APL. “Arsenal” – “CHelsi” va boshqa o'yinlar uchun prevyu
29 dek 2019 09:00
Yangiliklar


APL. “Arsenal” – “CHelsi” va boshqa o'yinlar uchun prevyu
Xususan, turning markaziy o'yini Londonda, "Arsenal" - "CHelsi" o'rtasida bo'lib o'tadi. "Liverpul" "Enfild"da "Vulverxempton"ni qabul qilsa, "Manchester Siti" o'z uyi - "Etixad"da "SHeffild"ni mehmon qiladi.
29.12. 19:00 (Toshkent vaqti) "Arsenal" - "CHelsi"
Ushbu jamoalar qanday o'rinlarda borishidan qatiy nazar ular o'rtasidagi qarama-qarshilik har doim dahshatli kechgan. London derbisida "qizillar" o'z maydonida "ko'klar"ga qanday qarshilik ko'rsatarkin, bu o'yinni "yosh murabbiylar jangi" deyishimiz ham mumkin.
Endi bevosita tarkiblarga to'xtalib o'tamiz va buni "Arsenal"dan boshlaymiz.
- Himoyachi Kalum CHembers yana tarkibda, u katta ehtimol bilan o'tgan turda jarohat olgan Sokratisning o'rnini egallaydi.
- "Bornmut"ga qarshi bahsda Mesut Ozil o'zining yaxshi taraflarini ko'rsata oldi. Arteta bugungi muhim bellashuvda undan foydalanishi mumkin.
- Nikolas Pepe hamda Matteo Genduzilar ham jamoaga yordam berishga shay holatdalar.
- Gabriel Martinelli jarohatda va uning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi. Dani Sebalosning holati bo'yicha esa barchasi nomalum.
“CHelsi”da tarkib bo'yicha kutilayotgan yangiliklarga to'xtalamiz.
- "CHelsi" bosh murabbiyi Meyson Mauntning holatidan mamnun, shuningdek, Mateo Kovachich ham diskvalifikaciyadan so'ng yana qaytdi.
- Yosh himoyachi Ris Jeyms afsuski, jarohat olgan va o'yinni o'tkazib yuboradi. Biroq, Markos Alonso safga qaytishga jiddiy bel bog'lagan.
- Mashg'ulotlardagi mehnati tufayli Kallum Xadson-Odoi o'tgan o'yinda o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Lempard derbida ham undan unumli foydalanish istagida.
"Arsenal"ga yangi kelgan Arteta, "CHelsi"ni deyarli o'zi xohlaganidek shakllantirib olgan Lempardga qanday qarshilik ko'rsata oladi? Buni bugun oqshomda bo'ladigan to'qnashuvda bilib olamiz.
O'yinga oid faktlar:
- "Arsenal"ning oxirgi 3 uy uchrashuvida kamida 2,5ta gol urilgan (Premer-liga).
- "CHelsi" ishtirokidagi oxirgi 3 o'yinda 2,5tagacha gol kiritilgan (Premer-liga).
- "Arsenal" so'nggi 11 uchrashuvdan 10tasida yuta olmayapti (Premer-liga).
- "Arsenal" o'z maydonida kechgan oxirgi 3 o'yinda kamida 2ta gol o'tkazib yuborgan (Premer-liga).
- "Arsenal" barcha musobaqalarda "CHelsi"ga qarshi so'nggi 5 uy o'yinlarida yutqazmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Arsenal" (4-2-3-1): Leno, Naylz, CHembers, Luiz, Saka, Genduzi, Jaka, Pepe, Ozil, Obameyang, Lyakazett
"CHelsi" (4-3-3): Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Tomori, Alonso, Kante, Kovachich, Maunt, Villian, Abraxam, Xadson-Odoi
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xolding, Kolashinac, Tirni, Belerin, Sokratis (“Arsenal”), Ris Jeyms, Van Ginkel, Loftus-CHik (“CHelsi”)
So'roq ostida: Sebalos, Martinelli (“Arsenal”), Alonso, Jiru (“CHelsi”)
Arsenal Pierre-Emerick Aubameyang - 13' |
Premier League . 20-tur 29/12/2019, 19:00 2
:
1
Tugadi
|
Chelsea Jorginho - 83', Tammy Abraham - 87' |
Stadion: Emirates Stadium, 60309 tomoshabin
Bosh hakam: Craig Pawson
29.12. 21:30 "Liverpul" - "Vulverxempton"
CHempionlik poygasida kutilganidan ancha o'zib ketgan Yurgen Klopp shogirdlari "Siti"ni mag'lub etgan "Vulverxempton"ga qarshi to'p tepadi.
Klopp himoyada o'zgarishlarga qo'l urmaydi, qo'l urgan taqdirda Trent Aleksandr-Arnold yoki Endryu Robertson o'rniga maydonga Milnerni chapga yoki o'ngga tushirishi mumkin.
SHuningdek, bugun Adam Lallana, Jerdan SHakiri va Divok Origini maydonda ko'rishimiz mumkin.
Jordan Xenderson o'tgan o'yinda jarohat olganiga qaramasdan, Kloppning aytishicha, u o'yinni davom ettira olardi, murabbiy tavakkal qilishni istamagan va uni almashtirgan. Bu safar esa sardorga dam berilish ehtimoli bor.
Nunu Eshpiritu Santu shogirdlari "Siti" mag'lub etilgan o'yinda deyarli bor kuchini sarflagandi. Bugun ularning o'yini jismoniy tayyorgarliklariga bog'liq bo'ladi.
"Enfild"da Adama Traore va Raul Ximenes o'zlarini namoyish etishlari lozim bo'ladi. Barcha Nunu shogirdlaridan chiroyli o'yin va munosib qarshilik kutmoqda.
O'yinga oid faktlar:
- "Liverpul" oxirgi 16 uy uchrashuvida faqat g'alabaga erishgan (Premer-liga).
- "Liverpul" so'nggi 16 uy o'yinida raqib darvozasiga kamida 2ta gol kiritgan (Premer-liga).
- "Liverpul"ning Premer-ligadagi oxirgi 9 o'yinida kamida 2,5ta gol urilgan.
- "Bo'rilar"ning oxirgi 4 uchrashuvida kamida 2,5ta gol kiritilgan.
- "Bo'rilar" oxirgi 14 o'yindan 13tasida yutqazmagan (Premer-liga).
- Premer-liga doirasidagi oxirgi 3 mehmon o'yinda "bo'rilar" 2tadan kam gol urmagan.
Taxminiy tarkiblar
"Liverpul" (4-3-3): Alison, Arnold, Gomez, Van Deyk, Robertson, Milner, Veynaldum, Keyta, Salax, Firmino, Origi
"Vulverxempton" (3-4-3): Patrisiu, Dendonker, Koudi, Saiss, Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni, Traore, Ximenes, Jota
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Klayn, Matip, Lovren, Fabino, CHemberlen ("Liverpul"), SHabani, Boli ("Vulverxempton")
So'roq ostida: Bryuster, Xenderson ("Liverpul"), Gibbs-Uayt ("Vulverxempton")
Liverpool Sadio Mane - 42' |
Premier League . 20-tur 29/12/2019, 21:30 0
:
1
Tugadi
|
Wolverhampton Wanderers |
Stadion: Anfield, 53326 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
29.12. 23:00 "Manchester Siti" - "SHeffild"
Tushkun kayfiyatdagi Gvardiola va uning shogirdlari yaxshi formadagi “SHeffild”ga qarshi o'ynaydilar.
"Manchester Siti"da bir nechta futbolchilarda charchoq alomatlari bor. Pep Gvardiola ayrim o'zgarishlarga qo'l urishi aniq.
Ederson o'tgan o'yinda qizil kartochka olgani bois bugun Bravo o'yinga tushiriladi.
Serxio Aguero o'tgan o'yinda Edersonning chetlatilishi tufayli majburan almashtirilgandi. U bu safar to'liq o'ynashi kutilmoqda.
Kevin De Bryuyne "SHeffild Yunayted"ga qarshi o'ynasa kerak. U bilan birgalikda Fil Foden, Aleksandr Zinchenko va Ilkay Gyundogan ham asosiy tarkibda maydonga tushishlari kutilyapti.
"SHeffild"ning zaxira darvozaboni Saymon Mur - jamoaning yagona muammosi, xolos.
"Etixad"da "SHeffild" amalga oshiradigan o'zgarishlar faqat hujum chizig'ida sodir bo'lishi mumkin.
O'yinga oid faktlar:
- "Manchester Siti" oxirgi 29 uy o'yinidan 25tasida yutgan (Premer-liga).
- "SHeffild"ning muhmonda kechgan so'nggi 7 o'yinidan 6tasida 2,5tagacha gol urilgan.
- "SHeffild" oxirgi 9 mehmon o'yinida mag'lubiyatga uchramagan (Premer-liga).
- "Manchester Siti" oxirgi 7 o'yindan 6tasida kamida 2ta gol kiritgan.
Taxminiy tarkiblar
"Manchester Siti" (4-3-3): Bravo, Kanselu, Otamendi, Fernandino, Zinchenko, Foden, De Bryuyne, Gyundogan, Maxrez, Aguero, Sterling
"SHeffild" (3-5-2): Xenderson, Beshem, Igan, O’Konnell, Boldok, Landstryom, Norvud, Flek, Stivens, Makgoldrik, Musse
Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Stounz, Lyaport, Sane ("Manchester Siti"), Mur ("SHeffild")
So'roq ostida: Jezus, D.Silva ("Manchester Siti")
Manchester City Sergio Aguero - 52', Kevin De Bruyne - 82' |
Premier League . 20-tur 29/12/2019, 23:00 0
:
2
Tugadi
|
Sheffield United |
Stadion: Etihad Stadium, 54512 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Kavanagh
SHerzod Nurmatov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar