Anvar Berdiev: "Yozgi transferlar vaqtida jamoada ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi"
26 iyu 2024 00:10
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Yozgi transferlar vaqtida jamoada ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi"
- O'yin haqida
- Qiyin o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik. Jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Yigitlar bor kuchlarini ishga solishdi, jamoaning barcha azosi g'alaba uchun o'z hissasini qo'shdi.
- "Qo'qon-1912" jamoasining bu qadar nursiz o'yin ko'rsatishiga sabab nima deb o'ylaysiz?
- "Qo'qon-1912" jamoasi haqida gapirmoqchi emasman, ularning o'z murabbiylari bor. Lekin bu jamoaga omad tilayman. Mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishlariga tilakdoshman.
- Jamoa mavsum boshidagi omadsizliklardan so'ng yaxshi yo'lga tushib oldi. Hozirda klub rahbariyati jamoaga qanday vazifa qo'ygan?
- Mavsum boshida rahbariyat har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqishni uqtirishgan. Biz shu reja asosida ishlayapmiz. Oldindan katta gapirish yo'q, lekin har bir o'yinga g'alaba uchun tayyorlanamiz.
- Yozgi transferlar rejasi qanday?
- Ayrim futbolchilar bilan muzokara olib borayapmiz. Lekin jamoamizda ko'p o'zgarishlar bo'lmaydi. Hozirda futbolchilarimizning harakatlaridan qoniqish hosil qilayapmiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar