APL. "Vest Bromvich" "CHelsi"ni sharmanda qildi
03 apr 2021 18:30
Yangiliklar
APL. "Vest Bromvich" "CHelsi"ni sharmanda qildi
Londonning "CHelsi" jamoasi kutilmaganda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Tuxel shogirdlari uchun o'yin omadli boshlangandi, 27-daqiqada Pulishich hisobni ochdi. Lekin oradan ikki daqiqa o'tib, Tiago Silva ikkinchi sariq kartochka ishlab oldi va jamoasini kamchilikda qoldirib ketdi.
SHundan keyin mezbonlar ancha qiynalib qolishdi va ketma-ket to'rtta gol qo'yib yuborishdi. Matteus Pereyra dubl qayd etgan bo'lsa, Robinson va Dian bittadan gol urishdi - 1:4.
71-daqiqada Meyson Maunt oradagi farqni qisqartirdi, lekin bundan ortig'iga "aristokratlar"ning kuchi etmadi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa Robinson ham ikkinchi golini kiritib, yakuniy nuqtani qo'ydi - 2:5.
Angliya chempionati
30-tur
CHelsi – Vest Bromvich 2:5 (1:2, 1:3)
3 aprel, «Stemford Bridj»
Gollar: 1:0 – 27 Pulishich, 1:1 – 45 Mateus Pereyra, 1:2 – 45 Mateus Pereyra, 1:3 – 63 Robinson, 1:4 – 68 Dian, 2:4 – 71 Maunt, 2:5 – 90 Robinson.
CHelsi – Mendi, Djeyms, Aspilikueta, Zuma, Alonso, Pulishich (Maunt, 46), Jorjino (Xavertc, 72), Ziesh (Kristensen, 33), Kovachich, Tiago Silva, Verner.
Vest Bromvich – Djonston, O`SHi (Ivanovich, 24; Robinson, 37), Ferlong, Taunsend, Meytlend-Naylz, Mateus Pereyra, Yokushlu, Adjayi, Fillips (Livermor, 89), Bartli, Dian.
Ogohlantirishlar: Tiago Silva (5), Dian (14), Kovachich (66).
CHetlatish: Tiago Silva (29).
|
Chelsea Christian Pulisic - 27', Mason Mount - 71' |
Premier League . 30-tur 03/04/2021, 17:30 5
:
2
Tugadi
|
West Bromwich Albion Matheus Pereira - 45', Matheus Pereira - 45', Callum Robinson - 63', Mbaye Diagne - 68', Callum Robinson - 90' |
Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin
Bosh hakam: David Coote


O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar