So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  3 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  166 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

APL. "Arsenal"ni "arilar" taladi, "qizil iblislar" esa "yo'lbarslar"ni enga olmadi. 23-tur sharhi Yangiliklar

APL. "Arsenal"ni "arilar" taladi, "qizil iblislar" esa "yo'lbarslar"ni enga olmadi. 23-tur sharhi

Teglar :  APLEplmanager
Seshanba va chorshanba oqshomida Angliyada Premer-liga 23-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Ayni paytda ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "Suonsi" o'z maydonida tempni ushlay olmayotgan "Sautgempton"ni qabul qildi. Gulfi Sigurdssonning goli va golli pasi mezbonlarga g'alaba keltirdi. Ushbu bahsda "oqqushlar"ning yangi xaridi Lusiano Narsingx ham bitta golli pasni amalga oshirdi. "Sautgempton" tarkibida esa yagona golga SHeyn Long mualliflik qildi.

Turnir jadvalida so'nggi pog'onada borayotgan "Sanderlend" kutilmaganda o'z maydonida "Tottenxem"dan ochko tortib oldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

"Midlsbro" bu tur "Vest Bromvich"ni mehmon qildi. O'yinda Jeyms Morrison hisobni ochgan bo'lsada, mezbonlarning ispaniyalik hujumchisi Alvaro Negredo penaltidan vaziyatni o'ngladi va yakuniy nuqtani qo'ydi - 1:1.

Bu mavsum Angliyada o'z maydonida hammadan ko'p ochko jamg'argan "Bernli" bu safar ham o'z ananasiga sodiq qoldi. SHon Daych shogirdlari amaldagi chempion "Lester"ni minimal hisobda taslim etishdi. Uchrashuvdagi yagona golni Sem Vouks kiritdi.

Quyi pog'onalardan borayotganlardan yana biri "Kristal Pelas" bu safar safarda "Bornmut"ni mag'lub etdi. Sem Ellardays qishki transfer oynasida ancha faol bo'ldi va bu o'z samarasini berdi desak ham bo'ladi. Skott Denn va Kristian Bentekelar tomonidan kiritilgan gollar jamoani 18-o'ringa olib chiqdi.

23-turning eng kutilmagan natijasi Londonda qayd etildi. CHempionlik uchun kurash olib borayotgan "Arsenal" o'z maydonida "Uotford"ga yutqazib qo'ydi. O'yinning boshlarida Yunus Qobul va Troy Dinilar tomonidan kiritilgan gollarga ikkinchi bo'lim boshida Aleks Ivobi bitta gol bilan javob berdi. Bu mag'lubiyat "to'pchilar"ni "shporlar"dan quyiga tushirib qo'ydi.



Turning markaziy o'yinida esa g'olib aniqlanmadi. "Enfild"da o'tgan uchrashuvda "CHelsi" himoyachisi David Luiz jarimadan to'p kiritib hisobni ochdi, 58 daqiqada esa Veynaldum muvozanatni tikladi. 77 daqiqada londonliklar to'purari Diego Kosta penaltidan unumli foydalana olmadi. Minole Kostaning zarbasini bartaraf etdi.

CHorshanba oqshomidagi o'yinlarni "Vest Xem" - "Manchester Siti" qarama-qarshiligi boshlab berdi. SHu kuni manchesterliklar safida birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushgan braziliyalik Gabriel Jezus o'z hisobiga bitta gol va golli pas yozdirib qo'ydi. Bu unga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun etarli bo'ldi. "Siti" mehmonda 4:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. "SHaharliklar"ning gollariga Jezusdan tashqari, De Bryuyne, Silva ham Yaya Turelar mualliflik qilishdi.



Yana bir kutilmagan natija "Old Trafford"da kuzatildi. "Manchester Yunayted" klubi autsayder "Xall Siti"ni enga olmadi. Bunga mehmonlar darvozaboni asosiy sababchi desak adolatli bo'ladi. Yakupovichning aqlbovar qilmas seyvlari shu kuni jamoasiga bir ochko taqdim etdi. "Qizil iblislar" esa yuqoridagilarga yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqarishdi.

Turni "Stok Siti" va "Everton" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlab berdi. O'yinning ettinchi daqiqasidayoq Piter Krauch mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 39 daqiqada Rayan SHoukross kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi. Uchrashuv 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi.

APL. 23-tur

"Suonsi" - "Sautgampton" 2:1
"Sanderlend" - "Tottenxem" 0:0
"Midlsbro" - "Vest Bromvich" 1:1
"Bernli" - "Lester" 1:0
"Bornmut" - "Kristal Pelas" 0:2
"Arsenal" - "Uotford" 1:2
"Liverpul" - "CHelsi" 1:1
"Vest Xem" - "Manchester Siti" 0:4
"Manchester Yunayted" - "Xall Siti" 0:0
"Stok Siti" - "Everton" 1:1


"Eplmanager"da 22-turning eng ko'p ochko jamg'argan jamoasi:



Turning eng yaxshi futbolchilari:


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика