So’nggi yangiliklar

15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  1 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  27 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  6 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  16 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  1 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  1 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  5 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  11 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  7 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  4 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  6 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  11 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13

APL, 5-tur. PREVYU Yangiliklar

APL, 5-tur. PREVYU

Bugun Angliya premer ligasining 5-turiga start beriladi.
Ushbu turda bizni qanday qarama-qarshiliklar kutib turganini ko'rib chiqamiz.


KPR – “Stok Siti”
20 sentyabr, shanba, “Loftus Roud”, 16:45, hakam: Martin Atkinson

Xarri Rednapp boshchiligidagi KPR APLda juda yomon start oldi, dastlabki to'rtta o'yinning uchtasida mag'lubiyat alami totib ko'rildi. Bu turda esa klub o'z muxlislari qarshisida ochko olishga majbur. O'z navbatida “Stok Siti”ga ham “omadsiz start olgan jamoa” tamg'asini bosishimiz mumkin edi, lekin ularning uchinchi turda “Manchester Siti”ni safarda mag'lub etib qaytishgani bunga imkon bermaydi. Quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar bahsida imkoniyatlarni teng deb baxolash mumkin.

Jarohat olganlar: Forlin – Kemeron, Odemvingi
So'roq ostida: Match, Taarabt, Vargas, Barton – Uolters, Ayrlend, Arnautovich


“Aston Villa” – “Arsenal”
SHanba, “Villa Park”, 19:00, hakam: Mayk Jons

Pol Lambert qo'l ostidagi “Villa” o'tgan turda “Liverpul”ni mag'lub etib, bu mavsum hazillashmayotganini ko'rsatib qo'ydi. “Arsenal” esa APL doirasida so'nggi uchta o'yinni durang bilan yakunladi va peshqadamni o'zidan 6 ochko oldinga o'tkazib yubordi. Seshanba kuni CHempionlar ligasining birinchi turida “Borussiya”ga imkoniyat boy berildi. Xullas, Venger shogirdlarining g'alabasiz seriyalari to'rttaga etdi.

Jarohat olganlar: Benteke, Kozak – Monreal, Sanogo, Debyushi, Jiru, Gnabri, Uolkott
So'roq ostida: Vlaar – Uilshir, CHambers.




“Suonsi” – “Sautgempton”

SHanba, “Liberti Stedium”, 19:00, hakam: Jonatan Moss
Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar bahsi. Bu klublar uchinchi va to'rtinchi pog'onalarda borishmoqda, mavsum avvalidagi oqilona transfer siyosati va murabbiy tayinlashdagi to'g'ri tanlov har ikki jamoaning muvaffaqiyatlariga bosh omil bo'lib xizmat qilmoqda. Mezbonlar bu mavsum uy uchrashuvlarining barchasida g'alaba qozonishgan.

Jarohat olganlar: Britton, Amat, Donnelli – Rodriges, Gallaxer
So'roq ostida: Long (Sautgempton)


“Vest Xem” – “Liverpul”
SHanba, “Apton Park”, 21:30, hakam: Kreyg Pauson
Sem Allardays shogirdlari o'z maydonlaridagi oxirgi uchta bellashuvda engilishgan, o'z navbatida “Liverpul” ham so'nggi turda “Aston Villa”ga yutqazib qo'ygan edi. Bu kurashda Brendan Rodjers shogirdlari favorit.

Jarohat olganlar: Jarvis, Kerroll, Nolan, O`Brayen – Starrij, Allen, Jan, Jonson, Flanagan
So'roq ostida: Kollinz (“Vest Xem”)


“Tottenxem” – “Vest Bromvich”
Yakshanba, “Uayt Xart Leyn”, 17:30, hakam: Kevin Frend
Mehmonlar mana uch o'yindirki, raqiblari darvozasiga yo'l topa olmayaptilar, “Vest Bromvich” 30 yildan buyon “Uayt Xart Leyn”da g'alaba qozona olmagan, ular APLda 13 o'yindirki yutuqqa erisha olishmayapti. Bu o'yinda “SHporlar” yaqqol favorit.

Jarohat olganlar: Uoker (“Tottenxem”)
So'roq ostida: Taunsend (“Tottenxem”)


“Lester” – “Manchester Yunayted”
Yakshanba, “King Power Stadium”, 17:30, hakam: Mark Klattenburg
Lui Van Gal jamoasining avvalgi turda KPR ustidan qozongan g'alabasidan keyin ko'pchilik MYUning o'ziga kelib olganiga va buyog'iga g'alabalar davomli bo'lishiga ishonmoqda. “Lester” esa bu mavsum faqatgina “CHelsi”ga yutqazdi holos. Mezbonlarning mustahkam himoyasi mehmonlarning “qo'rqinchli” hujum chizig'iga qarshi turib bera olarmikin. Buni ertaga bilib olamiz.



Jarohat olganlar: Apson – Karrik, Jonston, Fellaini, Lingard, Jons, Yang
So'roq ostida: SHmayxel (Lester)


“Manchester Siti” – “CHelsi”
Yakshanba, “Etixad stedium”, 20:00, hakam: Mayk Din
Nafaqat turning, balki birinchi davraning eng asosiy o'yinlaridan. Birinchisi amaldagi chempion bo'lsa, ikkinchi ayni paytda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. “CHelsi” ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. “Siti”ning o'tgan mavsumdagi etakchisi Yaya Ture hali o'z formasini tiklab olganicha yo'q. Mourino jamoasida esa Azar-Fabregas-Kosta uchligi istalgan klub qo'rg'onini yorib o'tmoqda. Diego Kosta to'rtta o'yinda ettita gol urgan holda to'purarlik qilmoqda. “Siti” shu mavsumning o'zida uy uchrashuvini boy berib ulgurdi, uchinchi turda “Stok Siti” bilan kechgan bahsda Pellegrini shogirdlari ilk mag'lubiyatni qabul qilib olishgan edi.

Jarohat olganlar: Fernando, Yovetich (“Manchester Siti”)



Bundan tashqari, yana uchta uchrashuv bizni kutib turibdi.

“Bernli” – “Sanderlend”
SHanba, “Terf Mur”, 19:00, hakam: Entoni Teylor
Jarohat olganlar: Inz, Teylor, Vouks (“Bernli”)


“Nyukasl” – “Xall Siti”
SHanba, “Sent-Jeyms Park”, 19:00, hakam: Nil Svorbrik
Jarohat olganlar: Ferreyra, Santon, Sisse, R.Teylor, De Yong, Aarons – Snodgrass
So'roq ostida: Ernandes, Robertson (“Xall Siti”)


“Everton” – “Kristal Pelas”
Yakshanba, “Gudison Park”, 20:00, hakam: SHon Bennett
Jarohat olganlar: Kone, Ovedo, Barkli – SHamax
So'roq ostida: Pienaar – Ledli


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика