So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

APL. "Brayton" – MYU bahsida uchta gol urildi Yangiliklar

APL. "Brayton" – MYU bahsida uchta gol urildi

Teglar :  MYU APL "Brayton"
Angliya chempionati 32-turi doirasidagi bahs saytimiz orqali matnli traslyaciya qilinadi. Siz ham uchrashuv haqidagi fikr va mulohazalaringizni ulashishingiz mumkin.

Quyida "Brayton va MYU jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Brighton & Hove Albion

Premier League . 32-tur

01/07/2020, 00:15

3
:
0
Tugadi

Manchester United

Mason Greenwood - 16', Bruno Fernandes - 29', Bruno Fernandes - 50'

Stadion: The American Express Community Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
46'  Tariq Lamptey (Leandro Trossard)
46'  Davy Propper (Neal Maupay)
81'  Alexis Mac Allister (Aaron Mooy)
81'  Lewis Dunk (Bernardo)
87'  Aaron Connolly (Solly March)
16'  Mason Greenwood
16'  Aaron Wan-Bissaka
29'  Bruno Fernandes
29'  Paul Pogba
49'  Luke Shaw
50'  Bruno Fernandes
50'  Mason Greenwood
64'  Bruno Fernandes (Andreas Pereira)
64'  Paul Pogba (Scott McTominay)
64'  Luke Shaw (Brandon Williams)
78'  Anthony Martial (Odion Ighalo)
78'  Marcus Rashford (Daniel James)

Brayton – Manchester Yunayted 0:3

30 iyun, 00.15, "Falmer"

Gollar:

0:1 – 16 Grinvud, 0:2 – 29 Brunu Fernandesh, 0:3 – 50 Brunu Fernandesh.

Brayton – Rayan, Lempti (Trossard, 46), Daffi, Dank (Bernardo, 81), Montoyya, Stivens, Propper (Mope, 46), Mak Allister (Muy, 81), Bissuma, Bern, Konnolli (March, 87).

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, SHou (Uilyams, 64), Lindelef, Matich, Brunu Fernandesh (Pereyra, 64), Pogba (Maktomini, 64), Marsyal (Igalo, 78), Grinvud, Reshford (Djeyms, 78).

Ogohlantirishlar:

SHou (49).

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.


Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Bruno Fernandesh qahramonga aylangan bahs "qizil iblislar"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

90+3. Aaron Muy Uilyamsga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

90+2. Bissaka o'ng qanotdan to'pni markazga erlatib uzatgandi. To'p Rayanga borib tushdi.

Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

88. Ayni daqiqalarda Daniel Jeyms faollashib qoldi.

84. Nihoyat, "Brayton" darvozasini qo'riqlayotgan Metyu Rayan ham seyv namoyish qildi. Avstraliyalik golkiper Maktominayning murakkab zarbasini ikkinchi urinishda bartaraf qildi.

81. O'zgarishlar "Brayton"da. Dank va Mak Allister maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Aaron Muy va Bernardo o'yinda qo'shildi.

79. O'zgarishlar. Marsyal va Reshford maydonni tark etdi. Igalo va Jeyms ularning o'rniga o'yinga qo'shilishdi.

76. Zahiradan o'yinga qo'shilgan Mope MYU darvozani o'qqa tutdi. De Xea jamoani goldan qutqarib qoldi.

75. "Brayton" burchakdan to'pni o'yinga kiritadi. Havodagi kurashda ustun keldi mezbonlar vakili, ammo zarba noaniq.

73. Qiziqarli fakt: MYU futbolchilari o'yin boshidan buyon 3 bor aniq zarba yo'llashgan va ularning barchasi gol bilan yakunlandi.

70. Trossardning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

69. Uxxxx! De Xea Konolli darvozaning yuqori burchagiga yo'llagan zarbani bartaraf qildi. Superseyv!

67. Futbolchilarga suv ichib olish uchun qisqa tanaffus berildi.

64. O'zgarishlar. Dubl muallifi Brunu Fernandeshning o'rniga Maktominay tushdi. Brendon Uilyams esa Lyuk SHouni almashtirdi. SHuningdek, Andreas Pereyra Pogbaning o'rniga o'yinni davom ettiradi. 

60. Mak Allister etkazib bergan to'pni Trossard darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustunining yonginasidan o'tib, maydonni tark etdi.

57. MYU futbolchilari kuchli pressing uyuushtiryapti. To'p "Brayton" futbolchilariga tushishi bilan 5-6 nafar qizil libosli futbolchilar faollik namoyish qilyapti.

55. Zahira o'rindig'idagi futbolchilar chigilyozdi mashqlarini boshlab yuborishdi.

54. "Brayton"dan navbatdagi hujum omadsizlik bilan yakun topdi. CHap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'p De Xeaga borib tushdi.

50. Gol! Ajoyib qarshi hujum gol bilan yakunlandi. Grinvud chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni Fernandeshga yuqoridan tashlab berdi. Portugaliyalik futbolchi to'pni to'xtatmay darvozaga yo'lladi - 0:3.

48. Lyuk SHouga sariq kartochka ko'rsatildi. "Brayton" o'ng qanotdan standart vaziyatga ega bo'ldi.

47. Mezbonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rishdi. Biroq, jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Lindelof qaytarib yubordi.

Ikkinchi bo'lim start oldi! Kuzatamiz.

Fernandesh to'pni jarimadan o'yinga kiritdi. To'p oldirildi. SHu pallada hakam birinchi taymni yakunlovchi hushtak chaldi. TANAFFUS!

45+2. Martin Mantoya o'ng qanotda Reshfordga nisbatan qo'pol o'ynadi - jarima zarbasi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. MYU taym oxirini ham hujumda o'tkazyapti.

44. Konnolli katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Grinvud uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.

40. Darvoqe, hisobni ochgan Grinfud joriy mavsumdagi 6-golini urdi.

39. Markus Reshford tomonidan berilgan zarba noaniq chiqdi.

31. Nihoyat, mezbonlar ham oldinga o'tdi. Pogba o'yin "Brayton" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Mak Allister to'pni jarimadan o'yinga kiritib beradi.

29. Gollll! Pol Pogba tashlab bergan to'pga Brunu Fernandesh zarba berdi. To'p rikashet natijasida darvoza to'riga borib tushdi - 2:0.

23. Birinchi bo'limning yarmiga kelib, futbolchilarga suv ichib olish uchun tanaffus berildi.

21. Portugalik futbolchi bergan zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

20. Bisuma Pol Pogbaga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Jarima maydonchasi chizig'i oldidan MYU jarima zarbasini tepadi. To'p oldida Brunu va Reshford.

17. Goooool! Aldamchi harakatlar bilan jarima maydonchasiga kirib borgan 18 yoshli Meyson Grinvud chap oyoqdagi zarbasi bilan to'pni raqib darvozasi to'riga joylab qo'ydi.

15. So'nggi daqiqalarda "qizil iblislar" to'p nazoratiga jiddiy etibor qaratishmoqda.

13. Reshford jarima maydonchasi ichida aldamchi harakatlar namoyish qilayotgandi, ammo to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

12. O'yindagi ilk jiddiy vaziyat "Brayton" darvozasi oldida yuzaga keldi. B. Fernandeshning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytgach, Pogba tepdi. Francuzning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

5. Lindelof raqib futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Braytonda - standart.

- O'yin boshlandi! To'pni o'yinga MYU futbolchisi Brunu Fernandesh kiritib berdi.

"Qizil iblislar" sardori Xarri Maguayr jamoani maydonga boshlab chiqmoqda.

Bugungi o'yinni Andre Marriner boshqarib boradi.

Uchrashuv boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика