So’nggi yangiliklar

12:57“Машъал” жамоаси 1111-расмий учрашув остонасида  0 12:50Месси терма жамоа тарихидаги рекордчига айланди  1 12:09Қайси терма жамоалар ЖЧ-2026 иштирокчисига айланиб улгуришди?  4 11:36Марокаш Германия ва Испания ўрнатган жаҳон рекордини янгилади   1 10:52Ван Бастен ван Дейк ҳақида: "У дунёнинг энг яхши ҳимоячиси бўлиши мумкин, лекин етакчи эмас"  3 10:23Пролига. 17-тур ҳакамлари маълум  0 10:10Ўртоқлик учрашуви. Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди, Мессидан иккита ассист  9 09:54МЮ 33 ёшли Каземиро билан шартномани узайтириши мумкин, фақат бир шарт билан  0 09:25"Локомотив" стадионига чим ётқизиш ишлари бошланди  4 08:56"Манчестер Сити" Германия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Реал" билан курашиши мумкин  0 08:27ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган Саудия Арабистони термаси футболчилари катта миқдорда бонус олишади  7 07:58Миср - Ўзбекистон ўртасидаги ўртоқлик учрашувининг санаси маълум  11 07:30ЖЧ-2026 саралаш. Африка қитъасидан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган барча терма жамоалар номи маълум  8 02:56Африкадан яна икки терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  3 02:05ЖЧ саралаши. Италия, Испания ва Туркиядан йирик ғалаба. Португалия ва Венгрия дуранг қайд этишди, Роналдудан дубль  4

“APEX INSURANCE” AJ FIFA 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo'ldi Yangiliklar

“APEX INSURANCE” AJ FIFA 2024 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo'ldi

APEX INSURANCE 2024 yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024™ o'ninchi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo'lganini faxr bilan malum qiladi.

SHunisi etiborga loyiqki, O'zbekiston FIFA Jahon chempionatini qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat bo'ldi. Mintaqamiz uchun ulkan ahamiyatga ega bo'lgan ushbu Jahon chempionati mamlakatimizda professional futbolni rivojlantirish yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'lib, APEX INSURANCE ushbu yirik sport tadbirining yuqori saviyada o'tkazilishiga o'z hissasini qo'shish imkoniyatidan mamnun.

APEX INSURANCE chempionat tashkilotchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini ham sug'urtaladi, ushbu sug'urta  kutilmagan vaziyatlar natijasida ishtirokchilarning hamda muxlislarning hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga etkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplab berishni nazarda tutadi. Sug'urta musobaqaning barcha bosqichlarida, har bir mezbonlik qiluvchi shaharlarda amal qiladi, bu esa ushbu ulkan sport tadbirining har bir o'yinini ishonchli himoyada va muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilishini taminlaydi.

Nafaqat futbolni, balki boks, dzyudo, triatlon va ot sporti kabi boshqa sport turlarini ham qo'llab-quvvatlovchi APEX INSURANCE ushbu hamkorlikni O'zbekistonda sport madaniyatini rivojlantirish, musobaqalar saviyasini yuksaltirish va mamlakat futbolini jahon arenalarida raqobatbardosh darajaga etkazishga hissa qo'shish uchun ajoyib imkoniyat deb biladi.

“Ijtimoiy masul biznes sifatida bunday nufuzli sport tadbirini tashkil etishda, ushbu sport turining xalqaro boshqaruv organi - FIFA bilan hamkor bo'lish va bu orqali sportchilarimizning jahon maydonlaridagi g'alabalarini qo'llab- quvvatlash biz uchun beqiyos sharafdir. Bu o'z navbatida, mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini ommalashtirish va iqtidorli yosh futbolchilar salohiyatini kashf qilish hamda faoliyatini rag'batlantirishga bo'lgan intilishimizni ham yaqqol namoyon etadi”, - deya takidladi Boshqaruv Raisi Jaxongir Yunusov. 


Reklama 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика