So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  13 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  8 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  8 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  29 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

APL. "Arsenal" so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldi Yangiliklar

APL. "Arsenal" so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldi

Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasidagi "Brayton" - "Arsenal" uchrashuvi yakunlandi.


YANGILASH


"Brayton" – "Arsenal" 2:1 

20 iyun, 19.00, «Falmer»

Gollar: 0:1 – 68 Pepe, 1:1 – 75 Dank, 2:1 – 90 Mope.

"Brayton" – Rayan, Dank, Uebster, Bern, Skelotto (Montoyya, 71), Muy (March, 46), Propper, Gross (Konnolli, 71), Bissuma (Mak Allister, 90), Trossard (Stivens, 87), Mope.

"Arsenal" – Leno (Martines, 40), Belerin, Kolashinac, Mustafi, Xolding, Genduzi, Sebalos (Uillok, 87), Pepe (Nelson, 87), Lyakazett (Nketia, 78), Obameyang, Saka (Tirni, 87).

Ogohlantirishlar: Bern (30), Muy (44), Lyakazett (54).


MATNLI TRANSLYACIYA

O'yin yakunlandi.

"Arsenal" himoyachilarning biroz etiborsizlik qilishdi va bundan mezbonlar hujumchisi Nil Mope foydalanib qoldi va hisobni 2:1 qilib qo'ydi.

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Brayton" uchrashuvning so'nggi soniyasida hisobni o'z foydasiga o'zgartirmoqda.

90+2. Uchrashuvdagi so'nggi burchak to'pi "Arsenal" tomonidan amalga oshirildi, "Brayton" himoyachilari to'pni jarima maydonchalaridan chiqarib yuborishdi.

90+ 1. "Arsenal" uchrashuv so'nggida g'alabani ilib ketishga harakat qilmoqda, lekin barcha harakatlar befoyda kechmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89. "Brayton" tarkibida ham o'zgarish. Maydoni Leandro Trossard tark etdi, uning o'rniga Stivens maydonga tushdi.

88.  "Arsenal" bir yo'lla uchta o'zgarish amalga oshirmoqda. Maydonni Saka, Pepe va Sebalos maydoni tark etishdi, ularning o'rnilariga Nelson, Villok va Tirni o'yini yakunlab qo'yishadi.

85. Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qoldi. Hozircha hisob 1:1

84. "Brayton" uchrashuvdagi o'ninchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Hozircha barchasi befoyda bo'lmoqda

82. Per-Emerik Obameyang yana bir bor zarba yo'lladi, bu safar himoyachilar to'pni burchakka chiqqarib yuborishdi.

80. Obameyang!!!!!! CHamasi 22 metrlardan yo'llagan zarbasini mezbonlar darvozaboni Rayan bartaraf etishga erishdi.

79.  Xavfli hujum. "Arsenal" to'p o'tkazib yuborganidan so'ng hujum qilishni boshlab yubordi, hozircha faqatgina burcha zarbashi ishlab oldi.

78. Lyakazett juda qo'pol harakat qilmoqda. SHu sababli londonliklar murabbiyi Arteta francuzni zahiraga olishga qaror qildi, uning o'rniga Edvard Nketiya o'yinni davom ettiradi

 

"Brayton" yarim himoyachisi Gros burchak to'pini amalga oshirdi. "Arsenal" jarima maydonchasida boshlanib ketgan palla-partish vaziyatdan Dank unumli foydalandi

75. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Mezbonlar futbolchisi "Arsenal" jarima maydonchasidagi palla-partishdan foydalanib, hisobni tenglashtirdi

71. Grem Potter bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirmoqda: Martin Torralbo Montoyya Esekel Matias Schelotto, Aaron Konnolli esa Paskal Grosni almashtirdi

Pepe Saka tomonidan boshlab bergan hujumni Pepe mohirona harakat bilan darvozaga joylab qo'ydi. Bu safar "Brayton" darvozaboni Rayan jamoasiga yordam bera olmadi

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Pepe uchrashuvda hisobni ochdi 

66. AJOYIB SEYV! Rayan qiyin vaziyatda jamoasini goldan qutqardi.

64. Burchak to'pi. "Brayton" to'pni burchakdan o'yinga kiritib berdi.

63. "Brayton" qarshi hujumda "Arsenal"ni jazolashi mumkin edi, ammo himoyachilar to'pni burchakka chiqqarib yuborishdi. 

59. Obameyangning zarbasi! Jonli devor zarbani "zararsiz"lantirdi

58.  Jarima maydonchasasining yonginasida"Arsenal" hujumchisi Lyakazetta qarshi qo'pollik ishlatildi. Xavfli vaziyat!

56. Zarbaaaaaaaaaaaaaaaa. Mezbonlar azosi Muy yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi. Martines ijrosida navbatdagi seyf

54. "Brayton" darvozaboni Rayan yiqitildi , navbatdagi sariq kartochka Lyakazett

52. Gol! Obameyang darvozabon bilan birga-bir chiqib, gol urishga erishdi. Ammo hakamlar vaziyatni ofsayd deb hisoblashdi

48. Har ikki jamoa ham ikkinchi taymni biroz sust boshlashdi

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak yangradi.

Ikkinchi taym oldidan o'zgarish: Solli Mart Aaron Mooyni almashtirdi.

Birinchi taym yakunlandi.

45+ 5. Xavfli hujum. Birinchi taym so'nggi soniyalarida mezbonlarda ajoyib imkoniyat bo'ldi.

45+4.  Londonliklar "Brayton" darvozasiga hujumlar yomg'irini yog'dirmoqda. Hozircha mezbonlar himoyasi ajoyib harakat qilmoqda.

45+ 3. Lyakazett!!!! O'n tomondan uzatilgan to'pga moslasha olmadi. Yana bir ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berdi.

 45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 5 daqiqa qo'shib berildi.

45.  Uchrashuvdagi ikkinchi sariq. "Brayton" futbolchisi Mooy Dani Sebalosga qo'pollik ishlatdi

43. Muy!!!. Jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo'lladi. Damian Martines o'z o'rnida.

40. Uchrashuvdagi ilk o'zgarish. "Arsenal" darvozaboni Leno jarohat sababli uchrashuvni boshqa davom ettira olmaydigan bo'ldi, uning o'rniga Damian Martines uchrashuvni davom ettiradi.

36. O'yinda biroz tanaffus. "Brayton" hujumchisi Mope "Arsenal" darvozaboni Lenoga qo'pollik ishlatdi.

32. Uxxxxxx. "Arsenal" ijrosida navbatdagi ajoyib hujum. Burchakdan boshlangan hujumni Lyakazett aniq zarba bilan yakunladi. Darvozabon o'z o'rnida!

30. O'yindagi ilk sariq kartochka Paskal Grosga ko'rsatildi, u Nikolya Pepeni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan edi"

28.  Yana bir jarima zarbasi. Ektor Belerin "Brayton" yarim himoyachisi Aaron Mooyga qo'pollik ishlatdi

25. Mezbonlar ijrosida navbatdagi burchak zarbasi amalga oshirildi. "Arsenal" futbolchisi hujumni bartaraf etdi.

24. Cooling Break. O'yinchilar suv ichib olishadi.  

22. Maydon markazida "Brayton" futbolchisi Pepega qo'pollik ishlatdi .

 21. Xavfli hujum!  Leno o'z o'rnida! "Brayton" hujumchisi Mope londonliklar jarima maydonchasiga kirib borib zarba yo'lladi,

18. "Arsenal" futbolchisi Saka jarima maydonchasiga kirib borib eqildi, hakam hozircha jim

14. Ochiq futbol davom etmoqda. Har ikki jamoa vakillari himoyani umuman o'ylamasdan harakat qilishmoqda

12. Burchak to'pi. "Brayton" futbolchilari imkoniyatdan foydalana olishmadi

8.  "Arsenal" ijrosida yana bitta xavfli hujum. Saka darvoza ustuni poylamoqda!!!!

5. Uxxxxxx. Obameyangning zarbasi biroz noaniq ketmoqda

1. Uchrashuv boshlandi!


Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun biz birgalikda APL 30-turi doirasidagi "Brayton" hamda "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib boramiz. Katta futbol qaytmoqda!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика