APL. 86-daqiqada maydonga tushirilgan Kerroll “Vest Xem”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
17 apr 2018 02:18
Yangiliklar


APL. 86-daqiqada maydonga tushirilgan Kerroll “Vest Xem”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
Unda Londonning “Vest Xem” klubi “Olimpiya” stadionida “Stok Siti”ni qabul qilib, asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida kiritilgan gol evaziga bir ochkoni qo'lga kiritdi.
O'yinning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan Endi Kerroll Batlend qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. “Vest Xem” 35 ochko bilan 14, “Stok Siti” esa 28 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi.
APL. 34-tur
Vest Xem – Stok Siti 1:1 (0:0, 1:1)
17 aprel, 00.00. “Olimpiya” stadioni
Gollar: 0:1 – 79 Krauch, 1:1 – 90 Kerroll.
Vest Xem – Xart, Kressuell, Masuaku (Lansini, 81), Sabaleta, Ogbonna, Fernandesh (Ernandes, 76), Nobl, Joau Mariu (Kerroll, 86), Kuyate, Arnautovich, Rays.
Stok Siti – Batlend, Zuma, Martins Indi, Piters, SHoukross, SHakiri, Ndiaye, Sobxi (Kemeron, 62), Allen, Bauer (Krauch, 70), Diuf (Ayrlend, 87).
Ogohlantirishlar: Krauch (79), Martins Indi (82), Kuyate (85), Ndiaye (90), Kressuell (90).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar