Anzur Ismoilov "Lokomotiv"ga o'tdi + FOTO
10 iyu 2018 11:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/442980_original.jpg)
![](/upload/storage/442980_220.jpg)
Anzur Ismoilov "Lokomotiv"ga o'tdi + FOTO
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov faoliyatini yurtimizda davom ettiradi.
Uning "CHanchung Yatay" (Xitoy) jamoasini tark etgani haqida 6 iyul kuni xabar bergan edik. 2011 yildan buyon Xitoyda o'ynab kelgan hamyurtimiz faoliyatini Toshkentning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi. Biroz oldin "temiryo'lchilar" matbuot xizmati klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Xush kelibsan, Anzur!" deb yozdi va o'yinchining suratini joyladi. Lekin, "Lokomotiv" rasmiy saytida hozircha Anzur Ismoilov bilan shartnoma imzolangani haqida rasmiy xabar chop etilmadi.
O’xshash yangiliklar
17:30
Valeriy Kichin: "Aleksandr Krestininning qo'ng'irog'idan so'ng "Lokomotiv"ga o'tishim hal bo'ldi" 0
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar