ham chempionatni birinchi o'ntalikda tugatishga harakat qilmoqda. "Bornmut" oxirgi 5ta o'yinda 12 ochko jamg'ardi. Mezbonlar yaxshi formada, kamiga mehmonlarning asosiy markaziy himoyachilari Ben Mi va Maykl Kin bellashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.

Qiziq:

- Bu har ikki jamoa uchun Premer-ligadagi o'zaro ikkinchi to'qnashuv. Birinchi davrada "Bernli" 3:2 hisobida g'alaba qozongan;
- Stiven Uord "Bornmut"ga qarshi oxirgi ikkita o'yinida gol urgan (2014 yil yanvarida "Brayton" tarkibida, 2016 yilning dekabrida esa "Bernli" tarkibida).



"Midlsbro" – "Sautgempton"
13.05.2017, 19:00
"Riversayd"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

Premer-ligani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan "Midlsbro" buyog'iga muxlislar ko'ngliga biroz taskin berishga urinadi. "Boro" CHempionshipga bir mavsumdayoq qaytmoqda.

"Sautgempton" APLda beshta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa bu yil o'ziga o'xshamadi. Bu ketishda mavsum yakunida jamoada murabbiy almashadi.

Qiziq:

- "Sautgempton" APLda "Midlsbro"ga qarshi oxirgi beshta safar o'yinidan faqat bittasida yutqazgan (3 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Midlsbro" bu mavsumdagi beshta g'alabasidan to'rttasini o'z maydonida qo'lga kiritgan.



"Sanderlend" – "Suonsi"
13.05.2017, 19:00
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

"Sanderlend" oldingi turda safarda "Xall Siti"ni taslim etgan edi. Lekin, bu natijalar endi muxlislarni ovutishga yarashi mumkin xolos. "Suonsi" esa CHempionshipga tushib ketmaslik uchun kurashmoqda. Bugun "oqqushlar"ni qo'llash uchun 3 ming muxlis "Stadium of Layt"ga tashrif buyuradi.

Qiziq:

- Gulfi Sigurdsson yana bitta gol ursa, bir mavsumda gol urish va golli pas berish borasidagi natijasi ikki xonali raqamni anglatadigan "Suonsi"ning birinchi futbolchisi bo'ladi (9 gol, 12ta golli pas);
- Jermeyn Defo "Suonsi"ga qarshi so'nggi 4 o'yinda 5ta gol urgan.



"Stok Siti" – "Arsenal"
13.05.2017, 21:30
"Britannia"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

"Arsenal" juda omadsiz mavsumga qaramay, chempionatni to'rtlikda tugatish imkoniyatini saqlab qolgan. Arsen Venger shogirdlari dekabrdan beri ilk bor ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozonishi mumkin.

"Stok Siti" uyda "Arsenal"ga doimo katta muammolar tug'dirib kelgan. Bunga yaqqol misol, "to'pchilar" "Stok" uyida 2010 yildan beri uch ochko olishni uddalay olishmayapti.

Qiziq:

- "Stok Siti" APLda "Arsenal"ga qarshi oxirgi 8ta uy uchrashuvlaridan faqat bittasida imkoniyatni boy bergan (4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat);
- "Arsenal" "Stok Siti"ga qarshi safar o'yinlarining faqatgina 12,5% da g'alaba qozongan. Bundan yomonroq natija "Manchester Yunayted"ga qarshi "Old Trafford"da kechgan o'yinlarda qayd etilgan (12%);
- Piter Krauch APLda "Arsenal"ga 8ta gol urgan. "Kanonirlar" hujumchi uchun "Blekbern" bilan birga eng sevimli jamoa.



"Kristal Pelas" – "Xall Siti"
14.05.2017, 16:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

Sem Ellardays "Kristal Pelas"ni qabul qilib olgach, jamoani xavfli hududdan olib chiqdi. Lekin, hali ham APLda qolish masalasi to'liq hal etilmagan. "Xall Siti" esa ayni paytda 18 pog'onada va Premer-ligada qolish uchun faqat g'alabaga intiladi.

Qiziq:

- Bu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida 3:3 hisobi qayd etilgan. Bu oldingi to'rtta o'yindagi gollarni qo'shgandagidan ham ko'p degani;
- "Kristal Pelas" chempionat doirasida o'z maydonida "Xall Siti"ni uchta o'yindan beri yuta olmayapti.



"Vest Xem" – "Liverpul"
14.05.2017, 18:15
"Olimpiya"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

Huddi "Sautgempton" kabi mavsumni juda yomon o'tkazgan "Vest Xem" ertaga ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan "Liverpul"dan ochko tortib olishga urinadi.

Klopp mavsumni daxshatli boshladi, lekin keyinchalik muvozanatni ushlay olmadi. Buning natijasi o'laroq, jamoa to'rttalikdagi o'rnini saqlab qolishga harakat qilib yuribdi.

Qiziq:

- "Vest Xem" Premer-liga doirasida "Liverpul"ga qarshi oxirgi ikkita uy uchrashuvini o'z foydasiga hal etgan;
- "Liverpul" Premer-ligada London jamoalariga qarshi oldingi to'rtta safar o'yinidan uchtasida g'alaba qozongan va bitta durangga erishgan. Klopp shogirdlari bu mavsum poytaxt jamoalariga safarda yutqazmagan.



"Tottenxem" – "Manchester Yunayted"
14.05.2017, 20:30

"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

"Tottenxem" oldingi turda "Vest Xem"ga 0:1 hisobida yutqazib chempionlik uchun oxirgi imkoniyati ham yo'qqa chiqargan edi. Ertangi o'yinda Pochettino shogirdlari uyda yutqazmaslik ananasini saqlab qolishga urinishadi.

O'z navbatida "Manchester Yunayted" ham 26ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasini o'tgan turda yakunladi. "Arsenal" bu ishni uddaladi. Mourino bor kuchni Evropa ligasida g'olib chiqishga qaratgan va ertaga to'liq asosiy tarkib tushishiga ishonish qiyin.

Qiziq:

- "Tottenxem" APLda "Manchester Yunayted"ga qarshi oxirgi 15ta uy uchrashuvidan faqat bittasida g'alaba qozongan. U ham bo'lsa o'tgan mavsumda (1 g'alaba, 6 durang, 8 mag'lubiyat);
- Joze Mourino Premer-ligada "Uayt Xart Leyn" stadionidan to'rtta o'yindan beri g'alabasiz qaytmoqda (2 durang, 2 mag'lubiyat);
- Xarri Keyn APLda o'zi qarshi o'ynagan 25ta jamoadan 23tasiga gol urgan. Lekin, "qizil iblislar"ga qarshi oltita o'yinda ham muvaffaqiyat qozona olmagan.




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali - APL

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика