Anvar Rashidov bu yilgi eng kuchli uch darvozabonni aniqladi
29 noy 2013 09:54
Yangiliklar


Anvar Rashidov bu yilgi eng kuchli uch darvozabonni aniqladi
Ko'plab mavsumlardan buyon "Paxtakor"da posbonlar bilan ishlab kelayotgan Rashidov o'z vaqtida milliy terma jamoamizda ham faoliyat yuritgan.
Yurtimizda futbol mavsumi pyooniga etgan payt. Endilikda ortda qolgan chempionat sarhisoblarini sizlarga etkazib bermoqdamiz.
Ortda qolayotgan yilda Anvar Rashidovga qaysi golkiperlarning harakatlari maqul kelganini bilish maqsadida u kishiga murojaat qildik.
- Bu borada birinchi o'ringa shogirdim Aleksandr Lobanovni qo'yaman. Yana o'ylamang, "Paxtakor" posbonini yuqori o'ringa qo'ydi deb. Bu bejiz emas albatta. CHunki Lobanov oxirgi yillarda katta o'sishga erishdi. O'ziga bo'lgan ishonchi ortdi.
- Keyingi o'ringa esa shubhasiz Eldorbek Suyunovni qo'yaman. "Nasaf"ning iqtidorli darvozaboni, bu yil ishonchli harakatlari evaziga hatto milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabining nazariga ham tushdi. Suyunovda reakciya kuchli, joyni to'g'ri tanlay oladi. SHuningdek to'pga chiqishda ham aqqli qarorga keladi.
- 3-o'rinni Mamur Ikromovga beraman. "Metallurg"ning birinchi raqamli darvozaboni bu yilgi mavsumda ham chakki ko'rinmadi.
Jahongir Mirzo yozib oldi

Fikrlar