Anzur Ismoilov: "Bu uchrashuv Turkiyaga qarshi bahsdan osonroq o'tdi"
08 iyu 2019 14:30
Yangiliklar


Anzur Ismoilov: "Bu uchrashuv Turkiyaga qarshi bahsdan osonroq o'tdi"
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov KXDRga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.
"Bu uchrashuv Turkiyaga qarshi bahsdan osonroq o'tdi. Har o'yin har xil futbolchilar maydonga tushyapti. Murabbiy barcha o'yinchilarga imkon berib, ularni kuzatmoqda.
Birinchi bo'lim? Uchrashuvning birinchi yarmida raqib himoyaga yotib oldi va KXDR darvozasi oldida vaziyat yaratishga qiynaldik. Ikkinchi bo'limda ularda charchoq sezildi va zonalar paydo bo'lgani uchun gollar urishga muvaffaq bo'ldik" - deydi Anzur Ismoilov.
Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi
Eslatib o'tamiz, Turkiya - O'zbekiston uchrashuvida vakillarimiz 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgan edi.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar