So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

APL. 15-tur prevyusi Yangiliklar

APL. 15-tur prevyusi

Teglar :  APLPrevyu
Bugun Angliya Premer-ligasining 15-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Uotford" - "Everton"

"Uotford" so'nggi uchrashuvlarni yomon o'tkazyapti, ular oxirgi to'rtta bahsning uchtasida mag'lub bo'lishdi va darvozalarini quruq saqlay olishmayapti.  Masalan, jamoa o'tgan turda mehmonda "Vest Bromvich"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi, o'z uyida esa "Stok"ga yutqazdi (0:1).

"Everton" alohida mavzu, ular ajoyib startdan so'ng oxirgi 10 ta uchrashuvda faqat 1 ta g'alabaga erishdi. Bu jamoada umuman o'yin yo'q va "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdagi durang ham tasodifiy natija. "Everton" mehmonda 12 sentyabrdan beri g'alaba qozona olmayapti.

Ikkala jamoa hozir inqirozda, ammo "Uotford" uyida o'ynaydi va bu ularga ustunlik berishi mumkin.


"Arsenal" - "Stok Siti"

"Arsenal" haftani juda yaxshi o'tkazdi, "Vest Bromvich" va "Bazel" yirik hisobda taslim etildi. Venger jamoasi juda yaxshi formada. Ular fevralgacha CHempionlar ligasi bahslarida ishtirok etmaydi.


"Stok Siti" so'nggi bir necha oyda o'tkazilgan 9 ta uchrashuvdan faqat 1 tasida mag'lub bo'ldi, so'nggi ikki turda esa "Uotford" va "Byornli" ustidan 1:0 hamda 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ammo "to'pchilar"ga qarshi mehmonda o'ynash juda qiyin. Xyuz jamoasi etakchilar maydonida ochko olib qaytishga tayyor emas.

"Arsenal" so'nggi uchrashuvlarda o'z kuchini ko'rsatib qo'ydi va agar "to'pchilar" mehmonda kuchli raqiblarni sochib tashlagan bo'lsa, uyda shu ruhda davom etishga majbur.


"Byornli" - "Bornmut"

"Byornli"ning bu mavsumdagi o'yini va natijasini 99,9%ga oldindan taxmin qilish mumkin. Daych jamoasi uyda har qanday raqibga qarshilik ko'rsata oladi, mehmonda esa kurashga kirishmaydi. "Byornli" yig'gan 14 ochkoning 13 tasi uydagi bahslarda qo'lga kiritilgan.

"Bornmut" juda yaxshi natijalar ko'rsatmoqda, ular joriy mavsumda uyda ajoyib o'ynashyapti, ammo mehmonda... "Olchalar" tajribali jamoa va shu sabab mehmonda va uyda ko'proq ochko yig'ishga ulgurishdi.

"Byornli" "Bornmut"ga 7 ta uchrashuvdan faqat bittasida mag'lub bo'lgan va bu 1998 yilda amalga oshgan edi. Bu bahsda mezbonlar g'alaba qozonishi mumkin.


"Suonsi" - "Sanderlend"

"Suonsi" "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan og'ir g'alabadan so'ng (5:4), o'tgan turda "Tottenxem"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu natijalardan shunday xulosa chiqarish mumkin: Jamoaning himoyadagi o'yini ishonchsiz.

Devid Moyesning "Sanderlendi" asta-sekinlik bilan kuchayib bormoqda va turnir jadvalida ko'tarilyapti. "Qora mushuklar"ning muvaffaqiyatiga himoyadagi ishonchli o'yin sabab bo'lmoqda, so'nggi turdi "Lester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba ularga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi.

Autsayderlar bahsida mehmonlar ustundek ko'rinmoqda.


"Xall Siti" - "Kristal Pelas"

"Xall Siti" ayni damda Premer-ligani tark etish uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. "Yo'lbarslar" mavsum boshida bir nechta yaxshi o'yin o'tkazishdi, ammo so'nggi turlarda teng kuchli raqiblarga ham imkoniyatni boy berishmoqda. "Xall Siti" faqat uyda biroz yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Ular uydagi so'nggi ikki bahsda 4 ochko to'plashdi.

"Kristal Pelas" o'tgan turda nolga o'ynadi va 3:0 hisobida "Sautgempton"ni mag'lub etdi. Pardyu jamoasinin hujum chizig'i juda yaxshi formada, ammo himoya barqaror emas.

"Kristal Pelas" barqaror jamoa emas va quruq uchrashuvdan so'ng, raqib "burgutlar" darvozasini ochishi aniq. Bu bahs durang bilan yakunlanishi mumkin.


"Lester Siti" - "Manchester Siti"

"Lester" pastga shung'ishda davom etyapti, chorshanba kuni "tulkilar" CHempionlar ligasi doirasida "Portu"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'lishdi, bungacha esa "Sanderlend" 2:1 hisobida amaldagi chempionlarni taslim etdi. CHempionatda "Lester" 22 oktyabrdan beri g'alabaga erishmadi. Raneri jamoasi bu o'yini bilan 16-o'rindan ham pastga tushishi mumkin.

"Manchester Siti" joriy mavsumda barqaror o'yin ko'rsata olmayapti, ammo o'z darajasidan tushib ketgani yo'q. Ular mehmondagi bahslarda eng yaxshi natija qayd etishgan, 7 ta uchrashuvda 18 ochko.

"Tulkilar" so'nggi uchrashuvda kuchsiz jamoalarga ham mag'lub bo'lishdi, shu sababli bu o'yinda sensaciya bo'lmasa kerak.


"CHelsi" - "Vest Bromvich"

"CHelsi" bugungi kunda Angliyaning eng kuchli jamoasi, "Tottenxem" va "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alabalar faqat buni tasdiqlashi mumkin. Konte shogirdlari ketma-ket 8 ta uchrashuvda zafar quchishdi va ular Premer-liga cho'qqisida. "Aristokratlar" kombinacion va qarshi hujumlar orqali raqib himoyasini sochib tashlashmoqda.


"Vest Bromvich" hozir o'z o'yini bilan muxlislarini xursand qilmoqda, ular ketma-ket 4 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmay 10 ochko to'plashdi. "CHelsi"ga qarshi o'yinda mehmonlar ijobiy natijaga erishishi qiyin bo'ladi.

"Aristokratlar"ning ketma-ket 9-g'alabasiga "Vest Bromvich" qarshilik qila olmasa kerak.


"Manchester Yunayted" - "Tottenxem"

"Manchester Yunayted" o'tgan turda yana ochko yo'qotdi va ketma-ket uchinchi marotaba 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mourino jamoasi raqibdan yaxshiroq harakat qilyapti, ammo bir daqiqalik bo'shashish tufayli g'alaba qo'ldan ketmoqda.

"Tottenxem" mankunianlar kabi bu mavsumda ko'p durang o'ynayapti. 14 ta uchrashuvda 6 ta murosa. "SHporlar" oktyabr, noyabrda barqaror bo'lishmadi, ammo Xarri Keynning safga qaytishi londonliklara o'zgacha ruh bag'ishladi va jamoa so'nggi o'yinlarda kuchli ko'rinmoqda.

Jamoalar juda kuchli, ammo bu mavsumda barqaror emas. Ammo MYU va "Tottenxem" o'rtasida o'xshashlik bor va bu durang.


"Sautgempton" - "Midlsbro"

"Sautgempton" so'nggi uchrashuvlarda yorqin o'yin ko'rsatmayapti, ular oxirgi 5 ta uchrashuvda 4 ochko ishlashdi, so'nggi turda "Kristal Pelas"dan 0:3 hisobidagi yirik mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. Ammo barcha omadsizliklarga qaramasdan "avliyolar" uyda barqaror. Ular 7 ta uchrashuvda 12 ochko to'plashdi.

"Midlsbro" buning aksi, so'nggi turlarda barqaror o'yin ko'rsatishyapti. Ular oxirgi 6 ta turda faqat bir marotaba mag'lub bo'lishdi, bu ham "CHelsi"dan. Karanka jamoasi himoyada yaxshi harakat qilyapti.

"Sautgempton" uyda deyarli yutqazmaydi, "Midlsbro" bu bosqichda uyda ham, mehmonda ham mag'lub bo'lmayapti. Uzoq vaqtdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jamoalar durang o'ynashi taxmin qilinmoqda.


"Liverpul" - "Vest Xem"

"Liverpul" g'azabda, ular "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Klopp va uning shogirdlari alamini kimdan olishni bilmay turibdi. Yurgen Klopp uy uchrashuvidan oldin futbolchilarni ruhlantirib, har qanday jamoani tepkilab tashlashga tayyor qiladi.

Omadsizliklardan boshi chiqmayotgan "Vest Xem"ning bu safar ham ketmoni uymaydigan ko'rinadi. Slaven Bilich bu bahsdan so'ng o'z vazifasidan ozod etilishi mumkin.


"Bolg'aurarlar"ning teshik himoyasi "Liverpul"ga ko'proq gol urishda katta yordam beradi. "Vest Xem" so'nggi ikki uchrashuvda 9 ta gol o'tkazib yubordi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика