So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Эспаньол"га мағлуб бўлди, "Атлетико" билан орадаги фарқ — бир очко  74 01:58Назорат учрашуви. "Бунёдкор" Косово жамоасидан устун келди  0 00:45Ла Лига. "Атлетико" Мадридда "Мальорка"ни мағлуб этди. Гризманн яна гол урди  11 00:15ПСЖ йирик хисобда ғалаба қозонди, Дембеле хет-трик қилди, Рамуш эса дублга эришди.  4 23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  13 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  15 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  12 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  4 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  8 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   5 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  11 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   14 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  1

APL. Birinchi tur oldidan (prevyu) Yangiliklar

APL. Birinchi tur oldidan (prevyu)

Hash-pash deguncha Angliya chempionatining yangi mavsumi ham start olmoqda.

Bugun jamoalardagi o'zgarishlar (turli transferlar, murabbiylar almashinuvi, 1-tur juftliklari) va boshqa qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Demak, 2021/22 yilgi mavsum 13 avgust (Toshkentda 14 avgust)da  "Brentford" hamda "Arsenal" o'rtasidagi bahs bilan boshlanadi.

Alohida aytish joiz, Premer-ligada ketma-ket uchinchi mavsumda VAR tizimidan foydalaniladi. Eng quvonarlisi, muxlislar tribunalarga qaytishi kutilmoqda.  

Malumot o'rnida, 2020/21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra "Fulxem" (18-o'rin), "Vest Bromvich" (19), "SHeffild Yunayted" (20) CHempionshipga ravona bo'lgan bo'lsa, "Norvich Siti", "Uotford" hamda "Brentford" yuqori divizionga ko'tarildi.

Top-klublar transferlari

"Arsenal"

Ketdi

Matteo Genduzi ("Marsel" – ijara)

Uilyam Saliba ("Marsel" – ijara)

Deyan Iliev (“Sered" – ijara)

David Luiz (erkin agent)

Martin Edegor (ijara muddati tugadi)

Dani Sebalos (ijara muddati tugadi)

Metyu Rayan (ijara muddati tugadi)

Keldi: 

Ben Uayt ("Brayton) – 58,5 mln evro

Albert Sambi Lokonga ("Anderlext") – 17,5 mln evro

Nunu Tavaresh ("Benfika") – 8 mln evro

Sead Kolashinac (ijaradan qaytdi)

Lukas Torreyra (ijaradan qaytdi)


"Liverpul" 

Ketdi

Xarri Uilson ("Fulxem") – 14 mln evro

Tayvo Avoni ("Union") – 6,5 mln evro

Jorjino Veynaldum (PSJ – erkin agent)

Ozan Kabak (ijara muddati tugadi)

Marko Gruich ("Portu" – ijara)

Keldi:

Ibraima Konate ("Leypcig") – 40 mln evro

Xarvi Elliott ("Liverpul" U-23)

Sepp van den Berg ("Preston" – ijara)

Loris Karius (ijaradan qaytdi)

Takumi Minamino (ijaradan qaytdi)


"Manchester Siti"

Ketdi:

Anxelino ("Leypcig") – 18 mln evro

Jek Xarrison ("Lids Yunayted") – 12,8 mln evro

Lukas Nmecha ("Volfsburg") – 8 mln evro

Serxio Aguero (erkin agent)

Erik Garsiya (erkin agent)

Issa Kabore ("Trua" – ijara)

Keldi

Jek Grilish ("Aston Villa") – 117,5 mln evro

Kaiki ("Fluminense") – 10 mln evro

Skott Karson (erkin agent)


"Manchester Yunayted"

Ketdi:

Joel Pereyra (erkin agent)

Taxit CHong ("Birmingem" – ijara)

Aksel Tuanzebe ("Aston Villa" – ijara)

Serxio Romero (erkin agent)

Fakundo Pelistri ("Alaves" – ijara)

Keldi

Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund) – 85 mln evro

Tom Xiton (erkin agent)

Andreas Pereyra (ijaradan qaytdi)

Diogu Dalot (ijaradan qaytdi)


"Tottenxem Xotspur"

Ketdi:

Xuan Foyt ("Vilyarreal") – 15 mln evro

Tobi Alderveyreld ("Al Duhayl) – 13 mln evro

Jo Xart ("Seltik") – 1,2 mln evro

Denni Rouz (erkin agent)

Erik Lamela (erkin agent) 

Paulo Gassaniga (erkin agent)

Keldi

Brayan Xil ("Sevilya") – 25 mln evro

Perluiji Gollini ("Atalanta" – ijara)

Kristian Romero ("Atalanta" – ijara)

Rayan Sessenon (ijaradan qaytdi)


"CHelsi"

Ketdi:

Fikayo Tomori ("Milan") – 29,2 mln evro

Vivtor Mozes ("Spartak") – 5 mln evro

Olive Jiru ("Milan") – 1 mln evro

Marko van Ginkel (erkin agent)

Danilo Pantich (erkin agent)

Izzi Braun (erkin agent)

Billi Gilmor ("Norvich" – ijara)

Villi Kabalero (erkin agent)

Jamal Blekmen (erkin agent)

Keldi

Romelu Lukaku ("Inter") – 115 mln evro

Markus Bettinelli (erkin agent)

Kenedi (ijaradan qaytdi)

Malang Sarr (ijaradan qaytdi)

Abdul Rahmon Baba (ijaradan qaytdi)

Temue Bakayoko (ijaradan qaytdi)

Davide Zappakosta (ijaradan qaytdi)

Denni Drinkuoter (ijaradan qaytdi)

Jamoalar bosh murabbiylari:

"Arsenal" — Mikel Arteta (Ispaniya) 

"Aston Villa" — Din Smit (Angliya)

"Byornli" — SHon Daych (Angliya)

"Brayton" — Grem Potter (Angliya)

"Brentford" — Tomas Frank (Daniya)

"Vest Xem" — Devid Moyes (SHotlandiya)

"Vulverxempton" — Brunu Laji (Portugaliya)

"Kristal Pelas" — Patrik Vieyra (Franciya)

"Lester Siti"    — Brendan Rojers (SHimoliy Irlandiya)

"Liverpul" — Yurgen Klopp (Germaniya)

"Lids Yunayted" — Marselo Belsa (Argentina)

"Manchester Siti" — Xosep Gvardiola (Ispaniya)

"Manchester Yunayted" — Ole Gunnar Sulsher (Norvegiya)

"Norvich Siti" — Daniel Farke (Germaniya)

"Nyukasl Yunayted" — Stiv Bryus (Angliya) 

"Sautgempton" — Ralf Xazenxyuttl (Avstriya)

"Tottenxem Xotspur" — Nunu Eshpiritu Santu (Portugaliya) 

"Uotford" — Xisko Munos (Ispaniya)

"CHelsi" — Tomas Tuxel (Germaniya)

"Everton" — Rafael Benites (Ispaniya)

Aytib o'tish lozim, Nunu Eshpiritu Santu "Vulverxempton"ni tark etdi, o'rniga "Benfika" ustozi Brunu Laji keldi. Tajribali Roy Xojson "Kristal Pelas"dan ketdi, o'rniga franciyalik mutaxassis Patrik Vieyra olib kelindi. "Tottenxem"ning vaqtinchalik murabbiyi Rayan Meyson o'rniga Nunu Eshpiritu Santu tayinlandi. "Everton" "Real"ga ketgan Karlo Anchelotti o'rniga jamoani taniqli murabbiy Rafael Benitesga ishonib topshirdi.

1-tur jutfliklari:

13 avgust

"Brentford" – "Arsenal" – 23:59 (Toshkent vaqti bilan)

14 avgust

"Manchester Yunayted" – "Lids" – 16:30

"Byornli" – "Brayton" – 19:00

"CHelsi" – "Kristal Pelas" – 19:00

"Everton" – "Sautgempton" – 19:00

"Lester" – "Vulverxempton" – 19:00

"Uotford" – "Aston Villa" – 19:00

"Norvich" – "Liverpul" – 21:30

15 avgust

"Nyukasl" – "Vest Xem" – 18:00

"Tottenxem" – "Manchester Siti" – 20:30

Markaziy uchrashuv

Dastlabki tur so'ngida o'ziga xos markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi. Unda Santu shoshigrdlari Pep Gvardiola yigitlari qarshiligiga duch keladi. 

"Tottenxem"da yangi era boshlanmoqda. Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiyligidagi jamoa dastlabki to'qnashuvida qatnashadi. Portugaliyalik mutaxassis "shporlar" bilan mavsumoldi yig'inni mag'lubiyatlarsiz olib borgani diqqatga sazovor.  

Bevosita tarkibga to'xtaladigan bo'lsak, "Tottenxem" yangi azolari "Manchester Siti" bilan bahsda ishtirok etishi taxmin qilinmayapti.

Ugo Loris asosiy posbon bo'ladi, Perluiji Gollini esa zaxira darvozaboni bo'lishga rozi bo'ladi.

Kristian Romero tizzasidagi jarohatdan tiklanmoqda. Demak, markaziy himoyada Devinson Sanches va Erik Dayer o'ynaydi. 

Juma kuni mashg'ulotlarga kirishgan Xarri Keyn "shaharliklar"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi yoki yo'q, hali nomalum.

"Manchester Siti"da Evro-2020 hamda Amerika Kubogida qatnashgan terma vakillaridan iborat birinchi jamoa o'yinchilari shu erda ekanligiga qaramasdan, Kevin de Bryuyne va Fil Foden dueti yo'q.

Braziliya bilan Amerika Kubogi finaliga qadar etib borgan Ederson dam olishi, o'rniga darvozani mavsumoldi o'yinlardagi kabi Zak Steffen qo'riqlashi mumkin.

Natan Ake hamda Ruben Diashdan iborat jutflik markaziy himoyaga joylashishi, Jek Grilish rasmiy debyutini o'tkazishi kutilmoqda.

Yangi mavsum tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring. Maroqli hordiq!  

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика