So’nggi yangiliklar

00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  0 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  5 23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  8 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  4 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11

APL. "Manchester Siti" safarda "CHelsi"ni taslim etdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" safarda "CHelsi"ni taslim etdi

Tez orada APL 6-turi markaziy uchrashuvida "CHelsi" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi.

CHelsi – Manchester Siti 0:1 
"Stemford Bridj" o'yingohi
Gol: 0:1 – 53 Gabriel Jezus.

"CHelsi" – Mendi, Djeyms (Tiago Silva, 29), Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjino (Loftus-CHik, 76), Kante (Xavertc, 60), Lukaku, Verner.

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Marez, 81), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Sterling, 87), Foden (Fernandino, 87), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Laport (65), Alonso (77), Kristensen (78), Ryudiger (84), Ruben Diash (90).


Chelsea

Premier League . 6-tur

25/09/2021, 16:30

1
:
0
Tugadi

Manchester City

Gabriel Jesus - 53'

Stadion: Stamford Bridge, 41040 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
29'  Reece James (Thiago Silva)
60'  N'Golo Kante (Kai Havertz)
76'  Jorginho (Ruben Loftus-Cheek)
77'  Marcos Alonso
78'  Andreas Christensen
84'  Antonio Ruediger
53'  Gabriel Jesus
53'  Joao Cancelo
65'  Aymeric Laporte
81'  Kevin De Bruyne (Riyad Mahrez)
87'  Phil Foden (Fernandinho)
87'  Jack Grealish (Raheem Sterling)
90'  Ruben Dias


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Pep Gvardiola qatorasiga to'rtinchi bor bitta raqibga mag'lub bo'lmagandi, bugun ham bu ish amalga oshmadi.  

Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va o'yin taqdirini bittagina gol hal qildi. 

90+5-daqiqa. So'nggi standartdan uzatma ham qovushmadi va Ederson to'pni egallab oldi.  

Hakam hech nima bo'lmadi, o'yinni davom ettirish zarur demoqda. 

90+3-daqiqa. Gol urish uchun raqib jarima maydonchasiga etib borgan Aspilikueta penalti umidida yiqilib yotibdi.  

90+2-daqiqa. Hamma tayyor, o'yin davom etadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Kay Xaverc to'pga eta olmadi, Ederson unga birinchi etib kelib, qaytarishni uddaladi, keyin esa ikki futbolchi bir-biriga tegib ketdi va yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotishibdi.   

88-daqiqa. Aspilikueta chap oyoqdan to'pni jarima maydonchasidagi Lukakuga yo'lladi, lekin unga himoyachilar zarbaga imkon berishmadi.   

87-daqiqa. O'zgarish! Grilish va Foden maydonni tark etdi, Fernandino hamda Sterling o'yinga qo'shildi. 

85-daqiqa. Markos Alonso jarima maydoncha oldida yiqilib, jarima zarbasi so'radi, lekin hakamning fikri boshqacha bo'ldi. 

83-daqiqa. Grilish gol urish uchun o'ta qulay imkoniyatdan foydalan olmadi. Bunga Mendi yo'l qo'ymadi. Qarshi hujumda Loftus-CHik bir nechta raqibini ortda qoldirib, sheriklarini to'p bilan taminladi, ammo hujum oxirgacha etib bormadi.   

81-daqiqa. "CHelsi" markazdan yorib kirish qiyin bo'layotgani sabab, to'pni havodan raqib jarima maydonchasiga yo'naltirish variantini qo'llab ko'rmoqda.  

78-daqiqa. "Siti" imkon qadar to'pni raqib darvozasiga yaqinroq hududlarda yurishini taminlashga urinmoqda.  

76-daqiqa. O'zgarish! Jorjino o'rniga Loftus-CHik maydonga tushdi. 

74-daqiqa. Kanselu Grilishni yolg'izlatib qo'ymadi va hujumga qo'shildi, lekin portugaliyalik himoyachining uzatmasidan keyin to'p to'g'ri Eduard Mendining qo'liga borib tushdi. 

71-daqiqa. Kovachich zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqib bordi, lekin bu safar ham to'p yo'liga himoyalanayotgan tomon vakili to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi.

68-daqiqa. "CHelsi" qarshi hujumga qocha olmadi.  

67-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin ham himoyachilar to'pni qaytarishni uddalashdi. Kevin De Bryuynening zarbasi himoyachiga tegdi.   

66-daqiqa. Jarima zarbasini Alonso amalga oshirdi. To'p De Bryuynega tegib, maydonni tark etdi. 

65-daqiqa. Ogohlantirish! Emerik Lyaport jarima maydonchasiga kirib ketayotgan Lukakuni quchoqlab olgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

63-daqiqa. GOOOOOL! Ammo, lekin, biroq golli uzatmani amalga oshirgan Kay Xaverc o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. Tabiiyki, gol inobatga olinmadi. 

62-daqiqa. "CHelsi" qanchalar hujumga o'tishni istamasin, ikkinchi golga "Siti" yaqinroq kelmoqda. 

60-daqiqa. O'zgarish! Kante o'rniga Kay Xaverc o'yinga qo'shildi. 

57-daqiqa. Grilish oradagi farqni ikkitaga oshirishiga sal qoldi. To'p davroza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.


Burchak zarbasi tezda o'yinga kiritildi, qisqa uzatmalardan keyin Kanselu zarba bergandi, to'p Jezusga kelib tushdi va braziliyalik futbolchi qiyin vaziyatda to'pni darvozaga yo'llay oldi. 

53-daqiqa. GOOOOOOOL! Gabriel Jezus g'aroyib gol urdi.  

48-daqiqa. Xuddi tanaffus bo'lmagandek, o'yin kartinasi deyarli o'zgargani yo'q. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2-daqiqa. Biroq Ederson darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yuz bermadi va hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

Qaerdandir qo'shimcha kuch qo'shilgandek "CHelsi" vakillari qo'shib berilgan daqiqalarni raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda o'tkazishmoqda. Raqib to'pni uzoqlashtirishiga ham imkon qoldirilmayapti. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "CHelsi" deyarli har safar to'pni egallagani hamonoq futbolchilarining tezkorligi evaziga raqib himoyasini yorib o'tishga urinmoqda. Ammo bo'lim oxiriga kelib, "Siti" himoyachilari Vernerni ham harakati boshidayoq to'xtatishni "o'rganib olishdi".

41-daqiqa. Fil Fodenning ajoyib uzatmasidan keyin Gabi Jezus to'pni o'ziga o'nglab oldi-yu, zarbani ko'ngildagidek berolmadi.   

37-daqiqa. Birinchi bo'limda zerikib qolgan Lukaku to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va uni oldirib qo'ydi.   

35-daqiqa. Ryudiger havodagi kurashda ustun chiqib, hujumni qaytardi.  

"Man Siti" futbolchisi to'pni burchak zarbasidan to'g'ri darvozaga yo'lladi, Mendi bunga tayyor edi. 

34-daqiqa. "Siti" oltinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, zarba ham bosh bilan berildi, himoyalanayotganlar ham bosh bilan o'ynashdi. Ettinchi burchak zarbasi.  

33-daqiqa. "CHelsi" yana Verner orqali qarshi hujumga chiqishni niyat qilgandi, ammo Ederson chaqqonlik qilib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

31-daqiqa. Kevin De Bryuyne jarima maydonchasi chizig'i ustidan zarba berdi, lekin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.  

29-daqiqa. O'zgarish! Jeyms o'rniga Tiago Silva o'yinga qo'shildi.  

27-daqiqa. Ris Jeyms jarohat sabab o'yinni davom ettira olmaydigan ko'rinadi. Futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatyapti, bu orada Tiago Silva o'yinga tushishga tayyorgarlikni boshlab yubordi. 

26-daqiqa. Birinchi burchak zarbasidan uzatma amalga oshirilgan bo'lsa, ikkinchisida to'p to'g'ri davrozaga yo'llandi, lekin Eduard Mendi o'z o'rnida.  

24-daqiqa. Joau Kanselu to'p bilan deyarli markazdan raqib jarima maydonigacha etib bordi, ammo oxirgi pallada raqib uni maydondan chiqarib yubordi.   

21-daqiqa. Mezbonlar biroz o'ziga kelib olgandek, "CHelsi" futbolchilari endi raqib hujumini to'xtatishda jiddiy muammoga duch kelmayapti. 

18-daqiqa. Burchak zarbasidan "CHelsi" samara chiqara olmadi.

17-daqiqa. Yana Vernerdan faollik. Germaniyalikning zarbasidan keyin to'p Uokerga tegib maydonni tark etdi.  

O'tgan vaqtni asosan himoyada o'tkazgan Tuxel shogirdlari bitta chiqishda gol urib qaytishlari mumkin edi.  

15-daqiqa. Qiziq tomoni "CHelsi"ning birinchi normal hujumi aynan Romelu orqali rivojlantirildi va Vernerning faolligi, to'pni jarima maydonchasiga olib kirib, darvoza yaqiniga oshirishidan keyin Lukakuning o'zi yakuniy nuqtani qo'yishi mumkin edi.   

12-daqiqa. "Manchester Siti" bosimi davom etadi va hozircha Lukakuni o'yindan uzilib qolayotganini ko'ryapmiz. To'p shunchaki ungacha etib bormayapti.  

Diash maydon markazida Timo Vernerga nisbatan qoidani buzib, ehtimoliy xavfli hujumni oldini oldi. 

9-daqiqa. "Siti" yana bosim evaziga to'pni olib qo'ydi, ammo hujum rivojlanishiga noaniq uzatma yo'l qo'ymadi.  

7-daqiqa. Mehmonlar ketma-ket ikki bor burchak zarbasini amalga oshirishdi. Ammo har ikki safar ish zarbagacha etib bormadi.  

4-daqiqa. Ilk daqiqalarda "Manchester Siti" kuchli bosim uyushtirmoqda va shu sabab londonliklar himoyadan chiqishga qiynalmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.  

"CHelsi": Mendi, Jeyms, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjino, Kante, Lukaku, Verner.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Rodri, Foden, Grilish, Bernardu Silva, Gabriel Jezus.


Chelsea

Premier League . 6-tur

25/09/2021, 16:30

1
:
0
Tugadi

Manchester City

Gabriel Jesus - 53'

Stadion: Stamford Bridge, 41040 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
29'  Reece James (Thiago Silva)
60'  N'Golo Kante (Kai Havertz)
76'  Jorginho (Ruben Loftus-Cheek)
77'  Marcos Alonso
78'  Andreas Christensen
84'  Antonio Ruediger
53'  Gabriel Jesus
53'  Joao Cancelo
65'  Aymeric Laporte
81'  Kevin De Bruyne (Riyad Mahrez)
87'  Phil Foden (Fernandinho)
87'  Jack Grealish (Raheem Sterling)
90'  Ruben Dias


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика