So’nggi yangiliklar

22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  15 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  20 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  10 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  241 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  19 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1

Laka, Jaka va Sakaning gollari “London derbisi”da “Arsenal”ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Laka, Jaka va Sakaning gollari “London derbisi”da “Arsenal”ga g'alaba keltirdi

“Boxing day”dan o'rin olgan markaziy bahslardan biri “Arsenal” – “CHelsi” uchrashuvi yakunlandi

"Arsenal" – "CHelsi" 3:1

22.30, "Emireyts"

Gol:
35 - Lyakazett 1:0, 44 - Jaka 2:0, 56 - Saka 3:0,  85 - Abraxam 3:1

"Arsenal" – Leno, Xolding, Tirni, Mari, Belerin, El-Nenni, Saka, Smit-Rou, Jaka, Martinelli, Lyakazett

"CHelsi" – Mendi, Zuma, CHiluell, Jeyms, Tiago Silva, Kovachich, Maunt, Kante, Pulishich, Verner, Abraxam

YANGILASH




Uchrashuv yakunlandi.  Mezbonlar salkam ikki oylik g'alabasiz ceriyasiga barham berdi. G'alaba bilan mezbonlar muxlislarini tabriklab qolamiz 

90+3. O'zgarish: Mustafi Lyakazettning o'rniga maydonga tushdi 

90+1. LENOOOOOO. Jorjinoning o'n bir metrlik zarbasini mezbonlar darvozaboni qaytarmoqda

Hakam ikkinci bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

90. PENALTI. Mari Xavercni yiqitdi va penalti

89. UXXXXX. Silva jarima maydonchasining ichida boshi bilan kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq

85. GOOOOOOOLLLL. Abraxam hisobni qisqartirmoqda

84. XAVFLI VAZIYATLAR... Mezbonlar bugun mavsumdagi eng kuchli o'yinlarini namoyish etishmoqda. El-Nennining zarbasi ustunga tegdi, qaytgan to'pni Saka zarba berdi biroq Mendi o'z o'rnida

83. UXXXXXX. Mendi to'pni himoyachilarga uzataman deb Lyakazettga berib qo'ydi, biroq Franciyalikning zarbasini darvozabon qaytarib yuborishga erishdi..

83. Ogohlantirish. Tirni o'yini cho'zgani uchun sariq kartocha bilan siylandi.

80. ZARBAAA. Abraxam boshi bilan zarba yo'lladi, biroq yana noaniq. Hozircha mehmonlar bitta ham aniq zarba yo'llashmadi

75. ZARBAAA. Mount burchakdan uzatmani amalga oshirdi. To'pni Tiago Silva boshi bilan yo'lladi, biroq noaniq

74. O'zgarish: Kante uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga Xaverc maydonga tushdi

73. Ogohlantirish: Tiago Silva hakam tomonidan ogohlantirilmoqda

73. ZARBA. CHiluellning zarbasini Leno qaytarmoqda

71. O'zgarish: Pepe Martinellini alishtirmoqda

65. O'zgarish: Smit-Rou o'rniga Uillok maydonga tushdi

64. UXXXXXX. Mezbonlar to'xtash niyatida emas. Tirni qanotdan Martinelliga ajoyib uzatmani amalga oshirdi va braziliyalikning zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytardi

62. Mehmonlar bugun juda ko'p zarba yo'llashmoqda, biroq zarbalarning barchasini himoyachilar qaytarmoqda

60. ZARBAAAA. Martinelli jarima maydonchasining ichida chalqancha zarba yo'lladi, biroq Mendi to'pni ushlab oldi

Mezbonlar bugun kim eng chiroyli gol urishga bahs olib borishmoqda shekilli. Saka jarima maydonchasining ichidan o'zgacha uslubda zarba yo'lladi, to'p to'cinga tegib darvozadan joy olmoqda

56. GOOOOOOOOOOOOOOL. Saka hisobni yiriklashtirmoqda

53. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar yarim himoyachisi Martinelli maydonda yotibdi. U to'qqiz oylik tanaffusdan so'ng yaqindagina maydonga qaytgandi

47. UXXXXX. Xadson-Odoining qanotdan uzatgan to'pi xavfli chiqdi, biroq mezbonlar sardori to'pni burchakka chiqarib yubordi

46. O'zgarish: Jorjino va Kallum Xadson-Odoi maydonga tushdi. Ular Kovachich va Verner maydoni tark etdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi 

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

Jaka chamasi 25 metrlardan jarima zarbasini amalga oshirdi. Kuchli va aniq chiqqan to'pni mehmonlar darvozaboni ushlay olmadi va to'p darvozadan joy oldi

44. GOOOOOOOOOOOL. JAKAAAAAAA hisobni 2:0 ga keltirmoqda

41. ZARBAAA. Verner jarima maydonchasining yonginasidan zarba yo'lladi, biroq noaniq

35. GOOOOOOOOOOOOL. Lyakazett uchrashuvdagi hisobni ochdi

33. PENALTI. James Tirni yiqitdi va hakam o'n bir metrlik nuqtani ko'rsatdi

31. ZARBAA. Mountning zarbasiga aniqlik etishmadi

29. ZARBA. Abraxam yana bir darvozaga zarba yo'lladi, bu safar to'p Mariga tegib burchakka chiqib ketdi

25. UXXXXXX. Uchrashuvdahi hozircha eng xavfli vaziyatni mezbonlar sodir etishdi. Bellerin qanotdan qochib chiqdi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Smit-Rou deyarli bosh qolgan darvozaga to'pni yo'llay olmadi

22. ZARBAA. Mountning burchakdan uzatgan to'piga birinchi bo'lib Zuma boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi

20. YAXSHI IMKONIYAT. Verner jarima maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq to'p Xoldinga tegib burchakka chiqib ketdi

16. Ogohlantirish. Mezbonlar himoyachisi Pablo Mari qarshi hujumga qochayotgan Kovachichga qo'pollik ishlatdi va haqli ravishda ogohlantirildi

13. ZARBAAAAA. Mauntning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Mezbonlar baxtida to'p ustunga tegdi

12. Mehmonlar xavfli jarima zarbasiga ega bo'lishmoqda. To'pni yonida uchta futbolchi zarbaga tayyorgarlik ko'rmoqda

5. Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi. Sakaning uzatmasini darvozabon ushlab oldi

1. ZARBAA. Martinelli jarima maydonchasining ichidan zarba yo'lladi, biroq noaniq

Uchrashuv boshlandi

Jamoalar chigal yozdi mashg'ulotlarini olib borishmoqda

Arsenal

Alexandre Lacazette - 35', Granit Xhaka - 44', Bukayo Saka - 56'

Premier League . 15-tur

26/12/2020, 22:30

1
:
3
Tugadi

Chelsea

Tammy Abraham - 85'

Stadion: Emirates Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
16'  Pablo Mari
35'  Alexandre Lacazette
44'  Granit Xhaka
56'  Bukayo Saka
56'  Emile Smith Rowe
65'  Emile Smith Rowe (Joseph Willock)
71'  Gabriel Martinelli (Nicolas Pepe)
83'  Kieran Tierney
90'  Alexandre Lacazette (Shkodran Mustafi)
46'  Mateo Kovacic (Jorginho)
46'  Timo Werner (Callum Hudson-Odoi)
73'  Thiago Silva
74'  N'Golo Kante (Kai Havertz)
85'  Tammy Abraham
85'  Callum Hudson-Odoi
90'  Jorginho

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика