So’nggi yangiliklar

19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  1 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  2 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  4 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  6 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29

Anxel Lopes hakamlardan nima sabab jahli chiqqanini aytdi Yangiliklar

Anxel Lopes hakamlardan nima sabab jahli chiqqanini aytdi

Superliga 12-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Yigitlarimga katta rahmat aytaman. Ular bugun keng ko'lamdagi vazifani bajarishdi. So'nggi 15 kun davomida qattiq mehnat qildik. Umumiy qilib aytganda, ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Burchakdan keyin urilgan golni hisoblashmaganidan keyin ruxni tushirmadik va yanada qattiqroq oldinga tashlandik. Raqib yarim maydonida uzoq vaqt davomida to'pga egalik qildik, jarima maydonchasi ichiga paslar bilan yorib kirdik. Qanot himoyachilarimizni ko'proq hujumda o'ynashi kerakligini aytdik. Ikkinchi bo'limda esa to'p bilan ko'proq bo'ldik. So'nggi 20 daqiqadagi o'yinimiz orqali g'alabaga loyiqligimizni ko'rsata oldik. Garchi "Dinamo" himoyada kuchli o'yin namoyish qilsa-da, o'z kutgan o'yinimizni ko'rsatganimizdan mamnun bo'ldim.

- SHunday paradoks bo'ldi. Siz hakamlikdan 70 daqiqa nolidingiz va 20 daqiqada ikkita penalti tepib, g'alabaga erishdingiz. Bu haqida nima deya olasiz?

- Ikkala penalti ham bor edi. Nima sababdan jahlim chiqqani esa shunday. Burchakdan uzatilgan to'pning o'tib ketganini biror inson aniq ko'rgani yo'q. Undan tashqari, "Dinamo" futbolchisi bizning jamoa azosining yuziga urgani uchun kartochka berilmadi. Bu qizil kartochka edi. Birinchi penaltida raqib to'pni qo'li bilan o'ynadi, ikkinchisi esa yaqqol fol edi. Hakam esa bunga penalti bermasa bo'lmasdi. Barchasi adolatli bo'ldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика