APL debyutanti safarda “Vest Xem”ni tor-mor etdi
21 okt 2017 02:11
Yangiliklar


APL debyutanti safarda “Vest Xem”ni tor-mor etdi
APL 9-turi doirasida liga debyutanti “Brayton” futbolchilari safarda to'p tepishlariga qaramay yirik g'alabaga erishishdi.
“Vest Xem” mehmoni bo'lgan debyutantlar safarda raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga erishishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Glenn Myurrey hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'limning o'zida Xose Iskerdo oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 75-daqiqada Glen Myurrey 11-metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib “dubl”ga erishdi.
Angliya - Premer-liga. 9- tur
Vest Xem Yunayted – Brayton 0:3
Gollar: 0:1 – Myurrey – 10, 0:2 – Iskerdo – 45+2, 0:3 – Myurrey – 75 (pen).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar