So’nggi yangiliklar

08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  1 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  1 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  6 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  11 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  21 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3

APL. 20-tur prevyusi. "Boxing Day"ni yakunlab beruvchi tur Yangiliklar

APL. 20-tur prevyusi. "Boxing Day"ni yakunlab beruvchi tur

Teglar :  APLPrevyuBoxing Day
Bugun Angliyada "Boxing Day"ni tugatib beruvchi 20-turga start beriladi.

Demak, APL 20-tur prevyusini etiboringizga havola etamiz. Turning markaziy bahsi hisoblangan London derbisi ("Tottenxem" – "CHelsi")ga alohida prevyuni saytimiz orqali indinga o'qishingiz mumkin bo'ladi.

"Midlsbro" – "Lester Siti"
02.01.2017, 17:30
"Riversayd"
Bosh hakam:
Robert Medli (Yorkshir)

O'tgan turda MYU mehmoni bo'lib 3 daqiqa ichida o'tkazib yuborilgan gollar evaziga mag'lub bo'lgan "Boro" bu safar amaldagi chempionni mehmon qiladi. Garchi, "Lester" oxirgi o'yinda "Vest Xem"ni taslim etgan bo'lsa ham mezbonlarning imkoniyatlari biroz yaxshiroqdek ko'rinmoqda.

Qiziq:

- "Midlsbro" "Riversayd" stadionida o'tkazilgan oxirgi beshta Premer-liga o'yinida 3ta g'alabani qo'lga kiritdi. Undan oldin 21 uchrashuvda mana shunday natijaga erishilgan edi;
- "Boro" "Lester"ni 2002 yilning mart oyida o'z maydonida 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandan buyon chempionatning 13 o'yinida g'alaba qozona olmagan;
- "Lester Siti" bugungi raqibiga qarshi oxirgi oltita uchrashuvdan beshtasida ikkitadan gol urgan.



"Everton" – "Sautgempton"
02.01.2017, 20:00
"Gudison Park"
Bosh hakam:
Kevin Frend (Lestershir)

19-turda autsayder uyida g'alaba qozona olmagan "Everton" oxirgi ikki turni o'z maydonidagi mag'lubiyat bilan yakunlagan "Sautgempton"ni qabul qiladi. Bu uchrashuvda ham mezbonlarning imkoniyatlarini yuqoriroq baholash mumkin. "Irislar"da jamoaviy o'yin mehmonlardan ko'ra yaxshiroq chiqmoqda.

Qiziq:

- "Everton" Premer-liga doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'tkazgan oxirgi 11 uy uchrashuvida mag'lubiyatga uchramagan (8 g'alaba, 3 durang). Ana shu bellashuvlarda o'z darvozasidan bor yo'g'i oltita to'p olib chiqqan;
- "Irislar" "Gudison Park"da o'tkazgan oxirgi 12ta chempionat bahsidan faqat bittasida yutqazgan (6 g'alaba, 5 durang).



"Manchester Siti" – "Bernli"
02.01.2017, 20:00
"Etixad Stedium"
Bosh hakam:
Li Meyson (Bolton)

Gvardiola boshchiligidagi "Siti" etakchilik uchun kurashmoqda, lekin natijalar bir maromda emas. Bu tur ularda vaziyatni o'nglab olish uchun imkoniyat bor, "Bernli" o'z uyida qanchalik ijobiy natijalar qayd etayotgan bo'lsa, mehmonda buning aksi. Silva, De Bryuyne, Sterling va Aguerolar bu safar chempionatda eng ko'p seyvlarni amalga oshirayotgan darvozabonlardan biri Tom Xitonni xafa qilishga urinishadi.

Qiziq:

- Ushbu jamoalar o'rtasida "Etixad"da o'tkazilgan oxirgi ikkita APL uchrashuvida golli durang qayd etilgan (3:3 va 2:2). Har ikki safar ham "Bernli" so'nggi 10 daqiqalikda "Siti"ni uch ochkodan maxrum qilgan;
- "Siti" o'z maydonida o'tkazilgan so'nggi 12 Premer-liga uchrashuvida faqat bir marotaba engilgan (7 g'alaba, 4 durang).



"Sanderlend" – "Liverpul"
02.01.2017, 20:00
"Stadium of Layt"
Bosh hakam:
Entoni Teylor (Manchester)

"Sanderlend" odatda o'z maydonida kuchli jamoalarga qarshi "avtobus" qo'yadi. Bunday taktikada o'ynayotgan klubga qarshi eng yaxshi chora dastlabki 15-20 daqiqada gol urib olish, shunda raqib ochila boshlaydi. Bu vazifani Klopp shogirdlari uddalay olishadimi yoki yo'q, buni bugun bilib olamiz.

Qiziq:

- "Qora mushuklar" o'z maydonlarida "Liverpul"ga qarshi o'tkazgan so'nggi to'rtta uchrashuvda g'alaba qozona olmagan. Ulardan oxirgi uchtasida esa yutqazgan;
- "Liverpul" "Sanderlend" darvozasiga milliy chempionat doirasida urgan oxirgi beshta golini ikkinchi bo'limda kiritgan.



"Vest Bromvich" – "Xall Siti"
02.01.2017, 20:00
"Xautorns"
Bosh hakam:
Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn)

Toni Pulisning hujumni yaxshi ko'radigan xushchaqchaq jamoasi "Vest Bromvich" 20-turda autsayder "Xall Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuvda katta ustunlik mezbonlar tomonida bo'lishi turgan gap. "Bromvich" hujumida oxirgi ikki o'yinda Robson-Kanu o'zini ko'rsatdi, bu esa asosiy hujumchi Salomon Rondonning 11talikdagi o'rnini "qimirlatib" qo'ydi.

Qiziq:

- "Vest Bromvich" o'z maydonida o'tkazgan oxirgi to'rtta Premer-liga o'yinidan uchtasida g'alaba qozongan, ana shu bellashuvlarda 10ta to'p kiritgan;
- "Xall" o'zining "Xautorns"ga uyushtirgan oxirgi uchta safarida o'z darvozasidan bor yo'g'i ikkita to'p olib chiqqan;
- Bu "Vest Bromvich"ning APL doirasidagi 400-uchrashuvi bo'ladi.



"Vest Xem" – "Manchester Yunayted"
02.01.2017, 22:15
"Olimpik Stedium"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)

"Vest Xem" – "Manchester Yunayted" qarama-qarshiligi o'ziga xos ahamiyatga ega. Yodingizga bo'lsa, o'tgan mavsum "Vest Xem" "Boleyn Graund" stadionidagi so'nggi uchrashuvida aynan "qizil iblislar"ni mag'lub etgan edi. Mezbonlarning standart vaziyatlari juda ham xavfli ko'rinish oladi. MYU futbolchilari imkon qadar o'z jarima maydonchalari yaqinida o'yin qoidasini buzmasliklari kerak. Dimitri Paye istalgan masofadan jarimani sheriklariga aniq etkazib bera oladi. Mehmonlar tarkibida esa Pogba, Ibragimovich, Errera, Matalar yaxshi formada. Mxitaryan ham safga qaytdi va o'ziga kelib oldi.

Qiziq:

- "Vest Xem" Premer-liga doirasida MYU bilan oxirgi to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan (1 g'alaba, 3 durang). Ular APL tarixida hech qachon ketma-ket besh uchrashuvni mag'lubiyatsiz yakunlay olishmagan;
- Slaven Bilich APLda "qizil iblislar"ga qarshi dastlabki to'rtta uchrashuvda yutqazmagan ikkinchi murabbiyga aylanishi mumkin (birinchisi Rud Gullit);
- Zlatan Ibragimovich "Vest Xem"ga qarshi oldingi ikki uchrashuvda uchta gol urgan (bittasi chempionatda, ikkitasi kubokda).



"Bornmut" – "Arsenal"
04.01.2017, 00:45
"Vitaliti Stedium"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

Turnir jadvalining qoq markazida borayotgan "Bornmut" "Arsenal"ni mehmon qiladi. Mezbonlarning ushbu bahsdagi asosiy kuchi standart vaziyatlar bo'lishi mumkin, chunki ularda bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchilar etarlicha topiladi. "Arsenal" esa hamisha chiroyli va hujumkor o'yin ko'rsatadi. Lekin, ularda imkoniyatlardan foydalanishda muammolar bor.

Qiziq:

- "Arsenal" "Bornmut"ga qarshi barcha musobaqalarda o'tkazgan oxirgi to'rtta bellashuvida g'alaba qozongan. Ana shu o'yinlarda 10ta gol urib, o'z darvozasidan bitta to'p olib chiqqan;
- "Kanonirlar" Premer-ligada oxirgi ikkita safar o'yinida ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan, har ikki o'yinda ham londonliklar avvaliga hisobda oldinga o'tib olishganiga qaramay, mag'lub bo'lishgan.



"Kristal Pelas" – "Suonsi"
04.01.2017, 01:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Pol Tirni (Lankashir)

Yangi bosh murabbiy Sem Ellardays bilan dastlabki o'yinda "Arsenal"ga yutqazgan "Kristal Pelas" bu turda "Suonsi"ni qabul qiladi. "Pelas" uchun ruhiy holatni yaxshilab olish uchun imkoniyat. Zaa, Panchon, Bentekelar gollarga boy o'yinning asosiy qahramonlari bo'lishi kutilmoqda.

Qiziq:

- Ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi bahsda "Suonsi" 90+ daqiqalardagi ikkita zarba bilan mag'lubiyatni g'alabaga aylantirgan to'rtinchi klub bo'lgan edi ("Manchester Siti" KPRga qarshi 2011-2012, "Everton" - "Tottenxem" 2012-2013 va "Uotford" - "Aston Villa" 2015-2016);
- "Oqqushlar" "Pelas"ga qarshi oxirgi beshta safar o'yinidan to'rttasida nolga o'ynagan, o'z darvozasidan bitta to'p olib chiqqan.



"Stok Siti" – "Uotford"
04.01.2017, 01:00
"Britania"
Bosh hakam:
Nil Svarbrik (Lankashir)

Oxirgi o'yinlarda g'alaba nimaligini unutib qo'ygan jamoalar o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tsa kerak. Har holda, ikkala klub uchun ham uch ochkoni qo'lga kiritish ishonchni qaytaradi. Bu bellashuvda "Stok"ni imkoniyatlari yaxshiroqdek ko'rinmoqda. Mezbonlar deyarli har o'yinda gol urishmoqda, lekin himoyada muammolar juda ko'p.

Qiziq:

- "Stok Siti" chempionat doirasida "Uotford"ga qarshi oxirgi ikkita uchrashuvni o'z foydasiga hal qilgan;
- Troy Dini so'nggi uchta Premer-liga o'yinida "Stok Siti" darvozasi tomon ikki bor yo'l topgan.



"Tottenxem" – "CHelsi"
05.01.2017, 01:00
"Uayt Xart Leyn"
Bosh hakam:
Martin Atkinson (Lids)

Ushbu uchrashuvga alohida prevyuni 4 yanvar kuni o'qishingiz mumkin.


Tolibjon Qosimov

Eplmanager.com saytida yangi sovrinli liga ishga tushmoqda. Jamoa tuzishga o'tish

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика