APL. “Arsenal” yana yutqazdi va “Aston Villa” turnir jadvalida “to'pchilar”ni quvib o'tdi
06 fev 2021 19:28
Yangiliklar


APL. “Arsenal” yana yutqazdi va “Aston Villa” turnir jadvalida “to'pchilar”ni quvib o'tdi
Angliya chempionati 23-turini boshlab bergan “Aston Villa” –“Arsenal” uchrashuvida mezbonlar minimal hisobda zafar quchdi.
O'yindagi yagona gol 2-daqiqada mezbonlar forvardi Olli Uotkins tomonida urildi. Mazkur g'alabadan keyin “sherlar” ochkolari sonini 35 taga etkazgan holda turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi.
"Aston Villa" – "Arsenal" 1:0
"Villa Park"
Gol: 1:0 – 2 Uotkins.
"Aston Villa" – Martines, Targett, Mingz, Konsa, Kesh, Grilish, Makginn, Nakamba, Barkli (Remzi, 78), Traore (Trezege, 66), Uotkins.
"Arsenal" – Rayan, Soaresh (Edegor, 65), Xolding, Belerin, Gabriel, Saka, Parti (Villian, 74), Smit-Rou, Jaka, Pepe, Lyakazett (Obameyang, 59).
Ogohlantirishlar: Konsa (31), Nakamba (35), Parti (52), Jaka (90), Grilish (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar