So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

APL boshlanmoqda: “CHelsi” “Siti” va “Liverpul”ni to'xtata oladimi? (tahlil) Yangiliklar

APL boshlanmoqda: “CHelsi” “Siti” va “Liverpul”ni to'xtata oladimi? (tahlil)

O'tgan mavsumni 3 pog'onada yakunlagan “CHelsi”da Todd Boeli davrida ham harajatlar to'xtab qolgani yo'q.

Biroq “Manchester Siti” va “Liverpul”ni to'xtatib qolish uchun kim gol kiritishga qodir? Mutaxassislar “CHelsi” start olajak mavsumda to'rtinchi o'rinni kutishmoqda. Jamoaning ligada g'olib chiqish imkoniyati esa 16 ga 1 nisbatda baholanmoqda. Payqaganingizdek bu ancha past.


Istiqbollar

“Stemford Bridj”da yoz shiddatli o'tdi. Roman Abramovich va uning eng yaqin rossiyalik ittifoqchilari ham klub boshqaruvidan badarg'a qilindi. Klubning okean ortidan kelgan boy egalari xaridni 4,5 milliard funt evaziga yakunlab qo'yishdi. Biroq ular ingliz futbolining o'ziga xos nozik jihatlari bilan shug'ullanish uchun ko'p vaqt topa olishmadi. SHunga qaramay, vaziyat halokatli emas. “CHelsi”da hammasi joyida. Klubning yangi egalaridan biri va vaqtinchalik sport direktori Todd Boeli jamoani qo'llab quvvatlashdan to'xtagani yo'q. Xarajatlar avvalgidek davom etmoqda. Hech qanday jiddiy qisqartirishlar qo'yilmadi. Rahim Sterling Tomas Tuxelning hujum chizig'ini yanada kesqin qilib berishiga ishondi. Bu chindanda ishonchli harid bo'ldi, deya olamiz. Antonio Ryudiger va Andres Kristensenning jamoadan ketishidan so'ng Kalidu Kulibali bilan imzolangan shartnoma himoyani kuchaytirish uchun muhim yurish bo'lib xizmat qildi. Jamoaning joriy holati u qadar yomon emas, nazarimizda. Tuxel hamon istedodlardan yig'ilgan tarkibga ega va uzoq muddatli jarohatdan so'ng yana safga qaytgan Ben CHilvell jamoaning yanada kuchliroq bo'lishiga shak shubhasiz hissa qo'shadi. Sterling va CHilvell o'ynaydigan chap qanot haqida bir tasavvur qilib ko'ring a. Qanday ajoyib. Ammo jamoaning “Siti” va “Liverpul” bilan tengma teng kurash olib bora olishiga shubhamiz bor. Tuxelda markaziy yarim himoyadagi muammolar borligini inkor qilish qiyin. N’Golo Kante sog'lom emas, Jorjinoda esa harakatchanlik yo'q. Jamoada ishonchli to'purarlar muammosi ko'zga tashlanib qolsa ne ajab. “Soxta to'qqizinchi” sifatida davom etishi kutilayotgan Kai Xavertc ishonchli o'yinchiga aylanishi shart. Meyson Maunt va Rahim Sterling gol kiritishda katta qiyinchilikka duch kelmasa kerak. “CHelsi” ishtirok etadigan musobaqalarda uzoqroqqa etib borishi lozim bo'ladi. Klub o'tgan 5 mavsumda uchinchi, to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni egallagan edi.



Murabbiy

Boeli va boshqa boshqaruv azolari Tuxelni qo'llab quvvatlashga qaror qildilar. Ular aqlli, jozibali va taktik jihatdan zukko nemis murabbiyidan yaxshiroq menejer topa olishi dargumon ekanini fahmlay oldi. Darhaqiqat, “CHelsi” boshqaruvining oldingi rejimdan ajralib turadigan sezilarli farq ularning Tuxelning jamoadagi tasirini kuchaytirib, uni xuddi “Liverpul”dagi Yurgen Klopp darajasiga olib chiqishdir. Bu, ayniqsa, Tuxelning Romelu Lukakuni eski jamoasi “Inter”ga qaytarib yuborish borasidagi qarorining Boeli tomonidan qo'llanganida ko'zga tashlandi. Amerikalik tadbirkorning Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritish istagi PSJ sobiq ustozi tomonidan rad etilganidan so'ng amalga oshmay qoldi. Ushbu holat ham yuqoridaga fikrni yanada mustahkamladi. Agar qandaydir havotir mavjud bo'lsa, uni jamoaning hujum chizig'idan izlash kerak. O'tgan mavsumda “CHelsi”da hujumkor o'yin va keskinlik etishmadi. Jamoa juda ko'p durang o'ynadi. Ularga ko'proq ijodkorlik va agressiya kerak.




Transferlar

Rahim Sterling “Manchester Siti”dagi etti yillik faoliyati davomida 4 ta Premer Liga chempionligi, 5 ta Liga Kubogi va bir marotaba Angliya Kubogini qo'lga kiritdi. U Pep Guardiola jamoasi uchun 131 ta gol urib berdi. U Angliya terma jamoasining muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi va faoliyatining eng yaxshi davrini o'tkazmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Unga yangi jamoasida yoqmaydigan hech narsa yo'q. “CHelsi” ustozi Tuxel Lukakudan qutulganidan so'ng Sterlingni jamoaga olib kelishga qaror qildi. Tuxelga o'zini kimligini ko'rsata olgan hujumchi kerak edi va u 50 million funtgacha bo'lishi mo'ljallangan shartnoma tuzib 27 yoshli vingerni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Mutaxassis hujumda Rahimni ishonch bildirishga arziydi hisobladi.



Jahon CHempionati tasiri

Maunt, Sterling va Ris Jeyms Angliya terma jamoasining eng muhim kalit o'yinchilari hisoblanadi va ular bir nechta jamoadoshlariga qarshi mundialda to'p tepadi. Angliyaning guruh bosqichidagi ikkinchi raqibi AQSH terma jamoasi bo'ladi va ushbu jamoada “CHelsi” azosi Kristian Pulishich o'z vatani shani uchun maydonga tushadi. Ular pley off bosqichida N’Golo Kante o'ynaydigan Franciya va tarkibida Eduard Mendi va Kalidu Kulibali bo'ladigan Senegal bilan to'qnash kelishi mumkin. Boshqa bir erda Xaverc va Timo Verner Germaniya terma jamoasi o'yinlariga jalb etiladi. Italiya muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng Jorjino haqida unuting. O'tgan mavsumda “CHelsi” 21 g'alaba, 11 durang va 6 mag'lubiyat natijasini qayd etgan edi.


Liboslar savdosi

Jamoada Meyson Mauntdan mashhurroq futbolchini topish qiyin. 23 yoshli yarimhimoyachi klub akademiyasidan kattalar jamoasiga ko'tarilishga erishdi. O'zini xuddi professional modeldek tutadigan futbolchining o'yini ancha barqaror ekani ham tahsinga sazovor. U uch yil oldin tarkibga kirib kelganidan beri hech qanday oqsashni ko'rsatgani yo'q. SHu o'rinda ingliz ijtimoiy tarmoqlaridagi Mauntning qadr qimmati borasidagi safsatalarga ahamiyat bermasligingizni so'rab qolardim. Uni xuddi o'qituvchining uy hayvoniga o'xshatishsa ham bunga aslo etibor bermang. Jamoa menejerlari kelajakda “CHelsi” sardori siymosini ko'rayotgan Mauntga juda qattiq ishonishadi. Nafaqat butun mamlakat, balki dunyo bo'ylab jamoa o'yinini qoldirmay kuzatib boradigan futbol ixlosmandlari ham xuddi shunday fikrda.




Jamoa vakillari ijtimoiy tarmoqlarda

Tarkibdagi eng keksa futbolchi bu borada bugungi yoshlarga o'rnak bo'la oladi. Tiago Silvaning Instagramdagi 19,5 millionlik obunachilariga jamoadagi boshqa hech bir futbolchi yaqinlasha olmaydi ham. 37 yoshli braziliyalik futbolchiga ijtimoiy tarmoqlar va uning bugungi jamiyatdagi tasiri haqida hech kim aql o'rgata olmaydi. Mashg'ulotlardan kichik lavhalar va o'yindan keyingi ingliz va portugal tillaridagi motivacion xabarlar uning akkauntidan ommaga uzatiladi. Uning oila davrasidagi fotolarini ham istagancha kuzatishingiz mumkin. SHu bilan bir qatorda siz Silvaning rafiqasi Belleniyam kuzatib borishingizga to'g'ri keladi. U jamoani qo'llab quvvatlagani bois “CHelsi” muxlislari uni xuddi qahramondek qabul qilishadi.



APL boshlanmoqda: “Manchester Siti” yana chempion bo'ladimi? (tahlil)        

APL boshlanmoqda: "Manchester Yunayted" nimaga qodir?        


Mansurbek Nematov tayyorladi 

Original manba

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика