APL. "Arsenal" tengsiz bo'lib qolaveradi
01 mar 2020 01:22
Yangiliklar


APL. "Arsenal" tengsiz bo'lib qolaveradi
"Uotford" Angliya premer-ligasi 22-turida "Liverpul"ni (3:0) mag'lub etdi.
SHu tariqa Yurgen Klopp jamoasi qayd etayotgan mag'lubiyatsiz seriya 45-bahsga kelib yakun topdi. Vaholanki, "Liverpul"da mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi bo'yicha Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" qayd etgan rekordni yangilash imkoniyati bor edi. "To'pchilar" 2003-2004 yillarda APLning qatorasiga 49 turida muvaffaqiyatsizlikka uchramagan edi va bu natija hamon eng yaxshisi bo'lib qolmoqda.
"Liverpul" qayd etgan 44 bellashuvdan iborat seriya futbol bo'yicha Angliya chempionati yuqori divizionidagi 2-natija bo'lib tarixga kirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar