So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

APL. Britaniyaning eng yirik to'qnashuviga bag'ishlangan prevyu Yangiliklar

APL. Britaniyaning eng yirik to'qnashuviga bag'ishlangan prevyu

Kecha Angliyada milliy chempionatning 21-turiga start berildi. Ana shu turga bag'ishlangan prevyuni kecha etiboringizga havola etgan edik.

Bugun esa turning markaziy bahsi hisoblangan "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yinga bag'ishlangan prevyuni o'qishingiz mumkin.

APL, 21-tur
"Manchester Yunayted" – "Liverpul"

15.01.2017, 21:00. "Old Trafford"
Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend)

Premer-liga 21-turini markaziy bahs yakunlab beradi. Bu hafta futbol uik-endining eng asosiy bahsi. "Orzular teatri"da o'tadigan super o'yinda "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" jamoalari o'zaro bellashadilar. Bu ikki klub Angliyaning eng yirik jamoalari hisoblanishadi, ularning hisobida birgalikda 38ta chempionlik sovrini bor. Bu "Tumanli albion" uchun fantastik ko'rsatkich. Angliyaning eng sovrindor ikki klubi o'rtasidagi o'yin Britaniya futbolidagi eng katta to'qnashuv hisoblanadi.



Ayni paytda "qizil iblislar" yaxshiroq formada. Jamoa "Boxing Day"dan oson o'tdi. "Liverpul" esa oxirgi ikki uchrashuvda biroz og'irroq harakat qildi. Futbolchilar biroz charchagandek ko'rinishdi. Lekin, chempionat o'yinlari orasidagi qisqa tanaffus futbolchilarning o'zlarini tiklab olishlariga yordam bergan. Klopp malum vaqt Koutinoning xizmatlaridan foydalana olmadi. U qaytganda esa boshqa bir etakchi Mane terma jamoasiga ketib qoldi. Bunday holatda germaniyalik mutaxassis yoki qanotga Lallanani qo'yadi, yoki Firminoni qanotga qo'yib, oldinga Starrij va Origilardan birini tushiradi. Agar Xenderson maydonga tushsa, Lallana o'ng qanotga o'tadi. CHunki, bunday holatda Adamning markazdagi ishini Emre Jan va Veynaldumlar bajara olishadi.

"Manchester Yunayted" bir maromga tushib oldi. Jamoaning chempionatdagi g'alabali seriyasi 6ta o'yinga etdi, barcha musobaqalarda esa 9ta. Eng oldinda harakat qilayotgan Ibragimovich istalgan himoyachiga kattagina muammolarni tug'dirib bera olyapti. Havodan uzatiladigan paslar asosan unga qo'naltiriladi, bazida havodan Pogbaga ham o'ynab turishadi. Mour oldidagi asosiy vazifa markaziy himoyachilar juftligini tanlash va ikki qanot yarim himoyasiga kimlarni tushirish. Roxoda kichik jarohat borligini hisobga olsak, himoyada Smolling va Jons juftligini ko'rishimiz mumkin. Agar Roxo o'yinga tayyor bo'lsa albatta tushadi. Qanot yarim himoyasida esa tezkor raqibga qarshi Mxitaryan va Marsiallarni ko'rishimiz mumkin. Reshford esa zaxiradan tushib, himoyachilarga muammolar tug'dirishi shubhasiz. Mata va Runilarni esa asosiy tarkibda tushishiga kafolat yo'q.



Futbolchilar holati

"Manchester Yunayted" tarkibida Erik Bayi Afrika millatlar kubogida ishtirok etish uchun uchib ketgan. Bundan tashqari, Zlatan Ibragimovich "Xall Siti"ga qarshi Liga kubogi yarim finalini betobligi bois o'tkazib yubordi. Markos Roxo esa "Reding"ga qarshi Angliya kubogidagi uchrashuvning 1-bo'limida eski jarohatini qaytalab olgan edi. Lekin, Mourino ularning har ikkisi o'yinga tayyor bo'lishlariga umid qilayotganini takidlab o'tdi. Ayniqsa, Ibraning maydonga tushish ehtimoli katta.

"Liverpul"da jamoaning eng tez va ko'p yuguradigan futbolchisi Sadio Mane Afrika millatlar kubogiga ketgan. Klubning asosiy etakchisi Fillippe Koutino esa jarohatidan qutuldi va hafta o'rtasida o'tkazilgan Liga kubogi yarim finalida zaxiradan maydonga tushdi. Katta ehtimol bugun ham braziliyalikni maydonda ko'ramiz. Bundan tashqari, Jordan Xenderson va Joel Matiplarda jarohat bor edi. Lekin, yuqoridagi uch futbolchi hafta o'rtasidan boshlab mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etishdi.



Joze Mourino vs Yurgen Klopp

Bugungi bellashuv murabbiylar qarama-qarshiligi ham bo'ladi. Mourino va Klopp zamonaviy futbolning eng kuchli va mashxur mutaxassislaridan hisoblanadi. Ularning har ikkisi ham jamoatchilik bilan yaxshi ishlaydi. Ikkisida ham o'zi hos o'yin uslubi bor. Ular o'yin paytida etiborni torta olishadi. Kloppning maydon chizig'i oldida jizg'anak bo'lishi-yu, Mourinoning kutilmagan harakatlarni amalga oshirib qolishi o'yinga qo'shimcha ajiotaj bag'ishlaydi.

Muxlislar to'qnashuvi

Angliyaning ikki fantastik muxlislarga ega klublari ham aynan bugungi o'yin qahramonlaridir. Siz bugun yaxshi manoda daxshatli atmosfera guvohi bo'lasiz. Uchrashuvni intershum balandroq qo'yilgan kanalda ko'rishingizni maslahat beramiz. "Old Trafford" hamisha muxlislar bilan to'la bo'ladi. Agar bu erga "Enfild"dan mehmonlar kelishsaku, olqishlashning eng yuqori cho'qqisini ko'rasiz. Bir tomonda liverpulliklar "You'll Never Walk Alone" deya kuylashsa, bir tomonda manchesterliklar "Glory Glory Man United"ni 90 daqiqa davomida aytib turishadi.



Qiziq:


- Bugungi bellashuv ana shu jamoalar o'rtasida Premer-liga doirasidagi 50-o'yin bo'ladi. Oldingi 49ta uchrashuvdan 27tasida "Yunayted"ning qo'li baland kelgan (9 durang, 13 mag'lubiyat);
- Faqatgina Stiven Jerrard bu qarama-qarshilikda Ueyn Runidan ko'proq gol urgan (8ta). Runi bugun Premer-ligada 450ta o'yinda maydonga tushgan 21-futbolchiga aylanishi mumkin;
- Xuan Mata "Liverpul"ga qarshi oxirgi to'rtta Premer-liga o'yinida beshta golda ishtirok etgan (3 gol va 2ta golli pas);
- "Qizillar" APL doirasida aynan "Yunayted"ga eng ko'p yutqazishgan (27 mag'lubiyat);
- Adam Lallana bu mavsum Premer-ligada 14ta golda qatnashdi (7ta gol va 7ta golli pas). Bu ingliz futbolchilari orasidagi eng yaxshi natija.

Murabbiylar fikrlari:

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Manchester Yunayted" bu mamlakatning eng katta klubi. Buni men ham, siz ham, boshqalar ham bilishadi. Kechirasiz-u, buni bilmaslik juda qiyin.

Katta klublarga, katta o'yinchilarga, katta murabbiylarga qarshi o'ynash oson emas. Lekin, biz qanday kerak bo'lsa shunday o'ynaymiz.

Bu juda katta o'yin - undan rohatlaning".



Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Raqiblarimiz hozir yaxshiroq formada va bir-birini yaxshiroq tushunmoqda.

Biz u erga borishdan va o'zimizning eng yaxshi sifatlarimizni ko'rsatishdan mamnunmiz".

Tomonlarning bu uchrashuvga bo'lgan munosabatlariga "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrardning so'zlari orqali tarif berib o'tamiz. Stivi Ji bir paytlar shunday degan edi: "Biz mamlakat chempioni bo'lmasligimiz mumkin, lekin mavsumda ikki bor "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishimiz shart".


Tolibjon Qosimov


Eplmanager.com saytida bugun yangi sovrinli liga ishga tushadi. Jamoa tuzing va sovrinlarni yutib oling. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика