So’nggi yangiliklar

12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  0 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  13 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  10 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  20 02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  2

APL. 4-tur sharhi va "EPLMANAGER"da g'olib aniqlandi Yangiliklar

APL. 4-tur sharhi va "EPLMANAGER"da g'olib aniqlandi

10-12 sentyabr kunlari Angliya Premer-ligasining 4-tur bahslari bo'lib o'tdi.

To'rtinchi tur uchrashuvlarini Manchester derbisi ochib berdi. Unda Pep Gvardiola shogirdlarining qo'li baland keldi. Mezbonlar safida Zlatan Ibragimovich o'z jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan bo'lsa, De Bryuyne va Ixeanachoning gollari "shaharliklar"ga g'alaba olib keldi.


"Tottenxem" "Stok Siti"ni 4:0 hisobida taslim etdi. Son Xyon Min, Alli va Keyn muallifligidagi gollarga mehmonlar javob bera olishmadi. "Arsenal" esa o'z muxlislarini asabiylashtirishda davom etmoqda. "To'pchilar" o'z maydonida "Sautgempton"ni qabul qilib, so'nggi daqiqada penaltidan urilgan gol tufayli 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. "Liverpul" APLning amaldagi chempioni "Lester"ni yirik hisobda mag'lub etdi. "Tulkilar" darvozasiga urilgan to'rtta golga, Klaudio Raneri jamoasi Vardining yagona goli bilan javob berdi. Nahotki ushbu ertak yakunlangan bo'lsa?

"CHelsi" bu turda ochko yo'qotishga majbur bo'ldi. "Suonsi" ko'klarni qiynab qo'ygan pallada, "aristokratlar"ga Diego Kosta yordamga keldi va o'z jamoasi uchun bir ochko ishladi. "Sanderlend" va "Everton" o'rtasidagi bahs Romelu Lukakuning "qayta tug'ilishi" bo'ldi. Belgiyalik o'z hisobiga xet-trik yozdirib qo'ydi ("EPLMANAGER"da super-kapitan - 51 ochko). SHunday qilib, APLning fentezi-ligasidagi Osiyo Ochiq CHempionati g'olibini aniqlashda Lukaku muhim rolni egalladi.


Osiyo Ochiq CHempionati g'olibi "FC ABS" jamoasi bo'ldi va u so'nggi turda 88 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Uning taqibchisi 9 ochko ortda qoldi.

Bundan tashqari, ushbu sovrinli ligada ikkinchi o'rin ham O'zbekiston vakiliga nasib etdi. Ushbu sovrinli liganing kuchli o'nligida 5 nafar o'zbekistonlik borligi bizni quvontiradi. G'olib esa O'zbekistonni "EPLMANAGER" saytidagi hozircha eng muvaffaqiyatli mamlakatga aylantirdi. Keyingi sovrinli musobaqalarda ham hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.


Haftaning eng yaxshi futbolchilari:

1 - Romelu Lukaku (Everton) 17 ochko

2 - Son Heung-Min (Tottenham) 16 ochko

3 - Michail Antonio (West Ham United) 12 ochko

4 - Etienne Capoue (Watford) 10 ochkov


"EPLMANAGER"ning 4-turida eng ko'p ochko jamg'argan foydalanuvchi


Osiyo Ochiq CHempionati g'olibi bilan intervyuni tez orada elon qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика