So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   3 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  2 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  1 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

Anxel Lopes: "Termizdagi stadionda rekonstrukciya ishlari yakunlangach, muxlislarimiz qarshisida o'ynashimiz mumkin" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Termizdagi stadionda rekonstrukciya ishlari yakunlangach, muxlislarimiz qarshisida o'ynashimiz mumkin"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.

"Birinchi va ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yaratdik. Gol o'tkazib yuborganimizga qaramasdan, maydonning ikkinchi yarmida faol harakat qildik. Yigitlar bilan faxrlanaman. Ular maksimal harakat qilishdi", – deydi Anxel Lopes.

- Bugungi raqibingiz – "Navbahor" jamoasi haqida fikringiz qanday?

- "Navbahor" O'zbekistonda juda kuchli tarkibga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Hujumda keskinliklar hosil qilishdi. Bizda mavsum oldidan tayyorgarlik uchun vaqt kam edi. Qadam va qadam oldinga intilib boramiz. 

- Oldingizga qo'yilgan maqsad va vazifalar nimalardan iborat?

- Maqsadimiz – Superligada qolgan jamoalarga qarshilik ko'rsatish va munosib ishtirok etish. Bosqichma-bosqich yuqoriga intilib boramiz.

- O'zbekiston Superligasining ilk turidan so'ng qanday xulosalar chiqardingiz?

- Men ko'plab chempionatlarni ko'rganman. O'zbekiston Superligasi kuchsiz emas. Klublar o'ziga yarasha kuchli. 

Termizda o'ynashni istardik. U erda ko'plab muxlislarimiz bor. O'ylaymanki, stadionimizdagi rekonstrukciya ishlari yakunlangach, ishqibozlarimiz ko'z o'ngida to'p tepamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика