So’nggi yangiliklar

14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  0 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  34 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  5 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3

Anvar G'ofurov: "Bugungi durang biz to'g'ri yo'nalish tanlaganimizni isbotladi" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Bugungi durang biz to'g'ri yo'nalish tanlaganimizni isbotladi"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik va qiyin O'yin o'tkazdik. Uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli emas edi. Imkon qadar tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi uchrashuvda qayd etilgan natija muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Endi shunday uslubda o'ynaymiz. Bugungi natija futbolchilarning mehnati. Bugun omadimiz bizga kulib boqdi.

- "Navbahor" kabi juda kuchli jamoaga qarshi tayyorgarlik ko'rish qanchalik qiyin bo'ldi?

- O'yindan oldin bir nechta reja bor edi va biz "A" plan bo'yicha o'ynadik. O'yin yakunlanayotgan vaqtida biz mag'lub bo'layotgan edik va biz qanday hisobda mag'lub bo'lishimiz farqi yo'q edi. Qanday hisob qayd etilishidan qatiy nazar mag'lubiyat baribir mag'lubiyat. Biz shu sababli hujumga o'tishni boshladik. Futbolchilar yaxshi o'yin namoyish etishdi.

- Bugun jamoangiz dastlabki ochkoni qo'lga kiritdi. Bugungi o'yindagi ijobiy natija futbolchilarga qanday tasir qiladi. Keyingi uchrashuvlarda qanday jamoani ko'ramiz?

- 90 daqiqa davomida yaxshi o'yin namoyish etmagan bo'lsak ham, natija biz uchun ijobiy bo'ldi. Raqibimiz juda kuchli edi, tarkib tomonlama ham va murabbiylar tomonlama ham.

- Jamoadagi yangi legionerlaning qismati qanday kechadi?

- Har bir futbolchi jamoaga kerakligini mashg'ulotlarda va o'yinlarda isbotlashi kerak. Barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz. 25ta futbolchimiz bor. Bugun esa yangi futbolchilarga imkoniyat berdim va legionerlarga shu o'yinni davom ettirish kerakligini aytdim. Uslubimizni raqibdan kelib chiqib biroz o'zgartirishimiz mumkin.

- Dastlabki turlardagi ikkita mag'lubiyatdan keyingi bugungi durang bu ajoyib natija. Ajoyib natija qayd etdingiz, ammo sizda emociyalar ko'rinmayapti. Bunday natijadan keyin nimalarni his etmoqdasiz?

- O'zimdan o'tganini o'zim bilan. O'yindan oldin nimalar bo'lganini o'zim bilaman, o'yin davomida ham ko'p hissiyotlar bor edi. Emociyalar juda ko'p. Bugungi durang biz to'g'ri yo'lda ekanligimizni ko'rsatib berdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика