Anvar Soliev: "Mezbonlarda ishtiyoq kuchli bo'ldi"
16 apr 2018 14:22
Yangiliklar
Anvar Soliev: "Mezbonlarda ishtiyoq kuchli bo'ldi"
O'zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi sport direktori Anvar Soliev ishtirok etdi.
Anvar Soliev (“Navbahor” jamoasi sport direktori): - Avvalo bugungi g'alaba bilan “Andijon” jamoasini tabriklayman. Mezbonlar kuchli ishtiyoq evaziga g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi. Bizning yigitlarda esa negadir bu narsa sezilmadi.
Barcha narsa ruhiyatga bog'liq. Menimcha, jamoamiz futbolchilari uchrashuvdan oldin g'alaba qozondik, deb o'ylashdi. Lekin bu so'zda emas, maydonda isbotlanishi kerak. Afsuski, buni amalda namoyish etish jamoamizga nasib etmadi.
Bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Oldinda bizni “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublariga qarshi kechadigan qiyin o'yinlar kutib turibdi. Endi mazkur uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar