So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   3 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

APL. "Manchester Yunayted" "Stemford Brij"da bir ochko oldi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" "Stemford Brij"da bir ochko oldi

APLning 26-turidan o'rin olgan "CHelsi" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

CHelsi – Manchester Yunayted 0:0

"Stemford Brij"

CHelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, CHiluell, Ziesh (Verner, 78), Kovachich, Maunt, Kante, Xadson-Odoi (Djeyms, 46), Jiru (Pulishich, 65).

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, SHou, Uan-Bissaka, Maguayr, Brunu Fernandesh, Djeyms, Fred, Maktomini, Reshford, Grinvud (Marsyal, 79).

Ogohlantirish: Fred (50), CHiluell (62), Maguayr (79).

Chelsea

Premier League . 26-tur

28/02/2021, 20:30

0
:
0
Tugadi

Manchester United

Stadion: Stamford Bridge, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Stuart Attwell

45'
90'
46'  Callum Hudson-Odoi (Reece James)
62'  Ben Chilwell
65'  Olivier Giroud (Christian Pulisic)
78'  Hakim Ziyech (Timo Werner)
50'  Fred
79'  Mason Greenwood (Anthony Martial)
79'  Harry Maguire

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU "Stemford Brij"da bir ochko oldi va ikkinchi pog'onada qoldi.

90+3. Kovachichning zarbasini De Xea ushlab oldi.

90+1. O'yin tempi past. Gol ko'rishimiz extimoli yuqori emas.

O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o'tib ketgandi. Maktomini vaziyatni yo'qqa chiqardi.

86. Pulishich markazdan darvozani nishonga oldi. "CHelsi" yana bir xavfli vaziyatni ko'kka sovurdi.

83. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Ris Jeymsning qanotdan Verner tomon to'pni uzatdi. Lindelof tavakkal qildi va to'pni burchakka chiqarib yubordi.

79. Ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'ldi. Verner hamda Marsyal o'yinga qo'shildi. Ikki tomon ham g'alabani istamoqda.

74. Kovachich uzoq masofadan zarba berib, De Xeani tekshirib ko'rdi. Ammo David to'pni ishonch bilan ushlab oldi.

72. "Yunayted"ning bosimi ham ortda qoldi. O'yin markazga ko'chdi.

68. ZARBAAAAAAAA!!! Fredning aylanma zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi!!!

63. "Yunayted"da yana bir xavfli hujum. Reshfordning zarbasi oddiy chiqdi va Mendi to'pni ushlab oldi.

61. ZARBAAAAAA!! Maktominining kuchli zarbasini Mendi qaytardi!!!

60. ZARBAAAAAA!! Grinvudning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi!!!

59. Kante jarima maydonchasi tashqarisidan MYU postini nishonga olib ko'rdi. Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

56. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ammo Jeymsning qanotdan MYU darvozasi yoniga uzatilgan to'p hech kimga tegmasdan maydondan chiqib ketdi.

52. Den Jeymsning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

49. ZARBAAAAAA!!! Ziyechning kuchli zarbasini De Xea qaytardi. Qaytgan to'pni Jeyms darvozaga kiritmoqchi bo'ldi. SHou to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Yunayted"da ajoyib vaziyat yuzaga kelgandi. Reshford to'pni to'xtatganidan keyin Kante to'pni burchakka chiqarib yubordi.

41. Brununing zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

40. Grinvud markazda qoidani buzgani uchun to'p londonliklarga olib berildi.

36. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Xadson-Odoining havolatib uzatgan to'piga Jiru bor kuchi bilan sakradi. To'pga biroz tegingan Olivening zarbasiga aniqlik etishmadi.

32. De Xea to'pni oshirishda qo'pol xato qildi. Ammo Olive Jire vaziyatdan foydalana olmadi.

28. "CHelsi" tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Ziyech juda oddiy nuqtada to'pni autga tepib yubordi.

22. ZARBAAAAAA!! Xadson-Odoining zarbasi noaniq ketdi.

20. O'yin surati tenglashdi.

15. VAR ishga tushdi. "CHelsi" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin edi. Ammo bosh hakam bu vaziyatga penalti berilmadi.

14. ZARBAA!! Reshfordning kuchli zarbasini Mendi urib yubordi.

13. Maunt o'z jarima maydonchasi yonida Maktominini yiqitgani uchun jarima to'pi belgilandi. To'p oldida Reshford.

12. Endi "Yunayted" raqib yarim maydoniga o'tdi. Reshford hujum markazidagi past bo'yli Jeyms tomon havodan to'pni uzatdi. To'p anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

9. "CHelsi" hujumda. O'ng qanotdan markaz tomon uzatilgan to'p Maguayrdan o'tib ketdi. Lindelof burchakka chiqarib yubordi.

7. Maunt MYU jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va zarba berdi. Himoyachilar o'z o'rnida.

2. "CHelsi"da vaziyat. Mauntning qanotdan oshirgan to'pi Jiruga mo'ljallangandi. Lindelof vaziyatni bartaraf qildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyor turishibdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Yaqin vaqtlar ichida "Stemford Brij" stadionida APL 26-turining markaziy bahsiga start beriladi. "CHelsi" - "Manchester Yunayted" bahsini sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика