So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  16 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

APL. "CHelsi"ga qarshi markaziy o'yin oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

APL. "CHelsi"ga qarshi markaziy o'yin oldidan Sulsher ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

APL 26-turining markaziy uchrashuvi Londonda bo'lib o'tadi.

Chelsea

Premier League . 26-tur

18/02/2020, 01:00

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Anthony Martial - 45', Harry Maguire - 66'

Stadion: Stamford Bridge, 40504 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
12'  N'Golo Kante (Mason Mount)
35'  Willian
46'  Andreas Christensen (Kurt Zouma)
48'  Antonio Ruediger
56'  Kurt Zouma
59'  Kurt Zouma
64'  Pedro Rodriguez
68'  Michy Batshuayi (Olivier Giroud)
77'  Olivier Giroud
45'  Anthony Martial
45'  Aaron Wan-Bissaka
59'  Fred
66'  Harry Maguire
66'  Bruno Fernandes
76'  Brandon Williams
79'  Aaron Wan-Bissaka
80'  Daniel James (Andreas Pereira)
90'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
90'  Bruno Fernandes (Diogo Dalot)

"Stemford Bridj"da o'tadigan bellashuvda "CHelsi" jamoasi "Manchester Yunayted"ni mehmon qiladi. Ana shu o'yin oldidan "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Igalo "CHelsi"ga qarshi o'ynaydimi?

"Hech qachon u dushanba kuni o'ynashga tayyor deb aytmadim. U tayyorgarlik jarayonida ishtirok etadi va biz bilan birga boradi. Hozir unda ikki haqtalik karantin, bu shunchaki ehtiyotkorlik chorasi. Ko'ramiz, u bahsda ishtirok etadimi yoki yo'q.

U bilan aloqani ushlab turibmiz va unga individual dastur ishlab chiqdik. U jamoaga qo'shilib ketishi va o'yinchilarga imkon qadar tezroq ko'nikishi zarur. U qattiq mexnat qildi. U 30 yoshda sevimli klubiga o'tdi va bunga munosib bo'ldi. Umid qilamiz, u bizni hayron qoldiradi".


Igaloning tanqidchilariga javob

Markus Reshfordning jarohati sabab bizga boshqa forvard kerak edi va o'sha pallada bizda Odionni ijaraga olish imkoni paydo bo'ldi. Biz bundan foydalandik. U o'tgan mavsum Afrika millatlar kubogida eng yaxshi to'purar bo'ldi, u klubga yordam berishi mumkin. U professional o'yinchi, yaxshi yigit, u bizga nimadir bera oladi.

Maktominey va Pogbaing jarohati haqida

"Ular har ikkisi "CHelsi" bilan o'yingacha safga qaytadi deb o'ylamayman. Skotti, Aksel (Tuanzebe), Tim (Fsu-Mensa) biz bilan deyarli shug'ullanmadi. SHu sabab ular bu o'yinda qatnashishga tayyor emas. Pol ham tayyor emas".

Qishki tanaffusning foydasi haqida

"Markus, Pol va Skottsiz o'ynashga to'g'ri kelayapti va vaziyatni o'nglash zarur. Boshqa futbolchilar o'z imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Ular yaxshi dam olishdi, bu tarkibdagi barchaning foydasiga ishladi.

Futbol sifati o'smoqda, yanvar va dekabr biz uchun omadli kelmadi. Liga rahbariyati bizga ushbu tanaffusni yaratib bergani yaxshi. "Yunayted"da o'yinlarsiz ikki haftalik tanaffus bo'lmayotgandi, shunday ekan endi yigitlar kuchga to'lib o'ynashlari kerak".

"CHelsi" bilan o'yin haqida

"G'alaba ular bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishga yordam beradi, bu bizning maqsad. Biz ular bilan joriy mavsum ikki bor to'qnash keldik va har safar yaxshi o'ynadik. "CHelsi"da yaxshi jamoa bor, ular uyda harakatlanishadi, lekin biz g'alaba qozonishga urinamiz. CHunki, bu bizga ishonch va umid beradi".



"Bo'rilar" bilan durang Igaloning transferiga stimul bo'ldimi?

"Agar o'yin 0:0 hisobida yakunlansa, savollar tug'ilishi tabiiy. Biz juda yaxshi jamoalarga qarshi o'ynadik, dekabrning oxiri va yanvarda Antoni (Marsyal) va Meyson (Grinvud) juda ko'p o'yin o'tkazishdi. Bizga uchqun etishmadi. Odion bizga hujumda qo'shimcha variantlar beradi, boshqacharoq o'ynashga imkon beradi. Odion bilan shartnoma imzolash yuqoridagi natijalarga bog'liq emas. "Bo'rilar" ham uchta o'yindan hech birida bizga gol ura olishmadi, vaholanki ularda juda yaxshi jamoa bor".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика