So’nggi yangiliklar

17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани "иложи борича тезроқ" узайтирмоқчи  1 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  12 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  18 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  13 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  4

Anvar Rahimov hozir qaerda? Yangiliklar

Anvar Rahimov hozir qaerda?

Futbolchilik faoliyati davomida asosan "Bunyodkor" va “Paxtakor” klublaridagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Anvar Rahimov 2017 yilda butsalarini mixga ildi.

 Rahimovning so'nggi jamoasi "Neftchi" klubi bo'ldi.  SHundan so'ng u nima ishlar bilan shug'ullanayotgani borasida deyarli malumotlar yo'q. Yaqinda Anvar Rahimov  bilan suhbatlashib,  bugungi kunda nimalar bilan band ekanligini so'radik. 

- 2017 yilda Farg'onaning “Neftchi” jamoasida tugatdim. Oradan bir yil o'tib esa murabbiylik faoliyatimni boshladim. Bugungi kunda CHig'atoy futbol maktabida ishlamoqdaman. 2007 yilda tug'ilgan bolalar bilan shug'ullanmoqdaman. 

Futbolchilik faoliyatimni erta yakunlashimga jarohatlar sabab bo'ldi. Jarohatlar olaverganimdan so'ng butsalarimni mixga ilish vaqti kelganini anglab etdim. Jahon futbolida katta-katta yulduzlar ham jarohatlar sabab faoliyatini erta tugatishgan. 

Faoliyatimdan qoniqish hosil qildimi? O'ynagan klublarim bilan mamlakat chempioni, kubogida g'olib chiqdim. Xalqaro musobaqalarda to'p surish imkoni bo'ldi. Terma jamoamiz bilan mundialda to'p surish orzusi amalga oshmagani kayfiyatni buzadi. Boshqa tomondan olib qaralsa, faoliyatimdan qoniqish hosil qildim. 

Kelajakda albatta Superliga klubida ishlashni rejalashtirganman. Bolalar futbolida tajribamni oshirib bormoqdaman. Futbolda erisha olmaganlarimga murabbiylikda erishmoqchiman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика