APL. Autsayderga mag'lub bo'lgan "Lester" 3-o'ringa ko'tarilib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi
13 iyu 2020 01:01
Yangiliklar
APL. Autsayderga mag'lub bo'lgan "Lester" 3-o'ringa ko'tarilib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi
Ushbu turda "CHelsi" mag'lubiyatga uchragach, "Lester"da 3-pog'onaga ko'tarilib olish imkoni paydo bo'lgandi. Buning uchun CHempionshipga tushib ketish uchun asosiy davogarlardan hisoblangan "Bornmut"dan ustun kelish kerak edi. Biroq, amalda barchasi boshqacha bo'ldi. Uchrashuvda hisob Jeymi Vardi tomonidan ochilgandi, ammo 2-bo'limda mehmonlar himoyachisi CHag'lar Soyunchu qizil kartochka oldi va "Bornmut" "tulkilar"ni yanchib tashladi.
Malumot uchun, agar "Manchester Yunayted" ertaga "Sautgempton"dan ustun kelsa, "qizil iblislar" 3-o'ringa ko'tarilib olishlari mumkin.
Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
AFC Bournemouth Junior Stanislas - 66', Dominic Solanke - 67', Jonny Evans - 83', Dominic Solanke - 87' |
Premier League . 35-tur 13/07/2020, 00:00 1
:
4
Tugadi
|
Leicester City Jamie Vardy - 23' |
Stadion: Vitality Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Stuart Attwell
Bornmut – Lester 4:1
12 iyul, 23.00, «Din Kort»
Gollar:
0:1 – 23 Vardi, 1:1 – 66, penalti Stanislas, 2:1 – 67 Solanke, 3:1 – 83, avtogol Evans, 4:1 – 87 Solanke.
Bornmut – Remsdeyl, Kelli, Steysi, Ake (Kuk, 40), Riko, Gosling (Billing, 46), Bruks (Kuk, 81), Lerma, Dandjuma (Stanislas, 46), Uilson (Serridj, 90), Solanke.
Lester – SHmeyxel, Seyundjyu, Evans, Fuks, Djastin, Tilemans, Olbrayton (Bennett, 16), Ndidi, Peres (Barns, 71), Ixeanacho (Prat, 46), Vardi.
Ogohlantirishlar:
Gosling (32), Ndidi (64), Stanislas (86).
CHetlatish:
Seyundjyu (67).
Fikrlar