So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  0 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Anvar Berdiev: "Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi"

Pro-liganing 16-turidan o'rin olgan "Xorazm"-"SHo'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv og'ir o'tdi. Jamoamiz azolari oxirigacha kurashib, bir ochkoni qo'lga kiritishdi. Takidlash joiz, bu o'yinda mag'lub bo'lishimiz yoki yutishimiz ham mumkin edi. So'ngi daqiqalarda har ikki jamoa darvozasi yonida juda xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. 

- Jamoangiz bugun himoyaviy futbol namoyish etgandek ko'rindi. Bu o'yindan kelib chiqib tanlangan uslub edimi? 

- Himoyadan o'ynadik demagan bo'lardim. Biz mezbonlarning hujumlarini qaytarish uchun harakat qildik va qarshi hujumlarda imkoniyatlarimizni qidirdik. Golli vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Muxlislarbop o'yin bo'ldi, vaziyatlarni tahlil qilib, navbatdagi uchrashuvlarga tayyorlanishda davom etamiz. 

- "SHo'rtan" jamoasining maqsadi nimaga qaratilgan? 

- Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishni maqsad qilganmiz. Kuzda, mavsum yakunida turnir jadvalidagi o'rnimizni tahlil qilamiz. 

- Jasur Xolto'raevning o'yini haqida fikringiz? 

- Jasur Xolto'raev vaziyatlarda yutqazgisi kelmaydi. Maydonda agressiv, maydon tashqarisida esa juda xotirjam futbolchi. Uning o'yinlaridan qoniqish hosil qilayapman. 

- SHeroz Jalolov nega zaxirada qolayapti? 

- SHeroz Jalolov yaxshi futbolchi. Himoyadagi raqobatni yanada kuchaytirish uchun tarkibimizga jalb etganmiz. Navbatdagi o'yinlarda albatta unga ham imkoniyat beramiz.

- O'zbek futbolida kuchli hujumchilar kam chiqayotganiga sabab nima deb o'ylaysiz? 

- Bu savol juda ko'p berilayapti. Hozir bizning futbolda rivojlanish bor. Akademiyalar ishlayapti, iqtidorli yoshlar juda ko'p. Tez orada Xolmurodov, Soliev, Isoqovlar kabi kuchli hujumchilar futbol jamoalarida paydo bo'lishiga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика